Balx va Termiz kabi joylami qo'lga kiritish uchun Saljuqiylar, Qoraxitoylar bilan ko'p bor
urush harakatlari olib borilgan.
Xususan, Saijuqiylaming so'nggi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniyiaming
Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning zaifiashib qolganligidan va mahalliy
ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so‟ng,
Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.
Biroq ko'p o'tmay, bu hududlar sharqdan qayta bostirib kelgan Qoraxitoylar ta'siriga tushib
qoladi.
Faqat 1211— yilga kelib, ya'ni so'nggi Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220)
davrida Qoraxoniyiaming Movarounnahrdagi rasmiy boshqamviga butunlay barham beriladi.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahming ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim
o'zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o‟lkani zabt etgach, bu yerda ko'p asrlardan
buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakii - dehqon mulkchiligini tugatib,
bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o‟z navbatida qoraxoniylarga tobe bo'lgan
sodiq amaldorlar, harbiy iashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori
ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. "Dehqon" tushunchasi shu vaqtdan boshlab,
amalda, yemi ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko'chdi.
Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib уег-mulkka egalik qilishning "iqto"' va
iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o'z tasarrufidagi hududlarda
yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O'rta
Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o'tishi yerli aholi etnik tarkibida ham
muhim o'zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi,
ayni zamonda, sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlaming bu yerlarga kelib, o'mashib,
o'troqlashuviga sezilarli ta'sir ko‟rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o'zbek xalqining etnik shakllanish
jarayoniga ta'sir etadi. Ayni chog'da turkiy tilning iste'mol doirasi to'xtovsiz kengayib bordi.
Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlaming adabiy tili sifatidagi mavqeyi va
maqomi ham tarkib topib bordi. Go'zal va nafis qadimgi turkiy, ya'ni eski o'zbek adabiyotining
yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad
Yugnakiylaming betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo‟la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: