Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


-  Mavzu. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

7- 
Mavzu. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY- 
IQTISODIY, SIYOSIY VA MADANIY HAYOT 
1.  Amir  Temuming  hokimiyat  tepasiga  kelishi.  Markaziy  davlat  boshqaruvining 
takomillashuvi 
2.  Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson 
3.  Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati 
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. Markaziy davlat 
boshqaruvining takomillashuvi 
Amir  Temur  Vatanimiz  tarixida,  o'zbek  davlatchiligi  taraqqiyotida  beqiyos  xizmat 
ko'rsatgan  shaxs.  Amir  Temur  jahon  xalqlari  tarixida  buyuk  davlat  arbobi,  mashhur  sarkarda 
sifatida e‟tirof topgan yorqin siymodir. 
Afsuski,  Amir  Temur  nomi  sobiq  mustamlakachilik  va  mustabid  tuzum  davrida 
qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelindi. Biroq o'zbek davlatchiligini qayta tiklagan, 
buyuk davlat darajasiga ko'targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temuming tarixiy xizmatini 
jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni Qatag'on zanjirida ushlab turish vaqti o'tdi. Milliy 
istiqlol tufayli o'z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida 
Amir  Temur  bobomizning  nomini,  nuroniy  qiyofasini  tiklash  baxtiga  muyassar  bo'ldik. 
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning Amir Temur yili deb e'lon qilinishi 
va  shu  yili  buyuk  bobokalonimiz  tavalludining  660  —  yilligining  mamlakatimizda  hamda 
UNESCO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida keng nishonlanishi  - bu hozirgi minnatdor 
avlodlaming,  qolaversa,  jahon  ahlining  bu  buyuk  zotga,  uning  ulug'vor  ishlariga  bildirgan 
cheksiz hurmati va e'zozi ramzidir. 
Amir  Temur  turkiy  barlos  urug'ining  biy  (urug'  oqsoqoli)  laridan  bo'lmish  Muhammad 
Tarag'ay  va  Buxoro  shariyat  qonunlarini  sharhlovchisining  qizi  Takina  Mohbegimlaming 
farzandi  bo'lib,  1336  —  yilda  Shahrisabzga  yaqin  Xo'ja  Ilg'or  qishlog'ida  tavallud  topgan. 
Uning  to'liq  ismi  Sohibqiron  Amir  Temur  ibn  Amir  Tarag'ay  ibn  Amir  Barkuldir.  Temur 
siyosiy  kurash  maydoniga  kirib  kelgan  XIV  asming  60—  yillarida  mo'g'ullarning  Chig'atoy 
ulusi  hukmronligi  davom  etayotgan  edi.  1346—  yili  Chig'atoy  ulusi  xoni  Qozonxon  amir 
Qazag'on  tomonidan  o'ldiriladi.  1358—  yilda  amir  Qazag'on  ham  o'ldiriladi,  ulusda 
parokandalik  jarayoni  kuchayadi.  O'lkaning  turli  hududlarida  mustaqillik  da'vosi  bilan  ish 
ko'rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so'fiylar, 


Qashqadaryoda  barioslar,  Ohangaron  vodiysida  jaloyirlar,  Buxoroda  sadrlar,  Termiz  atrofida 
sayidlar  amirlarining  va  hokazo  kuchlarning  ajratuvchilik  harakatlari  yurt  butunligiga  jiddiy 
havf  tug'dirayotgandi.  Ulus  o'ntacha  mustaqil  bekliklarga  bo'lingan  bo'lib,  ulaming  beklari 
o'rtasida  doimo  nizo,  janjal  bo'Iardi.  Buning  ustiga,  o'z  hukmronligini  mustahkamlash 
maqsadida 1360 — yilda Movarounnahrga katta qo'shin tortib keigan Mo'g'uliston xoni Tug'luq 
Temur  xuruji  ham  dard  ustiga  chipqon  bo'lgan  edi.  Bunday  qaltis  vaziyatda  siyosiy  kurash 
maydonida hozir bo'lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql- zakovat bilan ish 
ko'rish, o'z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlami to'plash, so'ngra qulay imkoniyat tug'ilishi 
bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi. 
Temurbek  uddaburonlik  bilan  o'ziga  xos  taktika  qo'llab,  o'zining  bosh  orzu- 
maqsadlaridan  voz  kechmagan  holda,  vaziyat  taqozosi  bilan  vaqtdan  yutish,  ishonchli  kuch 
topish  uchun  vaqtincha  1361  —  yilda  Tug'luq  Temur  xizmatiga  kiradi.  Biroq  bir  yil  muddat 
o'tar-o'tmay,  Balx  hokimi,  kelib  chiqishi  Chingiziylar  nasabidan  bo'lgan  Amir  Husayn  bilan 
do'stlashib,  u  bilan  birgalikda  yurt  birligi  va  ozodligini  tiklashga  kirishadi.  U  1362-1364— 
yillarda mo'g'ul qo'shinlariga bir necha marta zarba beradi. 
Tug'luq  Temuming  o'g'li  Ilyosxo'ja  1365—  yil  bahorida  Movarounnahrga  yurish  qiladi. 
Chinoz atrofida, Sirdaryo bo'yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn qo'shinining 
Ilyosxo'ja  boshliq  mo'g'ul  qo'shinidan  kutilmaganda  yengilishi  Amir  Temur  uchun  juda  katta 
saboq  bo'ldi.  Ilyosxo'ja  qo'shinlari  Samarqandga  tomon  yurdi.  Hokimiyatsiz  qolgan  mahalliy 
aholi  (Samarqand  hokimi  qochib  ketgan  edi)  mudofaaga  ko'tarildi,  bu  harakat  sarbadorlar 
harakati  nomi  bilan  mashhurdir.  Samarqand  uning  markaziga  aylandi.  Harakatga  tolibi  ilm 
vakili  Mavlonozoda,  jun  tituvchilar  oqsoqoli  Abu  Bakr  Kalaviy  va  mohir  mergan  Xo'rdaki 
Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida to'plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda 
da'vati  bilan  mo'g'ullarga  qarshi  kurashda  faol  qatnashadilar.  Ilyosxo'ja  Samarqandda  katta 
zarbaga  uchrab  Movarounnahrdan  chiqib  ketishga  majbur  bo'ldi.  Samarqandda  hokimiyat 
sarbadorlar  qo'liga  o'tadi.  Ular  xalq  turmushini  yaxshilashga  qaratilgan  tadbirlar  ko'radi, 
mo'g'ullarga tarafdorlik qilganlaming yer va mulklari musodara etiladi. 
Samarqand sarbadorlari g'alabasidan xabar topgan amir Husayn va Amir Temur 1366— 
yil  bahorida  Samarqandga  keladilar.  Amir  Husayn  hiylasi  bilan  sarbadorlar  boshliqlari  qo'lga 
olinib, o'ldiriladi. Amir Temuming sa'y-harakatlari tufayligina Mavlonozoda tirik qoladi. 
Movarounnahrda hukmronlik amir Husayn qo'liga o'tadi. Amir Husayn Movarounnahrda 
Amir Temumi qoldirib o'zi Xurosonga ketadi. 
Amir  Temuming  keyingi  jo'shqin  faoliyati  davomida  uning  amir  Husayn  bilan  ittifoqi 
mustahkam  bo'lolmadi.  Tabiatan  shuhratparast,  hokimiyatparast  shaxs  bo'lgan  amir  Husayn 
qanday  qilib  bo'lmasin  AmirTemurga  pand  berish,  unga  xiyonat  qilishdan  qaytmaydi. 
Sharofiddin Yazdiy aytganidek, «ulaming o'rtalarida sadoqat va do'stlik munosabati yaqinlik va 
qarindoshlik aloqasi bilan qat'iy qilingan 


edi.  Ammo  Amir  Husaynning  ko'ngli  makr  va  g'addorlik  o'y-hayolidan  bo'shamasdi» 
(Sh.Yazdiy. «Zafarnoma», 207-bet). 
Xalqimizda  «birovga  choh  qazisang,  o'zing  yiqilasan»  deyilganidek,  amir  Husayn  ham 
o‟zi  qazigan  chohga  o'zi  yiqildi.  Vaziyat  taqozosi  bilan  Amir  Temur  amir  Husayn  o'mashib 
olgan Balxga 1370— yilning bahorida qo'shin tortib boradi va uni mahv etadi. Shundan so'ng 
Amir  Temur  Movarounnahming  yagona  hukmdori  bo'lib  qoldi.  Samarqand  mamlakat 
poytaxtiga aylandi. Endilikda yurtni boshqarish jilovini qo'lga kiritgan Amir Temur oldida hali 
g'oyatda  katta,  murakkab  vazifalar  ko'ndalang  bo'lib  turardi.  Eng  asosiysi,  mamlakat 
hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish 
kerak  edi-  Busiz  mamlakat  taraqqiyotini  olg'a  bostirish,  uning  dovrug'ini  jahon  miqyosiga 
ko'tarish  mumkin  emasdi.  Shu  boisdan,  dastlab  Sirdaryo  va  Amudaryo  oralig'idagi  hududlar 
diplomatik yo'l bilan birlashtirildi. 
Amir Temur sharqiy hududlami mo'g'ullar ta'siridan ozod yetish uchun 1370— yil oxiri 
va  1371—  yil  boshida  Sharqiy  Turkiston  tomon  yurish  qiladi.  Mo'g'ul  xoni  Kepak  Temiuga 
qaqshatqich  zarba  berilishi  orqasida  Farg'ona  mulki  va  boshqa  bir  qator  hududlar  egallanadi. 
Ko'p o'tmay, Afg'oniston shimolidagi Shibirg'on viloyati ham uning tasarrufiga olindi. 
Tarixiy manbalarda Amir Temuming Mo'g'uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani 
tilga olinadi. 
Uning qudratli mo'g'u! hukmdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib borgan ko'p 
yillik  urushlari  mamlakatining  sharqiy  hududlarini  mo'g'ullar  asoratidan  xalos  qilish,  yurt 
tinchligi, oso-yishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O'z tasarrufida Qoshg'ar, Issiqko'l va 
Yettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369— yili Ilyos-xo'jani taxtdan ag'darib, Mo'g'uliston 
xoni  bo'lib  ko'tarilgan  Qamariddin  bilan  1370-1389—  yillar  davomida  Amir  Temur  hayot-
mamot  janglari  olib  bordi.  Bu  jang-u  jadallar  oqibatida  Movarounnahrga  qarashli  asosiy 
sharqiy  hududlar  uning  tarkibiga  qo'shib  olindiki,  bu  hoi  yurtimiz  hududida  markazlashgan 
davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. 
Yuqoridagi  jadvaldan  ko'rinib  turganidek,  Amir  Temur  o'z  saltanati  tarkibiga  Xorazm 
mulkini  ham  qo'shib  olish  uchun  ko'p  sa'y-harakatlarda  bo‟ldi.  Chingizxon  tomonidan  Jo'ji 
ulusiga berilgan Xorazm yerlari Oltin O'rdadan mustaqil bo'lib, hokimiyat tepasida Qo'ng'irot 
so'filari turardi. Keyinroq ikkiga bo'linib, janubiy qismi  Chig'atoy ulusiga bo'ysundirilgan edi, 
ammo Qo'ng'irot so'filari janubiy qismni ham fath etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o'z 
ulusining  tarkibiy  qismi  deb  hisoblar  edi.  Shu  bois,  Xorazmni  o'z  tasarrufiga  olish  uchun  bir 
necha  marta  yurish  qiladi.  1388—  yilda  bo'lgan  so'nggi  Xorazm  yurishi  natijasida  Sulaymon 
So'fiy hukmronligi ag'darilib, bu o'lka Temur saltanati tarkibiga uzil- kesil qo'shib olindi. 
Shunday  qilib,  Amir  Temur  bir  necha  yillar  davom  etgan  qonli  va  qonsiz  kurashlar, 
muhim  tadbirlar,  kezi  kelganda  diplomatik  aloqalami  muvaffaqiyatli  qo'llash  natijasida 
mamlakatni  mo'g'ullar  zulmidan  ozod  etdi,  siyosiy  tarqoqlik,  o'zaro  nizolami  bartaraf  qildi. 
Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan davlat barpo etishga 
muvaffaq bo'lindi. 


Amir  Temur  kuchli,  markazlashgan  davlat  barpo  etish  barobarida  o'z  qudratini  jahonga 
mashhur  qilish,  hududlarini  kengaytirish  maqsadida  XIV  asming  80—  yillaridan  e'tiboran 
xorijiy yurtlar tomon ko'plab harbiy yurislilar uyushtiradi. Uning 1386-1388— yillardagi «uch 
yillik», 1392-1396— yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404— yillardagi «yetti yillik» 
yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkazorti 
hududlari,  shimoliy  Hindiston,  Suriya,  Iroq  yerlari,  Kichik  Osiyoning  talay  qismi  egallanadi. 
Shu  tariqa,  qudratli  saitanat  vujudga  kelib,  uning  dovrug'i  butun  olamni  tutdi.  Biroq  kezi 
kelganda  shuni  ta'kidlash  joizki,  Sohibqironning  ko'plab  jahongirlik  yurishlariga  faqat  bir 
yoqlama  nuqtayi  nazardan  baho  berib  bo'lmaydi.  Negaki,  bu  yurishlar  goho  mamlakat 
hududlariga  tajovuz  qilgan  ajnabiy  kuchiarga  zarba  berish,  goho  muqaddas  islom  ta'limoti 
g'oyalarini,  ulaming  tahqirlovchilaridan  himoya  qilish  yohud  Sohibqiron  yurtiga  muttasil 
dushmanlik  qilib  kelgan  xorijiy  davlatlarga  nisbatan  so'nggi  chora  sifatida  amalga  oshirilgan. 
Jumladan, Amir Temuming Oltin O'rda xoni To'xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 
1394-1395  yy.)  olib  borgan  jang-u  jadallari,  eng  awalo,  yurt  osoyishtaligi,  uning  hududiy 
yaxlitligini ta'minlash maqsadiga yo'naltirilgan edi. Ayniqsa, To'xtamishning Xorazm yerlariga 
da'vosi bunda muhim sabablardan biri bo'lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O'rdaning mahv 
etilishi  esa,  tabiiyki,  uning  tarkibiga  kirgan  hududlaming,  chunonchi,  rus  knyazliklarining 
mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo'lganligi ham tarixiy faktdir. 
Shuningdek, Sohibqiron qo'shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 
1402—  yilda Anqara yaqinida bo'lib o'tgan hayot-mamot urushi ham, awalo, turk sultonining 
qaysarligi,  manmanligi,  muro-sasizligi,  adolat  talabiga  qo'l  siltaganligi  tufayli  yuz  bergan.  Bu 
beomon  jangni  o‟z  foydasiga  hal  etgan  Amir  Temur  esa  ayni  paytda  o'z  qudratini,  nafaqat, 
Sharqda, balki  G'arbda  ham  namoyish  yetishga  musharraf bo‟ldi.  Shu buyuk  g'alabadan so'ng 
G'arbiy  Yevropaning  Angliya,  Fransiya,  Ispaniya  singari  nufuzli  davlatlari  va  ulaming 
hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog'lash, hamkorlik qilish, ayniqsa, savdo-sotiq 
munosabatlarini o'matishga faol yo'l tutganliklari shundan yaqqol dalolatdir. Darhaqiqat, Amir 
Temuming  naqadar  uzoqni  ko'ra  bilish  salohiyatini  uning  Yevropa  hukmdorlari  —  Fransiya 
qiroli  Karl  VI  (1380-1422),  Angliya  qiroli  Genrix  IV  (1399-H  13),  Kastiliya  va  Leon  qiroli 
Genrix  Ш  (1390-1407)  bilan  diplomatik  aloqalari  va  yozishmalaridan  ham  bilsa  bo'ladi. 
Jumladan.  Fransiya  qiroli  Karl  VI  ga  yo'llagan  maktubida  savdo  aloqalarini  yo'Iga  qo'yishni 
taklif qilib «Dunyo savdo ahli bilan obod bo'lajak», degan fikmi bildirgan edi. Fransiya qiroli 
1403— 
yil  15-iyunda  yozgan  javob  xatida  taklifni  mamnuniyat  bilan  qabul  qilganini 
bildiradi.  Bu  davrga  kelib  Buyuk  ipak  yo'li  shuhratining  yanada  ortishi  davomida 
Movarounnahr va Xuroson dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog'lanib, 
xalqaro  karvon  savdosining  eng  muhim  markaziga aylandiki,  bu  esa Vatanimizning iqtisodiy, 
madaniy va ma'naviy yuksalishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 
Amir  Temur  qudratli  saltanatni  vujudga  keltirar  ekan,  uni  odillik  bilan  idora  qilish, 
boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga ham alohida ahamiyat berdi. 



o'zbek 
davlatchiligining 
Somoniylar, 
Qo-raxoniylar, 
G'aznaviylar, 
Saljuqiylar, 
Xorazmshohlar  davrida  tarkib  topib,  rivojlanib  borgan  tizimi,  tartib-qoidalari,  huquqiy 
asoslarini  yangi  tarixiy  davming  talab,  ehtiyojlariga  moslab  yanada  takomillashtirdi,  ularga 
yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi. 
Amir  Temur  o'zigacha shakllangan  o'zbek  davlatchiligining asoslariga  izchil amal qilish 
bilan birga ulami mazmunan boyitishga jiddiy hissa qo'shdi. 
Amir  Temur  milliy  davlatchilik  asoslarini  rivojlantirishda,  jamiyat  rivojida  barcha 
ijtimoiy  tabaqalar  faoliyatini  nazarda  tutish  va  ulaming  manfaatlarini  ta'minlashga  alohida 
etibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo'lib jamiyat ijtimoiy 
tarkibini  12  tabaqaga  ajratib,  ulaming  har  birining  alohida  mavqeyi,  manfaatlarini,  shunga 
muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab bergan. 
Uning  davrida  boshqaruv  ikki  idoradan,  ya‟ni  dargoh  va  vazir-liklardan  iborat  bo'lgan. 
Dargoh  tepasida  oliy  hukmdoming  o'zi  turgan.  Mamlakat  va  davlat  ahamiyatiga  molik 
masalalar uning ko'rsatmasi bilan hal etilgan. 
Dargoh  faoliyatini  boshqarish,  uning  vazirliklari,  mahalliy  hokimiyat  idoralari  va 
umuman sahanatda kechayotgan jarayonlar bilan bog'liq ishlar oliy devon zimmasida bo'lgan. 
Oliy  devonda  har  kuni  4  vazir,  ya'ni  ijroiya  idoralari  nomidan  bosh  vazir,  harbiy  vazir, 
mulkchilik  va  soliq  ishlari  vaziri,  moliya  vaziri  hozir  bo‟iib,  o'ziga  xos  ravishda  hukmdorga 
hisob berib turgan. 
Sohibqiron  Amir  Temuming  davlat  boshqaruviga  xos  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri 
unda  adolat  me'zonigs  alohida  ahamiyat  berilganligidir.  U  har  doim  «Kuch  -  adolatda»  deb 
ta'kidlar  va  unga  amal  qilardi.  Uning  davlat  boshqaruvi  tizimi  masalalariga  bag'ishlangan 
mashhur tuzuklarida ham har bir ishda adolat me'zoniga amal qilishlik, nohaqlik, adolatsizlikka 
nisbatan  murosasizlik  g'oyasi  chuqur  ifodalanganligi  bejiz  emasdir.  Zero,  xoh  moliya-soliq 
tizimida, xoh savdo-tijorat sohasida yohud mulkiy masalalarda bo'lsin, hamma narsada odilona, 
qonunchilik  qoidalari,  talablariga  asoslanib  ish  yuritish  Amir  Temuming  qat'iyat  va  izchillik 
bilan  o'tkazgan  davlatchilik  siyosatining  asosiy  me'zoni  bo'lgan.  O'z  amali,  mansabini 
s;;iiste'mol qilishlik, poraxo'rlik,  maishiy  buzuqlik kabilar  og'ir jinoyatlar sanalib,  ulami sodir 
etuvchilar qattiq jazolangan. 
Amir  Temur  tuzuklariga  asos  qilib  olingan  davlatchilik  siyosatining  muhim  jihati  yana 
shundan  iboratki,  uning  da'rida  har  bir  sohaga  kadrlar  tan  lash,  lavozimlarga  tayinlashda 
ulaming  iqtidoru  qobiliyatiga,  bilimu  iste‟dodiga,  nasl-  nasabiga  alohida  e‟tibor  berilgan. 
Davlatga  sadoqat  bilan  xizmat  qilgan  xodimlar  doimo  rag‟batlantirilib,  martabalari  oshirib 
borilgan. 
2. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson 
Garchand  Amir  Temur  qudratli  saltanat  barpo  etib,  uning  hududlarini  sharq-u  g'arbga, 
shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug'ini 
olamga  mashhur  qilgan  bo'lsa-da,  biroq  uning  vafotidan  keyin  mamlakat  tanazzulga  uchrab 
bordi. Buning asosiy sababi awalo shundaki, Amir Temur tasamifiga kirgan ellar va yurtlar shu 
qadar xilma-xil, uzoq 


masofalarga  choVilgan  bo'lib,  utami  yagona  bir  markazdan  turib  uzoq  vaqt  boshqarish 
murakkab  edi.  Buning  ustiga.  ulardagi  mavjud  turli-tuman  muholifatchi  kuchlar  ertami-kech 
oV hududiy mustaqilligi uchun harakat etishlari tabiiy edi.
 
Sohibqiron  saltanatini  zaitlashtirish  va  parchalanishga  olib  kelgan  muhim  omillardan 
yana  biri  -  ko‟p  sonli  temuriy  shahzodalai  o'rtasida  toj-taxt  uchun  boshlanib  ketgan  va  bir 
necha  yillarga  cho'zilgan  o'zaro  hesamar  urush-u  nizolardir.  Chunki,  Amir  lemur  vafotidan 
so'ng.  saltanat  vorislari  uning  dono  vasiyatlari,  o'gitlariga  amal  qilmaydi,  markaziy 
hokimiyatni egallash maqsadida jang-u jadalga kirishadilar.
 
Amir  Temur  Xitoy  yurishiga  otlangan  bir  paytda  O'trorda  1405 —  yil  18-  fevralda 
kasallanib  vafot  etgan  payida  lining  4  o‟g‟lidan 2  tasi  (Mironshoh  va  Shohruh  Mirzolar)  va 
14  ta  nevara.  15  chevara,  shuningdek.  qizlari  -  Og'a  begim.  Sulton  Baxt  begim  va  Og'a 
begimning o'g'li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi.
 
Amir Temur vasiyatiga ko'ra uning o'rriini Qobut, Qandahor va Shimoliy Hind yerlarini 
boshqarib  turgan  nabirasi  Pirmuhammad  (Jahongir  Mirzo  o'g'li)  egallashi  kerak  edi.  B iroq 
shahzoda  Halil  Sulton  (Mironshoh  o'g'li)ning  o'zboshimchalik  bilan  Samarqandni  egallab, 
o‟zini  hukmdor  deb  e'lon  qilishi,  tabiiyki,  boshqa  shahzoda-larning  ham  qo'zg'alishiga, 
saltanatning darz keiishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada g'arbiy  hududlarning ancha 
qismi mustaqil bo‟iib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora 
quyunli  sulolalarining  Temur  saltanatiga  bo‟ysunmaslik  va  unga  nisbatan  qarshilik  harakati 
kuchaydi.  Amir  Xudaydod  va  Shayx  Nuriddinlar  esa  Movarou nnahming  turli  hududlarida 
bosh ko'tardilar. laqat qat'iyatli, shijoatli Shohruh Mirzo bu qonli nizolar. urushlarga barham 
berib,  Xuroson  va  Movarounnahrda  hokimiyat  jilovini  qo‟lga  kiritadi.  U  1409 —  yilda 
Movarounnahrdagi  vaziyatni  o‟z  foydasiga  hal  etib.  uni  katta  o'g'li  Ulug‟bekka  topshiradi. 
O'zi esa Xuroson hukmdori bo'lib qoladi (1407 - 1447).
 
Mirzo  Ulug'bekning  asl  ismi  Muhammad  Tarag'ay  bo'lib,  u  1394 —  yilda  Sultoniyada 
tavallud topgan. Bobosi Amit Temur unga katta mehr bilan qarab yoshligidan o'z  tarbiyasiga 
olgan.  Ulkan  tug'ma  iste'dod,  aql-zakovat  sohibi  bo‟lgan  Ulug'bek  (Sohibqiron  xonadonida 
uni shunday nom bilan erkalashgan) davlat boshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va 
dunyoviy biiimlami ham yetuk darajada o‟zlashtirgan. U Movarounnahr taxtini egallaganida 
endi  15  yoshga  to‟lgan  edi.  Mirzo  Ulug‟bek  hukmronligi  (1409 -1449)  temuriylar 
saltanatining  an‟anaviy  rivoji  va  muhim  ijtimoiy  o'zgarishlar  yo'lidan  ilgarilab  borishida 
alohida  davmi  tashkil  etadi.  Negaki.  bunda  donishmand  hukmdomi ng  katta  sa‟y-harakatlari, 
to'g'ri  yo'naltirilgan  siyosati  tufayli  mamlakat  daxlsizligi.  tinchligi  va  osoyishtaligi  nisbatan 
ta'minlandi.  Bu  esa  uning  iqtisodiy,  madaniy  va  ma‟naviy  ravnaqiga  sezilarli  ijobiy  ta'sir 
ko'rsatdi.  O'sha  davr  tarixchiiarining  yakdil  llkricha,  Ulug'bek  bobosi  davridagi  boshqaruv 
tizimini,  barcha  tartib-qoidalarni  to‟la  saqlashga  harakat  qilgan.  Soliq  va  moliya  siyosatida 
ham  bunga  amal  qilgan.  To'g'ri.  Ulug'bek  Amir  Temur  singari  jang -u  jadallarga  qiziqmadi, 
Bu  sohaga  uning  ortiqeha  rag'bati  ham  bo'lmagan.  Faqat  zaruriyat  taqozo  qilgandagina  u 
harbiy yurishiarga otlangan. Masalan, 1414- 
yilda  Farg'ona  hukmdori  shahzoda Ahmad 
itoatdan bosh tortishga
 


uringan paytda u katta  qo'shin  tortgan  va bu  yurishi bilan, nafaqat,  Ahmadni  itoatga keltirib 
qolmay,  ayni  chog'da  sharqiy  Turkiston  yerlarini  ham  o'z  davlati  tarkibiga  qo'shib  olishga 
muvaffaq bo‟lgan, 1425— yilga kelib Ulug'bek Mirzo Issiqko'l taratga yurish qilib, u yerdagi 
isyon  ko'targan  mahalliy  muxolifatchi  kuchlarni  bartaraf  etib.  mamlakatning  sharqiy 
chegatalarini  ancha  mustahkamlashga  erishadi.  Biroq  hukmdoming  1427 —  yilda 
Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig'noq va uning atrofida hududiy da'volar bilan bosh ko‟targan 
Dashti  Qipchoq  aslzodalaridan  sanalgan  Baroqxonga  qarshi  yurishi  uning  uchun 
kutilmaganda  muvaffaqiyatsiz  vakun  topdi.  Bu  mag'lubiyat  Ulug'bekni  hokimiyatdan 
mahrum  bo'lishiga  ham  olib  kelayozgandi.  Otasi  Shohruxning  katta  qo'shin  bilan  yetib 
kelishigina  uni  yana  o'z.  hukmronligini  qayta  tiklashiga  imkon  berdi.  Shundan  so'ng, 
Ulug'bek  Mirzo  urush  harakatlaridan  ko'ra  ko'proq  mamlakat  ishlari,  uning  ichki  siyosati 
masalaiari  bilan  shug‟ulianishga  e'tibor  qaratdi,  Shu  boisdan  ham.  endiiikda  uning 
faoliyatida  mamlakat  obodligi,  yurt  tinchligi.  farovonligi,  ilm-fan  ravnaqiga  oid  masalalar 
asosiy o'rin egailaydi. Mamlakatda savdo-sotiq, hunarmandchilik va ziroatchilik- avvalgidek 
rivojlanishda  davom  etadi.  Ko'plab  sun'iy  sug'orish  inshootlari  barpo  etiladi.  Mamlakat 
Buyuk  Ipak  yo'li  orqali  xalqaro  karvon  savdosida  Га  о  I  ishtirok  etadi.  Samarqand,  Buxoro, 
Shaxrisabz,  Shosh  va  boshqa  shaharlarda  ko'plab  hashamatli  madrasalar,  niasjidu 
maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi. Uning bevosita rahnamoligida qurilgan tengi yo‟q  
me'moriy  inshoot  -  rasadxona  o‟sha  davr  ilm-fani  va  texnikasining  eng  so'nggi  yutuqlarini 
o'zida mujassam etgan edi,
 
Ulug'bekning 1428—  yilda  o'tkazgan pul islohoti  ham  mamlakatda  savdo-  sotiq  va pul 
niuomalasini, tnoliya siyosatini yo'Iga qo'yishda muhim voqea bo'lgan. Ulug'bek muomalaga 
chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o'z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish. 
savdo-sotiqni  rivojlantirishda  alohida  rol  o'ynadi.  Uning  davrida  ham  yuqori  tabaqa 
vakillariga, harbiy sarkar-dalar, oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi 
hukni  surdi.  Bundan  tashqari  davlatning  katta  ma'naviy  tayanchi  hisoblangan  diniy 
muassasalar ixtivorida ham ulkan miqyosdagi vaqf yerlari to'plangan edi.
 
lemuriylar  davrida  aholi  to'laydigan  turli-tuman  soliqlar  orasida  xiroj  (yer  solig'i) 
alohida  ajralib  turardi.  Dehqonlar  yetishtirgan  hosilning  kamida  uchdan  bir  qismi  xiroj 
solig'iga  to'langan.  Bundan  tashqari  ushr  (darornadning  o‟ndan  bir  qismi),  tamg'a  (savdo -
sotiq,  hunatmand  ahlidan  olinadigan  soliq),  'zakot,  tutun  solig'i,  bog'  solig'i,  uloq  (davlat 
xizmatidagilar  uchun),  dorug'ona  (harbiy  qo'-  riqchilar  uchun),  mirobona  (suv  yetkazib 
beruvchilar uchun), yasoq (chorva mollari uchun), begor (davlat hisobiga ishlab berish: saroy 
qurilishi, ariq, kanaliar qazish uchun) va boshqa soliq va majburiyatlar joriy etilgandi.
 
Ulug'bek  o'z  davlat  siyosatida  qanchalik  oqil  va  izchil  siyosat  yuritishga,  ilm -  fan 
ahiiga,  din  peshvolariga  homiylik  qilish,  savdo-tijorat  va  hunarmand  ahliga  rag'bat 
ko'rsatishga  harakat  qilmasin,  unga  qarshi  muxolifatchi  kuchlar  ham  anchagina  bor  edi. 
Ulug'bek  katta  yer  egalarining  oddiy  fuqarolarga  nisbatan  suiistc‟molchiliklarini  cheklash 
tadbirlarini  ko'rganda,  ular  «taxtdagi  olim»ga  qarshi  chiqdilar.  Ruhoniylar  orasidagi 
jaholatparast  unsurlar  Ulug'bekni  islom  diniga  zarar  kekiruvchi  «betavfiq  hukmdor»  deb 
tashviqot yuritdilar. Shu tariqa, jaholatparastlar
 


ilmga,  o'z  manfaatini  xalq  manfaatidan  «stun  qo'yuvchiiar  taraqqiyotga  qarshi  chiqdilar. 
Ulug'bek  mamlakatdagi  lurli  ijtimoiy-siyosiy  guruhlar  o'rtasidagi  ichki  ziddiyatlami, 
mutaassib,  reaksion  kuchlar  muxolifatini  oxirigacha  bartaraf  eta  olmadi.  Bu  esa  XV  asming 
40-  yillari  oxirlariga  kelib  Movarounnahr  davlatini  beqarorlik  va  chuqur  ijtimoiy  iar/alarga 
duchor  etdi.  Mamlakat  qo'shinining  jangovor  holatda  bo‟lmaganligi  va  turli  joy  arga 
sochilganligi  esa  Dashti  Qipchoq  ko'chmanchi-larining  bu  yerlarga  tez-tez  bostirib  kelib, 
yurtni talashi uchun keng
 
yo'I ochib bergandi, Xususan, 144? ......... - yilda Shohruh Mirzo vafoti munosabati biian
 
Ulug'bekning  ota  taxtiga  da'vogarlik  qilib  Xurosonga  yurishi,  jiyani  Alouddavia  va  boshqa 
rnerosxo'rlar  bilan  hokimiyat  talashishi,  uning  yo'qligida  Abulxayrxon  boshliq  Dashti 
Qipchoq-liklarning  Movarounnahr  yerlarini  g'orat  qilishi  va  nihoyat  qora  kuchlar  ig‟vosi 
lufayli  o'z  o'g'li  Abdullatif  bilan  boshiangan  nizoning  katta  jangga  aylanib,  unda 
Ulug'bekning mag'lub bo'lishi  - bular, nafaqat. uning fojiali o'limi bilan yakun topib qolmay. 
ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozini yanada chuqurlashtirishga olib keldi.
 
Ulug‟bek  akademiyasi  tarqalib  ketdf,  kutubxonadagi  kitoblar  yondirildi.  olimlar  boshi 
oqqan tomonga ketishga majbur bo'ldi.
 
Ulug‟bek  o‟limidan  so'ng  tez  orada  oqpadar  Abdullatifning  o'ldirilishi.  undan  keyin 
Samarqand  hokimiyati  tepasiga  kesgan  Abusaid  Mirzo  (I451 -1468fning  davlatni  boshqarish 
o‟rniga  asosiy  vaqtini  Eron  va  Xuroson  hududlarida  harbiy  yurishlar  bilan  o'tkazishi, 
vafotidan  so'ng  Movarounnahrda  hukmronlik  qilgan  avlodlari  -  Sulton  Ahmad  (1468-1493), 
Sulton Mahmud (1493-1494) va Sulton Ali Mirzo (1494-1501) davrida yurtning yanada ichki 
ziddiyatlaru  tanazzulga  yuz  tutishi  pirovard  oqibatda  Temuriylar  hukmroniigining  barham 
topishiga olib keldi.
 
XV  asming  90  —  yillari  boshlarida  Farg'ona  mulkida  Umarshayx  Mirzo  vafotidan  so'ng, 
hokimiyat  jilovini  qo‟lga  olgan  uning  o‟g‟li  navqiron  va  shijoatli  Bobur  Mirzo  (1482 -
1530)ni(hg  Temuriylar  saitanatini  tiklash  va  saqlab  qolish  yo'lida  Muhammad 
Shayboniyxonga  qarshi  olib  borgan  bir  necha  yillik  jang-u  jadal  harakatlari  ham  natijasiz 
tugadi.  Shundan  so‟ng,  buyuk  orzulari  sarobga  aylangan,  vujudini  umidsizlik  qoplagan 
Bobur Mirzo Afg‟on 
v a  
Hind yerlari sari bosh olib ketishga majbur bo'ldi.
 
Xurosonda  XV  asming  ikkinchi  yarmida  Abusaid  Mirzo  o'limidan  so‟ng  (1469) 
hokimiyatga kelgan Husayn Boyqaro (1438-1506) davrida bu o‟lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy  hayotida  ko'plab  muhim  o'zgarishlar-u  siljishlar  yuz  berdi.  Buning  boisi  shundaki, 
Temuriy  shahzodalar  ichida  jasur  va  tadbirkor.  salohiyatli  va  ma'rifatli  hukmdor  bo'lga n 
Husayn  Boyqaro  o'zining  salkam  40  yillik  hukmronligi  davrida  Xurosonda  katta  xayrli 
ishlarni  amalga  oshirish,  saltanat  qudratini  ko‟tarishga  muvaffaq  bo‟ldi.  Bu  ulug‟vor  ishlar 
va  sa‟y-harakatlarda  uning  maktabdosh  do'sti,  buyuk  donishmand,  o'zbek  mumtoz 
adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari (1441  -1501 )ning o‟mi beqiyosdir.
 
Ulug' Navoiyning Boyqaro saroyida birinchi vazir sifatida katta mavqe va nufuzga ega 
bo'lishi, albatta, ko'plab muhim davlat masalalarini oqilona. raiyat foydasiga hal et ishda qo'l 
kelgan.  Ayniqsa,  poytaxt  Hi  rot  va  uning  tevarak -  atroflarida  faol  obodonchilik  ishlari  olib 
borilishini ro‟yobga chiqarishda, ko‟plab 


salobatli  me'morchilik  obidalari,  xulq  xo'jalik  inshootlarini  barpo  etishda  bu  ikki  ulug' 
/otning bahamjihat sa'y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan.
 
Tarixchi  Xondamirning  ma'lumoticha,  Husayn  Boyqaro  davrida  bunyod  etilgan  yirik 
inshootlarning  soni  40  dan  ortadi.  Hirotda  bunyod  etilgan  o'nlab  ko'rkam  masjid -u 
madrasalar  (shu  jumladan  403  gumbazi,  130  ta  ravoqi  va  44  ta  ustuni  bo'lgan  ulkan  jome' 
masjidi),  shifoxona-yu  hammomlar,  ilm  maskanlari,  suv  inshootlari  -  bular  Xuroson 
davlatida kechgan katta bunyodkorlik ishlaridan yaqqol nishonadir.
 
Choshmag‟ul mav/esida A.Navoiy tashabbusi bilan Turuqband suv omborining qurilishi 
Mashhad  va  uning  atroflarini  ob-hayot  bilan  ta‟minlashda  benazir  ahamiyatga  ega  bo'lgan. 
Biroq,  baribir,  Husayn  Boyqaro  davrida  ham  Xurosonda  ichki  ziddiyatlarning  kuchayib 
borishi.  bek-amaidorlaming  tltnalari,  sotqinligining  avj  olishi,  yosh  shahzodalar  o'rtasida 
nizolarning  kelib  chiqishi,  gazak  olib  borishi  davomida  bu  davlat  XV  asr  oxirlariga  kelib 
inqirozga  yuz  tutdi.  Ayniqsa,  Husayn  Boyqaroning  sevimli  nabirasi.  shahzoda  Mo'min 
Mirzoning  fojiali  o‟limidan  keyin  podsho  bilan  uning  o'g'illari  o'rtasidagi  nizolar  to'xtovsiz 
kuchayib  bordiki,  uni  bartaraf  etishning  sira  iloji  topilmadi.  Hatto,  bu  ishga  qo'l  urib,  ota -
bolalar  o'rtasidagi  dushmanlikka  nuqta  qo‟yish,  ulami  murosaga  keltirib,  saltanat  birligi, 
tinchligi va osoyishtaligini qaror toptirishga uringan Alisher Navoiydek buyuk zotning sa‟y -
harakatlari  ham  behuda  ketdi.  Bu  esa  Movarounnahr  hududlarini  egallab,  Xuroson 
sarhadlariga ko'z tikib turgan Muhammad Shavboniyxon beklari va amirlari uchun qo'l keldi.  
XVI  asr  boshlariga  kelib,  ya'ni  Husayn  Boyqaro  vafotidan  so'ng  (1506).  Xuroson  yerlari 
tomon  yurish  boshlagan  Shavboniyxon  qo'shini  Badiuzzamon  va  Muzaffar  Mirzo  qo'shin -
larini birin-ketin yengib, tez orada butun Xuroson o'lkasini o'z qo'l ostiga kiritib  oladi.
 
Xuddi  shu  o'rinda  tarixiy  asosga  qurilgan  bir  ibratli  jonli  lavhani  muhtaram 
talabalarimiz  e'tiboriga  havola  etmoqchimiz:  Bu  1497 -—  yilda  sodir  bo'lgan  edi.  Mo'min 
Mirzo  zanjirband  holda  Xirotning  lxtiyoriddin  qal'asida  mahbuslikda  edi.  U  «Qur'oni 
Karirmming  «Yosin»  surasini  qiroat  qilardi.  Bobosi  Husayn  Boyqaroning  o'z  nabirasi 
Mo‟min  Mirzoni  bo'g'ib  oldirish  to'g'risida  muhri  bosilgan  farmonni  (uni  shohning 
sarmastligidan  foydalanib  Hadichabegim  boshiiq  fitnachilar  qo‟lga  kiritgan  edilar)  ko‟tarib 
xonaga 4 jallod yarim lunda kirib keladi.
 
Mo'min  Mirzo  bobosi  farmonini  o'zi  o'qib  ko'rishini,  muhrini  o'zi  aniqlashini  amirona 
talab qiladi. Jallodlar rozilik berishadi. Shahzoda: «Bobom muhri chekilgan bul farmon men 
uchun  tabnrrukdir»,-  deya  farmonni  awal  ko'ziga  surtadi,  o'padi,  keyin  esa  o‟qiydi. 
Farmonda, jumladan, shunday mudhish satrlar bor edi:
 
«Nishon  yetishi  ila  paysalga  solmay  Muhammad  Mo'min  Mirzoni  kamon  ipiga  tortib, 
yo‟qlik  chillaxonasiga  jo'natiisin».  Mo'min  Mirzo  o'zini  dadil,  mardona  tuti b,  jallodlarga 
bunday  deydi:  «Ishingiz  bitgach,  bobomning  bul  farmonini  o'sha  kamon  ipining  bir  qarichi 
ila  bog'lab  o'zlariga  qaytarib  bering.  Bul  inening  so'nggi  vasiyatimdir.  Ularga  aytingki,  o'z 
avlodi ila murosaga kelolmay, jallod xizmatiga muhtoj podshoh saltanati uzoq cho'zilrnaydi. 
Bobo,  ehtiyot  bo‟ling!  Al-qasosu  minal  haq!».  Shu  so'zlarni  aytish  asnosida,  yerdan  kishan 
zanjirini olib boshi uzra
 


aylantiradi, ikki jailodni varalaydi, biroq kuchlar nisbali teng emasdi. Qolgan  ikki jallod uni 
yiqitib, farmonda aytilgan kamon ipi bilan bo‟g'ib o'ldiradilar. 
Zotan,  1506-  yilda  Husayn  Boyqaroning  xushidan  ketishi,  o'ldi  deb  ko'milishi.  qabrda 
xushiga  kelishi.  chiqishga  urinishi,  ammo  chiqa  olmaganligi  —  bular  asiida  «Al-qasosu 
minal-haq» in‟ikosidir.
 
Shu  tariqa.  qariyb  bir  yarim  asr  davom  etgan,  o‟z  davrida  Vatanimiz  nomini  shon -u 
shuhratga  burkagan.  uni  ijtimoiy  taraqqi-yotning  yuksak  marralariga  olib  chiqqan,  ulug‟ 
ajdodlarimiz  tarixida  o‟chmas iz  qoldirgan  Temuriylar  saltanati  hu kmronligi  taqdir taqozosi 
bilan  halokatga  mahkum  bo‟ldi.  Biroq  bu  murakkab.  ziddiyatli  tarixiy  jaravon  keyinchalik 
yangi-yangi  avlodlar  uchun  juda  ko'plab  hayotiy  masalalaming  mag‟zini  chaqish,  istiqlolni 
tiklash yo'lida bitmas tugalma*. saboq bo'lib xizmat qildi.
 
3.  Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati 
Moddiiy  madaniyat.  Amir  Temur  va  uning  avlodlari  hukm  surgan  tarixiy  davmi 
nazardan  o‟tkazar  ekanmiz,  bunda  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyotning  yuksak 
marralari  sari  ko'tarilgan  Movarounnahr  va  Xurosonning  butun  yorqin  manzarasi  ko'z 
o'ngimizda namoyon bo'ladi.
 
Markaziy  Osiyo  xalqlari  sivilizatsiyasi  va  madaniyati  ravnaqining  yuqori  cho'qqisi 
hisoblangan  Temuriylar  davri  nafaqat  shu  mintaqa  doirasida,  balks  umumjahon  miqyosida 
ham o'ziga xos yuksak bosqich bo'ldi. Uning qudratli aks- sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va 
tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda.
 
Ona  tariximizning  mana  shu  muhim  bosqichida  halq  dahosi,  qudrati  bilan  betimsol 
moddiy  va  ma'naviy  madaniyat  uamunalari.  mislsiz  osori  atiqala ru  monumental  me'moriy 
obidalar  bunyod  etildi.  Ilm-fan  yuksaldi.  Bunday  yuksalish  Amir  Temur  va  uning 
avlodlarining  ilm-fan.  ma'rifat  ravnaqiga  alohida  rag'bat.  katta  sa'y-harakat  bog'laganliklari 
natijasi bo'ldi.
 
Xususan. Amir Temur siymosiga toxtabdigan  bo'lsak. uning o‟zi  yuksak ma‟rifatparvar 
hukmdor  sifatida  xalq  ichidan  chiqqan  qanchadan -qancha  noyob  iste‟dodlar,  ilmu  urfon  va 
din ahllari, me‟moru hi narmandlarni parvarishlab o‟stirish barobarida mam-lakat obodonligi, 
ravnaqi  uchun  ham  doimiy  harakatda,  izlanishda  bo‟ldi.  Uning  davrida  Samarqand  va 
yurtuing  boshqa  hududlarida  qad  rostlagan  serhasham  saroylar,  bog‟-rog'lar.  masjid-u 
madrasalar. rabot-u karvonsaroylar. ko'priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron 
salohiyati va faoliyaiining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir.
 
Xurosonning  obod  o‟lka  sifatida  gulSab-yashnashi  ham  Temuriylar  davriga  to‟g‟ri 
keladi.  Shohruh  Mirzo  va  uning  vorislari  tomonidan  barpo  etilgan  150  dan  ziyod  mashhur 
obidalar,  jumladan.  «Bog'i  Zog‟on»,  «Bog'i  jahon»  qal'a  maskanlari,  «Gavharshodbegim» 
madrasasi,  Boysunqur  «Nigoristoni»  (Badiiy  akademiyasi),  yoxud  Husayn  Boyqaro  davrida 
(1469-1506) uning do'sti. she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va 
uning  atrofida  qurilgan 300 dan  ziyod  noyob  bino  va inshootlar:  masjid.  mad  rasa, maqbara, 
xonaqoh,  hammomu  shifoxonalar,  saroylar,  istirohat  bog'lari.  rabotu  karvonsaroylar,  suv 
havzalari,
 



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish