miqdoriy o’lchash
lozim (sentnerlarda,
donalarda, odam-soatlarda, foizlarda va h.);
3. Miqdoran o’lchangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni baholash (pul o’lchamidagi
qiymat bahosini berish) lozim.
Tabiiyki, barcha aniqlangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarga qiymat bahosini berib
bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda, mazkur masalani bartaraf etishga yordam beradigan eng
arzon yechimni
(foyda, yo’qotish va tavakkalchiliklarning berilgan darajasidagi xarajatlar minimumi)
izlashni taklif etish mumkin.
Umumiy ko’rinishda loyihaning moliyaviy tahlili quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin:
- loyiha xarajatlari umumiy hajmini joriy (past inflyatsiya) va doimiy (yuqori inflyatsiya) narxlarda
baholash;
- pul mablag`larining kelajakdagi oqimlarini baholash, loyiha hayotiy sikli tugagandan keyingi
aktivlarning qoldiq qiymatini hisobga olgan holda;
- loyiha pul oqimlarining kutilgan qiymatlaridan mumkin bo’lgan o’zgarishlarini va ushbu
o’zgarishlarning loyiha samaradorligi ko’rsatkichlariga ta'sirini hisobga olish asosida tavakkalchilik
darajasini baholash;
- loyiha tavakkalchiligi darajasini hisobga olgan holda kapitalning alternativ qiymatini aniqlash;
- loyiha aktivlarining real qiymatini baholash (pul tushumlarini diskontlash va ularni joriy qiymatga olib
kelish yo’li bilan);
- kutilayotgan pul tushumlarining (foydaning) joriy qiymatini, loyihani amalga oshirish uchun
sarflangan xarajatlarning diskontlangan qiymati bilan taqqoslash (agarda foydalarning umumiy joriy
qiymati, xarajatlarning umumiy joriy qiymatidan yuqori bo’lsa, loyiha samarali sanaladi).
Moliyaviy tahlil loyihadagi ishtirokdan olinadigan foydani baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, o’z va qarz mablag`larini loyihaga sarflash, ulardan foydalanishning boshqa
alternativ variantlaridan foydaliroq ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.
Moliyaviy tahlilda barcha moddiy oqimlar (mahsulot, xizmatlar, resurslar) pul ifodasida taqdim etiladi.
Bu loyihani tashqi muhit bilan bog`lovchi kirish va chiqish oqimlarini taqqoslash, yig`indisini hisoblash va
tuzilmaviy tahlilini amalga oshirish uchun zarur. Bunda inflyatsiyani hisobga olish muammosi paydo
bo’ladi. Barcha narxlar nominal (ya'ni inflyatsiya o’sishini o’z ichiga olgan) yoki inflyatsiyasiz bo’lishi
lozim. Loyihani baholashda, odatda, investitsiyalash jarayonida narxlarning keskin o’zgarishi va yuqori
inflyatsiya ro’y bermaydi deb qabul qilinadi. Ammo, bunday qabul qilish xaqiqatga yaqin bo’lmaydi, va
shuning uchun ham narxlarning mumkin bo’lgan o’zgarishi uchun zaxira oldindan hisobga olinadi. Bunday
zaxiralar loyiha xarajatlari qismiga kiritiladi.
Investitsiyaviy loyihaning moliyaviy tahlili, odatda, ikkita asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:
- «moliyalashtirishdan oldingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq manbalarini jalb etish bilan
bog`liq masalalarni ko’rib chiqilmaydi;
- «moliyalashtirishdan keyingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda.
Do'stlaringiz bilan baham: |