Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


б-mavzu. MO'G'ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

б-mavzu. MO'G'ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. 
JALOLIDDIN MANGUBERDI - VATAN HIMOYACHISI. 
1.  Chingizxon  boshchiligida  mo'g'ullarning  Movarounnahrga  bosqini.  Ozodlik  kurashi. 
Jaloliddin Manguberdi 
2.  Chig'atoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti 
3. XIII-XIV asming birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti 
L Chingizxon boshchiligida mo'g'ullarning Movarounnahrga bosqini. 
Ozodlik kurashi. Jaloliddin Manguberdi 
O'z dovyurakligi, ustamonligi, makkorligi bilan mashhur bo'lgan Temuchin (1155-1227) 
XII  asming  oxirlariga  kelib,  nafaqat,  mo'g'ullaming  ko'p  sonli  urug'-  qabilalarini,  sh«  bilan 
birga ular bilan yonma-yon yashab kelgan ko'plab turkiy elatlar, chunonchi, jabyirlar, oyratlar, 
qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg'izlar, uyg'urlar, qarluqlar va boshqalami ham birin-ketin 
bo'ysundirib, kuchli  davlatga  asos  soldi. Bu  davlat  harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan 
ajralib  turardi.  Qo'shinlarga:  o‟n  jangchiga  bir  boshliq  —  o'n  boshi,  shuningdek,  yuz  boshi, 
ming boshi va tumanboshilar boshchilik qilardi. Tuman deganda o'n minglik qo'shingina emas, 
balki shu qo'shin salmi doimiy to'ldirishi kerak bo'lgan butun bir tuman, ya'ni besh — o'n ming 
o'toyli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo‟lgan hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga 
tayin  qilingan  tumanboshi  faqat  o'n  ming  jangchining  qo'mondoni  bo'libgina  qolmay,  ayni 
zamonda  o'z  tasarrufidagi  minglab  fuqarolaming  taqdirini  ham  hal  etuvchi  hokimi  mutlaq 
hisoblanardi.  Mazkur  tumandagi  barcha  sudlov,  jinoiy-javobgarlik  va  fuqarolik  ishlari  ham 
to'laligicha uning tasarmfida bo'lgan. 
Temuchin  oliy  hokimiyat  muruwatini  o'zining  o'g'illari  va  eng  yaqin  kishilariga 
topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo'jixon, 
Chig'atoy, O'qtoy, Tulixonlar birinchi bo'lib tuman sohiblari bo'lganlar. 
Temuchinning  mo'g'ullarning  ulug'  xoqoni  sifatidagi  o'mi  va  mavqeyini  har  jihatdan 
mustahkamlash,  bunga  qonuniy  tus  berishda  1206  —  yili  poytaxt  Qoraqurumda  bo'lib  o'tgan 
umummo'g'ul Qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo'ldi. Qurultoyda Temuchin barcha mo'g'ul 
-  tatar  xonlarining  ulug'  xoni  (hoqoni)  deb  e'lon  qilindi  va  unga  Chingizxon  laqabi  berildi. 
(Chingizxon laqabi turli muailiflar tomonidan turlicha, chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» 
yoki 


dengizlar  (Dengizxon),  okeanlar  hukmdori  va  xokazo  ma'nolarda  talqin  qilinib  kelinadi). 
Qurultoy  tomonidan  qabul  qilingan  «Yaso»  hujjati  (mo'g'ullar  davlatining  asosiy  qonunlari 
majmuasi) ulug' xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» mo'g'ul jamiyatidagi mulkiy 
tengsizlik  ifodasi  sifatida ko'zga  yaqqol  tashlanadi.  U  yangi paydo  bo'lgan  hukmron  tabaqa  - 
tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko'zda tutardi. 
Chingizxon  ulug'  xoqon  deb  e'lon  qilingan  birinchi  kundayoq  o'zining  eng  yaqin 
kishilaridan  95  nafarini  bahodur,  mingboshilar  etib  tayinlaydi  va  bir  necha  ming  kishiga 
tarxonlik yorliqlari beriladi. Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta'sis 
etadi va mingta «dovyurak» jangchilardan tarkib topgan shaxsiy gvardiya tuzadi (Keyinchalik 
uning  soni  10  ming  kishiga  yetkaziladi).  Butun  mamlakatda  kuchli  temir  intizom,  qattiqqo'l 
tartib  o'matilib,  jangovar  harbiy  safarbarlik  ishlari  avj  oldirib  borildi.  Bu  hoi  Chingizxonning 
xorijiy  ellami  zabt  etishdan  iborat  o'z  oldiga  qo'ygan  yovuz,  agressiv  maqsadlarini  tez  orada 
amalga oshirishga imkon yaratib berdi. 
XIII  asr  boshlariga  kelib  Chingizxon  qo'shni  davlatlar  va  xonliklami  birin  -  ketin  bosib 
olishga kirishadi. Agar 1206— yilga qadar bepoyon G'o'bi sahrosidagi qavm - qabilalar itoatga 
keltirilgan  bo'lsa,  1206  -  1211—  yillar  davomida  Sibir  va  Sharqiy  Turkiston  xalqlari(buryat, 
yoqut,  oyrat,  qirg'iz  va  uyg'urlar)  bo‟ysindiriladi.  Mo'g'ul  sarkardasi  Xubiloy  Yettisuvning 
shimoliy  hududlarini  ishg'ol  etib,  bevosita  Xorazmshohlar  davlati  chegaralariga  yaqinlashib 
boradi. 1211 — yilda uyg'urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoyga hujum boshlaydi, 1215 
—  yil  boshlariga  kelib  Shimoliy  Xitoy  poytaxti  Pekin  ishg'ol  etiladi.  1217  —  yilda  Xuanxe 
daryosining shimolidagi barcha yerlar mo'g'ullar tasarrufiga o'tadi. Ayni chog'da, 1218— yilga 
kelib g'arb tomonda Yettisuv hududining qolgan qismi ham egallanib, mo'g'ullarga tobe bo'ladi. 
Endilikda  Chingizxonning  asosiy  bosh  maqsadi  -  uning  jahonga  hukmron  bo'lishiga  katta 
to'g'onoq bo'lib turgan buyuk Xorazmshohlar qo'shinini tor-mor keltirib, uning yerlarini o'z qo'l 
ostiga kiritish edi. 
Bu  davrda  Xorazmshohlar  davlatining  ichki  ijtimoiy-siyosiy  ha-yoti  g'oyatda  murakkab, 
ziddiyatli  kechayotgandi.  Bu  davlat  tashqaridan  ulug'vor,  keng  hududlarga  yoyilgan,  qudratli 
saltanat  tarzida  ko'rinsa-da  va  uning  hukmdori  Muhammad  Xorazmshoh  o'zini  «Iskandari 
soniy», «xudoning yerdagi soyasi» deb bilsa-da, biroq, haqiqatda esa, Xorazmshohlar sulolasi 
ichdan  yemirilishga,  tanazzulga  yuz  tutgan  edi.  Awalo,  oliy  hokimiyat  boshqaruvida  chuqur 
ixtiloflar  hukm  surardi.  Bir  tomondan,  Muhammad  yurgizayotgan  rasmiy  siyosatga  nisbatan 
uning  onasi  Turkon  Xotun  va  uning  qavmlaridan  iborat  nufiizli  siyosiy  kuchlar  doimiy 
muxolifatchilik munosabatida bo'lib kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va 
hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, o'zboshim-chalik qilar, xalqqa haddan 
ziyod  jabr  -  zulm  o'tkazardi.  Bu  davrda  Xorazmshohlar  davlati  oliy  devonida  ham,  mahalliy 
hokimlar,  amaldorlar  o'rtasida  ham  poraxo'rlik,  xoinlik,  sotqinlik  holatlari  avj  olib 
borayotganligi sir emasdi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan noroziligi ko'plab g'alayonlami 
keltirib chiqarmoqda edi. Bunday qaltis vaziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni 
tobora zaiflash-tirayotgan edi. 


Buning  ustiga,  Muhammad  Xorazmshohning  xalifalik  hududlarini  qo'lga  kiritish  da'vosi 
bilan  1217—  yilda  Bag'dod  sari  qo'shin  tortishi  ham  xalifalik  hukmdorlarini  qahr-u  g'azabga 
keltirgandi.  Hatto,  xalifa  an-Nosir  Chingizxonga  elchilar  orqali  maxsus  noma  yo'llab,  undan 
yordam  so'raydi,  mo'g'ul qo'shinlarini  Movarounnahr  mulklariga bostirib kirishiga  ham  ishora 
qiladi. 
Chingizxon  qo'shni  davlatdagi  barcha  sir-u  sinoatlardan  to'liq  xabardor  edi.  U  Xorazm 
davlatidan  Mo'g'ulistonga  qatnaydigan  bir  guruh  yirik  savdogarlardan  iborat  o'z  josuslik 
mahkamasini tashkil qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan Xoja, 
Yusuf  O'troriy  singari  kishilar  shular  sirasiga  kirardi.  Shu  bois,  Chingizxon  va  uning  o'rdasi 
Xorazmshohlar davlatida kecha- yotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan 
xabardor  edi.  Chingizxon  barcha  vositalami  ishga  solib,  kerak  bo'lsa  shuhratparast  shoh 
Muhammadni tinchlantlrib, amalda Movarounnahr ustiga yurishga puxta hozirlik ko'radi. 1218 
—  yili  Chingizxon  amri  bilan  Xorazm  davlatiga  500  tuyada  qimmat  baho  sovg'alar,  tillo-
kumush  bisotlar,  savdo  mollari  ortilgan,  asosiy  tarkibi  musulmon  savdogariaridan  iborat  450 
kishilik  karvon  yuboriladi.  Karvon  O'trorga  keladi.  O'tror  hokimi  Inolchiq  (G'oyrxon)  karvon 
ahlining mo'g'ul josuslari ekanini fahmlab, Xorazmshohning maxsus farmonini kutmay uni yo'q 
qilishga buyruq beradi. Shu tariqa, karvon butunlay talanib, qirg'in qilinadi. Chingizxon uchun 
endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati yetgan edi. Bu vaqtga kelib Chingizxon va uning 
lashkarboshilari tasarrufida 200 ming kishilik jangovar qo'shin tayyor holga keltirib qo'yilgandi. 
Chingizxon  qo'shinining  hujumi  xavfi  yaqinlashib  kelayotgan-ligini  Muhammad 
Xorazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar 
ko'rish,  shaharlaming  mudofaa  istehkomlarini  mustahkamlash,  qo'shinlar  safini  ko‟pay-tirish 
harakatida bo'ldi. Biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u ota nodonlik va kaltabinlik qiladi. 
U  o'zining  sarkarda  o'g'li  Jaloliddin,  Xo'jand  hokimi,  dovyurak  bahodir  Temur  Malik  singari 
yetuk kishiiaming harbiy kuchlami asosiy nuqtalarda to'plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar 
berish  kerakligi  to'g'risidagi  to'g'ri,  dono  maslahatlariga  ham  quloq  solmadi.  Sulton  o'z 
qo'shinlarini  turli  shaharlarda  alohida  holda  joylashtirish  va  mudofaadan  iborat  xato  taktikani 
ma'qul ko'rdi. 1219— yilda Chingizxonning son- sanoqsiz qo'shinlari mamlakatga bostirib kira 
boshlagach, Xorazmshoh  o‟z tinchi,  halovatini ko'zlab,  mamlakat taqdirini  o'z  holiga tashlab, 
yaqin  xesh-u aqrabolari bilan  janubga tomon qochishni  ma'qul ko'rdi. Bunday  holat tez  orada 
butun  mamlakat  uchun  fojiali  oqibatlarga  olib  keldi,  yurt  himoyachilari  taqdiri,  ruhiyatida 
o'chmas,  asoratli  iz  qoldirdi.  Xalqning  sog'lom,  vatanparvar  kuchlari  esa  yurt  ulug'-  larining 
bunday  ikkilanishi,  xiyonatiga  qaramay,  muqaddas  ona  zaminni  kolcrak  kerib  himoya  qilish, 
bosqinchilarga  qarshi  qahramon-larcha  kurashga  tashlandilar.  Bu  mislsiz  jang-u  jadallarda 
ulaming qancha - qanchasi o'zlarini yurt ozodligi uchun qurbon qildilar. 
Mo‟g'ullarning  birinchi  hujumiga  duchor  bo'lgan  hudud  O‟tror  bo'ldi.  Chingizxon  va 
uning  lashkarining  O'trorliklardan  alohida  qasdi  bor  edi.  Negaki,  Chingiz  yuborgan  savdo 
karvoni huddi shu yerda saranjom qilinganligi ulaming 


yodidan  ko'tarilmagandi.  Chig'atoy  va  O'qtoyning  son-sanoqsiz  kuchlari  shahar  qal'alariga 
bosqin  uyushtirgan  kezlarda  o'trorliklar  ularga qarshi  mardonavor jang  qildilar.  Shahar aholisi 
G'oyrxon va Qorachor bahodirlar yetakchiligida tengsiz du'shman bilan uzoq vaqt jon berib, jon 
olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to'xtovsiz davom etdi. 
Biroq  oxir-oqibatda  shahar  dushman  tomonidan  egallandi.  Mirzo  Ulug'bekning  «To'rt  ulus 
tarixi» kitobida ta'kidlanganidek: «... O'troming butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl 
qildilar. ...O'tror xisorini qo'lga kiritib, yer bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va 
hunarmandlaming ba'zilarini hibsga oldilar, ba'zilami esa qul qilib haydadilar».! 
Mo'g'ul  bosqinchilari  Movarounnahming  boshqa  hududlarida  ham  ko'z  Ko'rib,  quloq 
eshitmagan  yovuzliklami  sodir  etdilar.  Buning  yaqqol  ifodasini  ulaming  gullab-yashnagan 
Buxoro,  Samarqand,  Xo'jand  singari  shaharlar  va  ulaming  aholisiga  nisbatan  qilgan  behad 
yovuzliklari misolida ham ko'rish mumkin. Masalan, Chingiz qo'shini 1220 — yilning fevralida 
musulmon  Sharqining  yirik  islom  markaz-laridan  sanalgan  Buxoro  ustiga  balo-qazodek 
yopirilib  keladi.  Buxoro  xalqi  bir  necha  kun  davomida  dushmanga  matonat  bilan  qarshilik 
ko'rsatadi.  Bu  esa  Chingizxonni  darg'azab  etadi.  Naiijada,  u  shahami  yakson  qilish,  boyligini 
talash, xalqini qirg'in qilishga buyruq beradi. Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz davom etdi. 
Mo'g'ullar  yondi-rilgan,  kuli  ko'kka  sovurilgan  shahami  egallagach,  ko'ngiilariga  kelgan 
noma'qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay qirib tashlandi. 
Chingizxon  galalari  1220  —  yil  mart  oyida  eng  yirik  va  obod  shaharlaridan  biri 
Samarqandni  qo'lga  kiritish  uchun  barcha  makko-rona  tadbirlami  qo'lladilar.  Atrof  joylami 
oldin  bosib  olib,  shahami  tashqi  dunyodan  ajratishga  harakat  etdi.  Boshqa  bahodirlar 
qo'shinidan  qo'shimcha  kuchlar  chorlab,  uch  kunlik  qattiq  jangdan  so'ng  Chingizxon  qo'shini 
shaharga yorib kirishga va uni butunlay o'ziga bo'ysundirishga erishadi. 
Mo'g'ul  istilochilariga  qarshi  ulug(  ajdodlarimizning  qahramonona  kurashida  Xo'jand 
himoyachilari ko'rsatgan favqulodda jasorat alohida  o'rin tutadi.  Temur Malik boshchiligidagi 
mudofaa  kuchlari  qariyb  5  oy  davomida  ko'ksini  qalqon  etib,  yovuz  dushman  hamlasini  daf 
etib, behisob qurbonlar berib o'z yurtini himoya qildilar, ilojsiz qolgan paytdagina olov ichida 
yonayotgan  shahar  qal  asini  tark  etdilar.  Shunda  ham  Temur  Malik  bir  qism  dovyurak, 
qo'rqmas  jangchilari  bilan  Sirdaryoga  yo'nalib,  maxsus  orolda  joylashib  dushmanga  zarba 
beradi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda mo'g'ullar hujumiga bardosh berib, yo'l-yo'lakay jang 
qilib,  Xorazm  sari  harakatlanadilar.  Xalq  qahramoni  Temur  Malikning  bundan  keyingi 
vatanparvarlik faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida 
davom etdi. 
Mamlakatning Buxoro,  Samarqand,  Xo'jand singari  yirik  markazlarining  qo'ldan ketishi 
Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning natijasida, hukmdor o'z 
saltana-tining  janubi-g'arbiy  hududlari  bo'ylab  chekinib  bordi.  O'zining  kaltabin  siyosati, 
qat'iyatsizligi,  qo'rqoqligi  orqasida  kechagi  «qudratli»  hukmdor  endilikda  ojiz-u  notavon  bir 
kimsaga aylanib qoldi. 


Ilojsiz  qolgan  shoh  oxiri  Kaspiy  dengizidagi  Ashura  oroliga  qochadi.  O'sha  yerda  katta  o'g'li 
Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 1220 — yilning dekabrida xor-u zorlikda vafot etadi. 
Jaloliddin  Manguberdi  Gurganchga  yetib  kelib,  shahar  mudofaasiga  kirishadi.  Lekin 
Gurganchdagi  Qipchoq  amirlari  Turkon  xotunning  akasi  Xumorteginni  sulton  deb  e'lon  qilib, 
Jaloliddin  Manguberdiga  qarshi  suiqasd  uyushtirmoqchi  bo'ladilar.  Bundan  xabar  topgan 
Jaloliddin  Temur  Malik  boshchiligidagi  300  suvoriy  bilan  Gurganchni  tark  etib,  Xurosonga 
ketishga majbur bo'ladi. 
Xorazm poytaxti Gurganch mudofaasi ham mo'g'ullar istiiosi tarixining alohida bir fojiali 
sahifasi  bo‟lgan,  desak  xato  bo'lmaydi.  1221  —  yil  boshlarida  Jo'ji,  Chig'atoy  va  O'qtoy 
askarlari  Gurganchga  hujum  boshlaydilar.  Gurganch  qamali  6  oy  davom  etdi,  hadsiz-hisobsiz 
qurbonlar  berildi.  Shahar  egallangach,  mo'g'ullarning  bu  yerda  sodir  etgan  mislsiz 
yovuzliklarini bayon etishga qalam ojizlik qiladi. Barcha erkaklar, bolalar qilichdan o'tkaziladi. 
Xotin-qizlar  qip-  yalang'och  qilinib,  bir-biri  bilan  urishishga  majbur  etiladi,  so'ngra  mo'g'ul 
jangchilari  tanloviga  beriladi,  qolganlari  qirib  tashlanadi.  Hech  kimga  shafqat  ko'rsatilmaydi. 
Shahaming  o'zini  yer  bilan  yakson  qilish  uchun  Amu  to'g'oni  ochib  yuborilib,  Gurganch  suv 
ostida  qoladi.  Shahardagi  uzoq  asrli  ma'naviyat  durdonalari,  qimmatii  qo'lyozmalar,  kitoblar 
saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha noyob osori-atiqalar yer bilan yakson etiladi. 
Muhammad  Xorazmshohning  o'g'illari:  O'zloqshoh  va  Oqshohlar  ham  mo'g'ullar 
tomonidan  asir  olinib,  qiynab  o'ldiriiadi.  Podshoh  bilan  ko'p  yillar  muxolifatchilikda  bo'lib, 
yurtning  parokandalikka,  chuqur  ziddiyatlarga  yo'liqishiga  sababchi  bo'lgan,  o'ziga  haddan 
ziyod  bino  qo'ygan,  saltanat  ichida  saltanat  qurgan  Turkon  Xotun  qismati  ham  fojiali  yakun 
topadi.  U  ham  mo'g'ullar  tomonidan  asir  olinib,  behisob  tnol-u  dunyosi  talanib,  o'zi 
Mo'g'ulistonga haydab ketiladi. Tarixiy manbalarda Turkon Xotunning Chingizxon xotiniaridan 
biriga cho'ri sifatida tortiq qilingani aytiladi. 
Movarounnahming  asosiy  shaharlarini  bosib  olgan,  behisob  boyliklarga  ega  bo'lgan 
mo'g'ullar  1221—  yil  davomida  Xuroson  o'lkasi  hududlari  tomon  hujum  boshlab,  birin-ketin 
Balx,  Termiz,  Marv,  Nishopur,  Hirot,  Mozandaron  singari  boy  shaharlar,  qal'alami  bosib 
oidilar.  Biroq  shuni  aytish  joizki,  mo'g'ul  bosqinchilari  Movaroun-nahr  va  Xuroson  yerlarini 
osonlikcha  qo'lga  kiritgan  emaslar.  Ular  bu  yerlarda  mahalliy  xalq  va  uning  qo‟rquv  bilmas, 
sheryurak  farzandlarining  tillarda  doston  bo'lgulik  mardlik  jasoratlariga  duch  keldilar,  katta 
talofatlar  berdilar.  Shu  o'rinda  Xorazmshohning  to'ng'ich  o'g'li,  jasur  lashkarboshi  Jaloliddin 
Manguberdi  faoliyatiga  to'xtalib  o'tmoqlik  joizdir.  U  mo'g'ullar  istiiosi  boshlangan  kundanoq 
doimo yurt himoyachilari tomonida turdi, ularga rahnamo bo'ldi. Ona Vataniga bo'lgan cheksiz 
mehr  hissi, farzandlik burchi uni shu qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini eshitgan 
Chingizxonning  ham  sochi  tik  bo'lib,  yuzi  tundlashar,  uni  qo'lga  tushi-rish,  yo'q  qilish  chora-
tadbirlarini izlardi. 
Jaloliddin  Manguberdi  ancha  yillar  ilgari  G'azna,  Voliyon,  Guch,  Bust  va  Hindiston 
hududlarigacha  bo'lgan  yerlarga  hokim  etib  tayinlangan  edi.  Shu  bois,  G'azna  tomon  yurdi, 
yo'lda ko'pgina qo'shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga 


qo'shildi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo'g'ullar qo‟shinini tor-mor etib, G‟aznaga yetib 
keldi.  Jaloliddin  Manguberdi  katta  qo'shin  to'plab,  Valiyon  qal'asi,  Parvon  tekisligida  mo'g'ul 
qo'shinlari bilan jang qilib, ulami tor-mor etadi. 
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan  o'zi qo'shin  tortadi. 1221—  yil 25-
noyabrda  Sind  (Hind)  daryosi  bo'yida  tengsiz  jang  bo'ladi.  Bu  jangda  Jaloliddin  Manguberdi 
ko'rsatgan  jasoratga  mo'g'ul  hukmdorining  o'zi  ham  tan  berib,  lol  qolgan.  Bu  hayot  -  mamot 
jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot 
choptirmasin, tuproqni qonga bo'yar edi. Agar bu jangni Zolning o'g'li ko'rsa edi, u sulton Jalol 
(uddin) ning qolini o'pgan bo'lardi».! 
Chingizxon  lashkari  hisobsiz  bo'lsa-da,  uning  jang  maydonidagi  asosiy  kuchlari 
parokanda  holiga  tushib  qolgandi.  Biroq  pistirmadagi  10  ming  nafar  sara  lashkar  jangni 
Chingizxon  foydasiga  hal  qiladi.  Nochor,  tang  ahvolga  tushib  qolgan  Jaloliddin  qora  to'riq 
otiga  minib,  so'nggi  bor  mo'g'ullarga  hamla  qilib,  so'ng  ot  jilovini  ortga  tortadi,  Sovutini 
yelkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o'zini Sind daryosiga otadi. 
Jaloliddin  bahaybat  daryo  to'I-  qinlarini  shiddat  bilan  kesib  o'tib  narigi  sohilga  o'tib  oladi. 
Uning  4000  jangchisi  ham  bunga  muvaffaq  bo'lishadi.  Hozirgi  paytda  ham  bu  daryoning  bir 
tomoni «Ot sakrar», narigi tomoni «Cho'li Jaloliy» deb ataladi. 
Jaloliddin o'zining botir jangchilari bilan yana o'n yil davomida goh Afg'on va Hind, goh 
Eron  yoki  Kavkazorti  hududlarida  paydo  bo'lar,  yangidan  xalq  lashkarlari  jamlab,  mo'g'ul 
bosqinchilari  zulmi  va  hukmronligiga  qarshi  tinimsiz  jang  qilar,  xalq  erki,  ozodligi  yo'lida 
sabot bilan kurashardi. 
Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag'lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman oldida 
bosh egib, mag'lub bo'lmadi. Lekin ne ko'rgulikki, Jaloliddin Manguberdining aziz umri yovlar 
bilan jang maydonida, yakkama-yakka oiishuvda emas, balki bir alamzada qurdning banogoh 
tig'idan  xazori  bo'ldi.  Bu  mudhish  voqea  1231-yilning  17-20-avgustlarida  Ozarbayjon 
hududlarida sodir etildi. 
Jaloliddinning el - ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lidagi fidoyiligi, mislsiz jasorati 
mangulikka  daxldordir.  Istiqlol  nashidasini  surayotgan  mustaqil  O'zbekistonda  ulug'  ajdodlar 
ruhining  e'zozla-nayotgani,  jumladan,  Jaloliddin  Manguberdi  qutlug'  tavalludining  800  yillik 
yubileyi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanganligi ham buning yaqqol ifodasidir. 
Shunday  qilib,  mo'g'ul  istilochilari  qisqa  davr  ichida  goh  beadad  qirg'inliklar  keltirish, 
goh  mahalliy  xalqlar  orasida  g'ulg'ula,  xavf-xatar  solish,  yoxud  ular  orasidagi  xiyonatkor, 
sotqin  unsurlami  ishga  solish  orqasida  Movarounnahr  va  Xuroson  yerlarini  egallab,  bu 
hududlarga  mislsiz  moddiy  va  ma'naviy  zarar  yetkazib,  o'z  hukm-ronligini  o'matishga 
muvaffaq  bo'ldilar.  Kechagina  gullab-  yashnagan  vodiylar,  yam-yashil,  obod  qishloqlar,  suv 
inshootlari, to'g'onlar  yakson  etildi,  ekin  maydonlari suvsizlikdan  qovjirab  qoldi. Buyuk  Ipak 
yo‟lining shuhrati so'ndi, shaharlar hayoti fayzsiz bo'lib qoldi.  Xalqning  ko'p asrlik  ma'naviy 
bisoti, noyob osori atiqalari, qadri-yatlari oyoqosti qilindi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish