ko'prik, korizlar-bular harnmasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksalishining ishonchli
tasdig'idir.
Ilm-fan ravnaqi. Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g‟risida gap borganda, dastavval,
ona yurtimizda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda iim -fanning
nechog‟lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho
hissasi haqida har qancha g‟ururlansak arziydi.
Bu davming yana bir muhim yutug‟i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik
sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.
Bu xayrli ishlaming yuzaga chiqishida ham temuriy h ukmdorlar tashabbusi va
rahnamoligi beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temuming «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning
«To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Bobumoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir
ko'rsatgan I igi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqii iz qoldirgan alloma olimlardan
Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafernoma», Xofiz Abrtming «Zubdat
at«tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'davn» va «Majma' ul-bahrayn»
(«Ikki saodatli yulduzning chiqish o'mi va ikki azim daryonin g quyilish joyi»), Ibn
Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik
bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru
afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha
zamon tarixshunoslik ilmining yuksak! ik darajasini o'zida ifoda etadi. Ulaming har birida
nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud
shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu biian birga o'sha davming barcha
murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda
yoritilganligi ayon bo'ladi.
1 emuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu
sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va
naqqosh I igi maktabi atoqli vakil lari: Sultenali Mashhad iy, Abdujamil Kotib, Darvesh
Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalaming ijodi
benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi)
unvoni sohibi Sultonali Mashhad iy A.Navoiy va
H.
Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmaiarinL kitobot holiga keltirishda
katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizorniy, Farididdin Atto r, Xo'ja Xofiz, Sa'diy
Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahtnon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining
ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on
etilgan.
Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdu lhay, Shayx Turoniy, Abdulla
Hiraviy, Ustoz Ciung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Uiar chizgan
yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi,
tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g‟li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod
topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko‟plab
mo'yqaiam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son -sanoqsiz rangli tasvirlar,
miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kali la va Dimna»,
Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning
«Shohnoma», Nizomiyning «Xarrtsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar
hanuzga qadar ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Musavviriik sao‟atining tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Bebzod (1455 -3537) ijodi ham
Temuriylar davri san'atining yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Lining mo‟yqalamiga oid hadsiz-
hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma». Jomiyning «Salomon va
Ibsoi», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlatiga ishlangan
miniatura naniunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go'r»,
«Tuyalar jangi» tasvirlari va sliunga o'xshash' rassomchilik asarlari bu tug'ma ijodkor
iste'dodining yuksak mahorati namunalaridir.
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida o‟rin tutgan, Alisher
Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiqchiligining sakkiz turs rivojianganligini qayd
etadi. Bular - tuyuq, changchi, Turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar.
Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida mashhur bo‟lgan siymola rdan biri Abduqodir
Go‟yanda (1334-1435) bo'lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan.
Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni benihoya katta bo'lgan. Hirot
musiqashunoslari o'z ijodlarida Navoiyning she'r va g‟azaliaridan keng ijodiy
foydalanganlar.
Badiiy adabiyot. Amir 'Femur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin
sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotinmg ravnaqisiz tasawur etib bo'imaydi Negaki,
sarehashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal
topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi,
Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z
betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xaztna siga salmoqli hissa qo‟shdilar.
O'zbek mumto? adabiyotining tamal toshini qo'ygan Mavlono Lutfiy (1366 - 1465) dan
boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri, XV asr boshlari), uning zamondoshSari Durbek.
Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy singari zabardast turkigo‟y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli
mumtoz adabiyotimiz yangi marraiarga ko'tarildi va uning xilma -xil janrlarida bir-biridan
go‟zal va nafis badiiy asarlar varatildi.
Lutfityning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi),
Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylaming ishq- muhabbat,
hayot nash‟u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlart, intilishlarini kuylagan
otashnafas she‟r-g'azallari, qasidalari - bular mumtoz o‟zbek adabi-yoti rivojining muhim
yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining
benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta‟sirehanligi to‟la kuch
bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi.
O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko‟tarilib, keng e‟tirof topishida ulug'
o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy П441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki
she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo‟y shoirlar ijodi erishgan
yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni
zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini
ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «llayralul-abror», «farhod va Shirin», «Layli va Majnun»,
«Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlarining har biri o'zining bebaho ma'naviy
qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi,
o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vaztfani sharaf bilan ado etgan
Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir.
Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan
chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi
ishq-muhabbat g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bu ham Navoiy ijo
dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug‟orilganligidan
yaqqol daiolatdir.
Shu biian birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an‟anaviy tarzda rivojlanishda
davom etdi. Bu adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini
yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz Sberoziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy
singari da ho so'z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o'tish joizd ir. Warning yuksak badiiy
tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan
o'tib, qancha avlodlar ongi: shuurini yolqinlantirib kelmoqda.
Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hay otiy
taqdirida, ulaming ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida
o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek
buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodl arining mislsiz sa'y-
harakatlari, bunyodkorlik faoliyat! tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan
o‟zgarishlarga yuz tutdi, Mo'g'ullarning bir yarim asriik bosqini va zulm -asoratidan butunlay
xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga k o'tarildi. Ayni chog'da, ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy- ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug‟
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma‟naviy madaniyatning yuksak namunalari,
dur-u javohirlari raana necha asrlardirki, jahon ahlin i hayratga solib, minnatdor avlodlar
ardog'ida e‟zozlanib kelmoqda.
Mavzu hoyicha mustaqil ish tepsiiirkjlari:
1, Ma'Iumki, «Temur tuzuklari»da mamlakatni boshqarish bobida maslahatlar berilgan.
Temur maslahatlarining bugungi kundagi ahamiyati qanday? Temur o 'gitlariga stzntng
shaxsiy munosabatingiz qanday? Mini-esse yozing,
2. Sizningcha, Amir Temuming «Kuch - adolatda» degan iborasi nimaga qarata
ishlatilgan?
Adabiyotlar:
1. Абдунабиев А. Вклад в мировую цивилизацию,- Т.:Узбекиетан, 1998 . 2. Буюк
сиймолар, алломалар. -■ Т.:Мерос. 1 китоб- 1995 й.; 2 китоб - 1996 й.
3. Муминов И. Амир Темурнинг У рта Осиѐ тарихида тутган урни ва роли, -
Т.:Фан,1993
4. Узбекистан тарихи,- Т.;Янги аср авлоди, 2003.
5. Мец А, Мусульманский ренессанс.- М., 1984.
6. Хоразм тарихи. -Ургенч, 1
997
7. Темур ва Улугбек даври тарихи — Т.:Комуслар бот тахририяти, 1996
8. Темур даврининг меъморий кдакашони - Т.:Шарк, 1996
9. O'zbekiston tarixi. T.:Yangi asr aviodi, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |