qarashli kompaniyasi mavjud. "Gefa-lizing Gimbx" 1968 yilda tashkil etilgan. O‘zining hozirgi kungacha
bo‘lgan faoliyati mobaynida, u o‘z mijozlariga 3 mlrd. nemis markasi miqdoridagi uskunalarni ijaraga
berdi.
Avstriyadagi lizing operatsiyalari. Avstriyada lizingning rivojlana boshlaganiga 25 yil bo‘ldi.
Avstriyada ijaraning o‘rtacha muddati lizingga berilayotgan predmetning ishlatilishi muddatiga qarab 2
yildan 15 yilgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi. Shartnoma muddati tugagandan so‘ng, ijarachi predmetning
qolgan ishlash muddatiga yangi lizing shartnomasini tuzish mumkin yoki lizing
predmetini sotib olish
to‘g‘risidagi muzokarani boshlashi lozim. Avstriyada lizing muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lizingga hatto bolalar bog‘chalari va maktablar beriladi. Avstriyada 1984 yilda qabul qilingan yangi soliq
qonuniga muvofiq, lizing berishda soliq imtiyozlari qo‘llaniladi. Ammo buning uchun lizing
shartnomasining muddati uskunaning umumiy ishlatilish muddatining 40-90% idan oshmasligi lozim.
Avstriyada "Rayfanzen lizing"ni yetakchi lizing firmalaridan biri sifatida misol keltirish mumkin.
Italiyada lizing operatsiyalari. Italiyada birinchi lizing kompaniyasi 1963 yilda paydo bo‘ldi. Hozirgi
vaqtda Italiya lizing assotsiatsiyasi 50 ta kompaniyani o‘z ichiga oladi. Lizing bo‘yicha soliq
imtiyozlari
jamoat tashkilotlari va iqtisodiyotdagi ayrim tarmoqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Yirik lizing
kompaniyalaridan "Lokafit"ni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. "Lokafit" yer tekislovchi mashinalarni,
qishloq xo‘jaligi mashinalarini, bosh idora (ofis)lar uchun uskunalarni, komp'yuterlar, qo‘zg‘almas mulk,
transport vositalari (samolyotlar, kemalar, avtomobillar va hokazolar)ni lizingga beradi. "Lokafit"ning
Germaniya,
Fransiya, AQSh,
Ispaniya, Xitoyda qo‘shma korxonalari mavjud.
Shuninglek, u Yugoslaviya va Vengriya bilan lizing operatsiyalarini amalga oshiradi.
Yaponiyada lizing operatsiyalari. Yaponiya lizing operatsiyalari rivojlangan mamlakat hisoblanadi.
Yaponiyada eng yirik lizing kompaniyalaridan biri "Century Leasing System" bo‘lib u 1969 yilda tashkil
topgan. Uning to‘plangan ustav kapitali 584 500 000 ienni tashkil etadi. Bu kompaniya Gonkongda,
Singapurda, Buyuk Britaniyada o‘z filiallariga ega. Bitta tijorat banki bitta savdo va ikkita sug‘urta
kompaniyasi "Century Leasing System'^^ aksionerlari hisoblanadi.
Shvetsiyada lizing operatsiyalari. Shvetsiyada lizing operatsiyalarining rivoji 60-yillarning boshlariga
to‘g‘ri keladi. O‘sha paytlarda lizingdan kichik va o‘rta kompaniyalar foydalanar edi.
Gap shundaki, bu
paytda maxsus bank qonunchiligi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, har bir bank o‘zining ko‘pchilik ssudalari
uchun ta'minlaganlik bo‘lishini talab etar edi. Lizing bu holatni yengillashtirdi, chunki bunda kredit
beruvchi asbob- uskunalarning egasi hisoblanadi. Dastlabki paytlarda qayta sotib olish to‘g‘risida
shartnomalar tuzilardi, bu shartnomalarga ko‘ra asbob- uskunalar yetkazib
beruvchi korxona yoki mijoz
lizing bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmagan taqdirda, uskunalarni qayta sotib olish majburiyatini olardi.
Hozirgi kunda bunday qayta sotib olish shartnomalari Shvetsiya lizing amaliyotida juda kam qo‘llaniladi.
Ijaraning asosiy muddati 3-5 yilni tashkil etadi. Kamdan-kam hollarda bu muddat 9 yilgacha cho‘zilishi
mumkin.
Ispaniyadagi lizingning huquqiy asoslari. Ispaniyada hozirgi vaqtda 117 tadan oshiq lizing
kompaniyasi mavjud. Shulardan 20 tasi mustaqil, qolganlari banklar qoshidagi kompaniyalardir. Ijara
muddati asosan 3-5 yilni tashkil etadi. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish quyidagi qonuniy hujjatlarda
o‘z aksini topgan:
1.
1977 yilda qabul qilingan lizingning mazmuni haqidagi dekret.
2.
1980 yilda qabul qilingan qo‘zg‘almas mulklar bo‘yicha lizing operatsiyalari haqidagi dekret.
3.
Bank muassasalarining ishtiroki xususida 1988 yilgi qonun.
Har qanday tadbirkorlik faoliyati singari lizing
shartnomalari
ham ishonchli huquqiy asosga ega bo‘lishi kerak. Yaqin vaqtlargacha ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda
mavjud qonunchilikka ko‘ra mashina va uskunalar ijarasi umumiy normalar asosida boshqarilar, tomonlar
munosabatini bildiruvchi texnologik aniqliklar mavjud emas edi. Keyingi vaqtlarda
bir qator xorijiy
mamlakatlardagi fuqorolik huquqlarida lizing va uning turlariga huquqiy aniqlik berilgan, ulardan bir
qanchasi bo‘yicha esa tegishli qonuniy hujjatlar qabul qilingan.
Lizing munosabatlarining huquqiy ta'minlanganlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar asosan 3 guruhga
bo‘linadi:
Lizing shartnomalarini boshqaruvchi maxsus qonunlar mavjud mamlakatlar guruhi (Kontinental
G‘arbiy yevropa mamlakatlari: Fransiya, Belgiya, Italiya).
Maxsus qonuniy hujjatlar amal qilayotgan mamlakatlar ("Umumiy huquq" mamlakatlari: Angliya,
Avstraliya, Yangi Zelandiya).
Amalda maxsus qonunchiligi mavjud bo‘lmagan mamlakatlar: (AQSh, Germaniya). Birinchi guruh
mamlakatlaridagi mavjud qonunchilik uchun xarakterli xususiyat, lizing munosabatlari nafaqat asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: