2
-bosqich
Bu bosqichda yuqorida bayon etilgan barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi,
ya'ni ular amaldagi qonun va me'yoriy hujjatlar asosida tartibga keltiriladi.
Bunda asosan zarurat tug‘ilganda lizing to‘lovlarini kafolatlash, biror mulkni
garovga qo‘yish bo‘yicha
shartnoma imzolash, shuningdek lizing shartnomasi
va lizing bo‘yicha Bosh shartnomani imzolash, lizing ob'ektlarini keltirish
bilan bog‘liq; shartnomani imzolash, lizing operatsiyalarini
amalga oshirish
uchun ishlab chiqilgan loyihalarni o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘lar
hisobiga moliyalash, keltirilgan texnika va texnologiya hamda uskunalarni
ishlab chiqarishga joriy qilish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish,
shuningdek lizing ob'ektlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni
sug‘urtalash kabi qator muomalalar amalga oshiriladi.
3 -bosqich
Bu bosqich lizing to‘lovlarini to‘lash, monitoring, ya'ni lizing
ob'ektlarining ishlatilishi hamda lizing to‘lovlarini vaqtida to‘lashni nazorat
qilish, lizing ob'ektini lizing beruvchiga qaytarish yoxud uni lizing oluvchiga
berish hamda lizing kompaniyasi tomonidan sarflangan qarzlarni qaytarish va
hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Har qanday lizing jarayonida lizing kompaniyasi uchun muhim jihatlardan biri-bu mijozlar bilan olib
boriladigan iqtisodiy ish jarayoni hisoblanadi. Lizing kompaniyasi lizing
operatsiyalarining barcha
bosqichlarini, ya'ni biror uskunani olish uchun buyurtma yig‘ishdan boshlab, to‘lovlarning o‘z vaqtida
to‘lanishi, lizing ob'ektlarining to‘g‘ri ishlatilishi, qolaversa, lizing shartnomasi muddati tugashiga qadar
bo‘lgan davrning ta'minlanishi hamda ularni nazorat qilishi, shuningdek yuqoridagi bosqichlarni o‘z ichiga
olgan bu ishlarga jiddiy munosabatda bo‘lishi lozim.
AQShdagi lizing operatsiyalari. Hozirgi vaqtda lizing yordamida amalga oshiriladigan jahon savdo
oborotining teng yarmi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. AQShda lizingni yuksak sur'atlarda rivojlanishining
muhim sabablaridan biri investitsiyalarga nisbatan beriladigan soliq imtiyozi edi.
Bunga yangi
investitsiyalar yig‘indisining 10 foizgacha soliq yig‘indisidan chiqarib tashlanar edi. Masalan, asbob-
uskunalar sotib olish xarajatlari 100 ming dollar deylik, soliq imtiyozi 10%, soliq yig‘indisidan 10 ming
dollar chiqarib tashlanadi. Lizing shartnomasida soliq imtiyozi Moliya vazirligining ichki daromadlari
boshqarmasi tomonidan ijara uchun o‘rnatgan qoidalarga mos kelgan holdagina qo‘llaniladi. Shunday
qoidalardan biriga ko‘ra bu lizingning davomiyligi 30 yildan kam bo‘ladi.
Buyuk Britaniyada lizing operatsiyalari. Buyuk Britaniyada
lizing nisbatan kech, ya'ni 1970 yildan
keyingina keng ko‘lamda rivojlandi. 1981 yildan 1986 yilgacha hukumat korporatsiyalaridan olinadigan
soliq 52%dan 35%ga pasaygan. Shu vaqtgacha qo‘llab kelingan 100% li soliq imtiyozi (bu imtiyoz birinchi
yilga nisbatan qo‘llanilardi) 25% li imtiyoz bilan almashtirildi. Korporatsiyalardan olinadigan soliq stavkasi
pasaytirilishi bilan lizingga nisbatan qo‘llaniladigan soliq imtiyozining ham ahamiyati pasaydi.
Bu esa
lizing va uskunalar sotib olish qiymatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi kunda ham soliq imtiyozlarining
ma'lum qismi saqlanib qolgan. Masalan, birinchi yil mobaynida ijara to‘lovlari soliqqa tortilmaydi.
Fransiyada lizing operatsiyalari. Fransiyada 1967 yilda "Lokafrans" nomli birinchi lizing kompaniyasi
yuzaga keldi. Hozirgi kunda keng turdagi tovarlar, samolyot va
vertolyotlar, hisoblash texnikalari, tibbiy
asbob-uskunalar, sanoat dastgohlari va hokazolar lizing yordamida ishlatilmoqda.
Fransiyada lizing operatsiyalarining qo‘yidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
1.
Lizing ob'ektining qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 1%i dan 7% gachani tashkil
etadi.
2.
Ijara to‘lovlari oyda 1 marta, 3 oyda, 6 oyda va yilda to‘lanadi.
3.
Qo‘zg‘almas mulk lizinggi keng rivojlangan.
Bunday lizing, odatda 15-20 yil davom etadi. Bu sohadagi eng yirik tashkilot SIKOMI bo‘lib, u
aksiyador kompaniyadir. Hozirgi kunda 10 mln. frankdan ortiq nizom fondiga ega.
Germaniyada lizing operatsiyalari. Hozirgi kunda Germaniyada ko‘plab lizing kompaniyalari
uchraydi. Ulardan 57 tasi nemis lizing assotsiatsiyasi tarkibiga kiradi. Lizing sohasidagi eng yirik
tashkilotlardan ikkitasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular "Mitfinans Gimbx" va "Gefa-lizing
Gimbx". "Mitfinans Gimbx" 1962 yilda tashkil etilgan. Germaniyada birinchi bo‘lib tashkil etilgan
bu lizing
kompaniyasining ustav kapilali 1 mln.nemis markasini tashkil etardi. Hozirgi vaqtda uning oltita o‘ziga
Do'stlaringiz bilan baham: