ochgan, oldingi mavqeyini tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz singari shaharlar,
ulaming o‟ziga xos me'morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Ko'hna Urganchda qad
ko‟targan, balandligi 62 metrli ulug‟vor minora XIII asr arxitekturasining noyob yodgorligi
hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmuyi, Buxorodagi Bayonqulixon, Ko'hna
Urganchdagi Najmiddin Kubro, To‟rabekxonim, Muhammad Bashar maqbaralari, Xo'janddagi
Tubaxon maqbarasi va shu singarilar XIV asming nodir me'moriy yodgorliklari sirasiga kiradi.
Xalq amaliy san'ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor sopolli idishlar, shu
jumladan, ko'zalar, chinni buyumlar, uy-ro'zg'or ashyolari, binolar peshtoqiga bitilgan, san'at
darajasidagi nastaliq bitiklari - bular O‟rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII-XIV asrlarda
ham rivojlanishda davom etganligidan darak beradi. Bu davrda ilm-fan, ayniqsa, tarixshunoslik
rivojida ham muayyan yutuqlar qo'lga kiritildi. Tarixshunos Juvaniyning «Tarixi jahongusha»
(Jahon fotihi tarixi), Rashididdinning «Jome-ut-tavorix» («Yilnomalar majmuasi») asarlari
mo'g'ullar istiiosi va hukmronligi davri tarixini chuqur o'rganishda qimmatii manbalardan
hisoblanadi.
Shuningdek, o‟lkada badiiy adabiyot sohasi ham sezilarli taraqqiy etdi. Jumladan, XIII
asming ikkinchi yarmi hamda XIV asming birinchi yarmida yashab, ijod etgan yurtdosh daho
shoirimiz Pahlavon Mahmud ijodi bu jihatdan ibratlidir. Uning tug'ilgan yili noma'lum bo'lib,
vafot etgan davri manbalarda 1322
— yil deb ko'rsatiladi. U hunarmand oilada dunyoga kelgan. O'zi ham po'stindo'zlik bilan
shug'ullangan, o'z zamonasining ilg'or, ma'rifatparvar kishilaridan bo‟lgan. Pahlavon Mahmud
nomi bilan zikr qilingan barcha tazkiralarda u g'azal, ruboiy janrlarida samarali ijod qilgan shoir
sifatida tilga olinadi. Biroq, Mahmudni elga mashhur etgan, avlodlar ehtiromiga sazovor qilgan
omil, bu, eng awalo, uning otashnafas ruboiylaridir. Shoiming ijtimoiy, falsafiy qarashlari ham
uning ruboiylari mazmunida aks etgan. Umuman, Pahlavon Mahmud she'riyatida keng
ma'nodagi hayotiy voqealar, insoniy kechinmalar, chuqur axloqiy, falsafiy qarashlar
ifodalanganki, bu hoi shoiming o'z davrining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga faol muno-sabatda
bo'lganidan dalolat beradi.
XIII asr oxiri va XIV asr birinchi choragida Turkistonda kechgan adabiy jarayonni
Burhoniddin o'g'li Nosiriddin Rabg'uziy ijodisiz tasawur etib bo'lmaydi. Ayniqsa, uning
qalamiga mansub «Qisasi Rabg'uziy» asari adib nomini asrlar osha sarbaland etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: