Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya Hisobi, tahlil va audit kafedrasi


III BOB. FERMER XO‘JALIKLARIDA BUDJETLASHTIRISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI



Download 1,63 Mb.
bet5/19
Sana26.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#583690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-BOB

III BOB. FERMER XO‘JALIKLARIDA BUDJETLASHTIRISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
2.1. Fermer xo‘jaliklarida budjetlashtirish tizimini shakllantirishning tashkiliy asoslari va uni takomillashtirish
Iqtisodiyotning agrar sektorini modernizatsiyalash sharoitida fermerlik harakatini yanada takomillashtirish qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil qilish va boshqarishning yangi, hamda samarali usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda.
Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi ko‘pincha faqat bevosita hisob ishlarini bajarish, ya’ni xo‘jalik operatsiyalari bajarilgandan keyin ularni qayd etib borish bilan cheklanadi. Hisobning boshqa funksiyalari: biznes-rejalashtirish, nazorat, axborot-tahlil masalalariga kelsak, ularning nazariy-uslubiy asoslanishi hamda amaliyotda foydalanilish darajasi fermer xo‘jaliklarini boshqarishning iqtisodiy usullari tizimini joriy qilish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratishga oid zamonaviy talablarga to‘liq javob bermaydi. Ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida, xususan fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllantirish va ijro qilishda, buxgalterlar esa prognozlashtirish, rejalashtirish, qarorlar qabul qilish, boshqaruv xizmatlarini axborotlar bilan ta’minlash ustidan nazorat yuritishda faol ishtirok etmayapti. Ya’ni buxgalterning boshqaruv sohasida va boshqaruv qarorlari qabul qilish borasidagi qo‘shimcha vazifalari budjetlashtirish muammolari paydo bo‘lmoqda.
Lekin, bugungi kunda buxgalteriya hisobiga oid mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda “budjetlashtirish” atamasi umuman tilga olinmaydi. Buning asosiy sababi budjetlashtirish g‘arb mamlakatlarida boshqaruv hisobi doirasida amalga oshiriladi. Boshqaruv hisobi esa qonun hujjatlari bilan tartibga solinmaydi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonunida, Buxgalteriya hisobi milliy standartlari va buxgalteriya hisobiga oid boshqa me’yoriy hujjatlarda ham boshqaruv hisobi haqida hech narsa deyilmagan. Shuningdek, budjetlashtirish texnologiyalarini qo‘llash masalasi ham buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarda hozircha e’tibordan chetda qolmoqda. Lekin ko‘plab iqtisodchi olimlar tomonidan boshqaruv hisobi tizimini o‘rganish va ushbu tizimda budjetlashtirishning ahamiyati dolzarb masala sifatida ko‘tarilayotganligini e’tirof etish lozim. Jumladan, A.A.Abdug‘aniev3, A.X.Pardaev, B.X.Pardaev4, B.A.Xasanov, A.A.Xashimov5, R.D.Dusmuratov, D.U.Mamadiyarov6lar o‘z tadqiqotlarida boshqaruv hisobini yaxlit tizim sifatida shakllantirish, ushbu tizimda budjetlashtirishning ahamiyatiga alohida to‘xtalganlar. Demak, korxonalarning moliyaviy siyosatini ishlab chiqishga oid ilmiy taklif va uslubiy tavsiyalarni yaratish zaruriyati yetilib kelmoqda. Bu taklif va tavsiyalarda esa korxonadagi pul oqimlarini tahlil qilish va rejalashtirishning bozor sharoiti talablariga mos keladigan tizimini yaratish uchun korxona budjetini nazorat qilish va bajarishning ierarxiya tizimiga asoslangan hozirgi zamon moliyaviy boshqaruv tizimini ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatilishi lozim. Bizningcha, budjetlarning bunday tizimi mablag‘lar tushumi va sarflanishi ustidan qat’iy joriy va tezkor nazorat o‘rnatish, samarali moliyaviy strategiya ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratishga imkon beradi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999 yil 54-sonli Qarori bilan “Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotishga doir xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Unda qayd etilishicha, “Mazkur Nizom asosida alohida sohalarning xarajatlar tarkibi va hisobi O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari, xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va h.) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilab beriladi”7. Lekin, hozirgacha qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish, (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlarini rejalashtirish, hisobga olish va tannarx hisoblash bo‘yicha hech bo‘lmaganda, bir tizimga keltirilgan uslubiy tavsiyalar ham yo‘q. Shuning uchun bugungi kunda fermer xo‘jaliklari faoliyatini boshqarishga oid ma’lumotlarni olish, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, shuningdek, ularga tayanib asoslangan budjetlar tuzish uslubiyoti shakllanmagan, deyishimizga to‘liq asos bor.
Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalarini optimallashtirish va Respublika Prezidenti I.A.Karimovning shaxsan tashabbusi bilan Fermerlar kengashlari tashkil etilgunga qadar amaliyotchilar katta qiziqish bildirishmagani bois, budjetlashtirishni joriy qilish hamda fermer xo‘jaliklarida budjetlashtirish tizimidan foydalanish mavzusi iqtisodiy adabiyotlarda ko‘p ham rivojlantirilmagan edi. Lekin iqtisodchi olimlar orasida ba’zan bir tomondan budjet boshqaruvi tushunchasi, ikkinchi tomondan, pul oqimlarini rejalashtirish va nazorat qilish tushunchalari qo‘llanib kelinmoqda. Aslida esa pul oqimlarini rejalashtirish va nazorat qilish budjetlashtirish tizimining muhim bir qismi, xolos. Shu tufayli “budjet” va “budjetlashtirish” tushunchalariga aniqlik kiritishimiz zarur.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa budjet atamasining etimologik va lug‘aviy mazmuni yoritilgan: “Budjet [ingl. budjet –hamyon, mablag‘] 1.iqt. muayyan vaqt(yil, yil, chorak) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan va qonuniy tarzda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig‘indisi”8. Lekin, ushbu izohda budjetning iqtisodiy mohiyati, tarkibi, funksiyalari va shakllantirish bosqichi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati yetarli darajada ochib berilmagan.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ham budjet tushunchasi yuqoridagi ta’rif bilan deyarli bir xil mazmunda ifodalangan: “Budjet [ingl. budjet –hamyon, mablag‘]- belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meyorlashtirilgan hamda qonuniy tarzda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig‘indisi. Budjet davlat darajasida, shuningdek viloyat, tuman, xo‘jalik sub’ektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin”9. Farqli jihati budjetning qanday darajalarda tuzilishida namoyon bo‘ladi.
Aynan shunday mazmundagi ta’rif buxgalterning izohli lug‘atida ham keltirilgan. “Budjet - ma’lum bir muddat ichida davlat qaramog‘iga tushadigan daromadlar va ulardan foydalanish rejasi. Yana shunday tushunchani ham anglatadi: davlat, korxona, muassasa yoki ayrim shaxsning ma’lum muddat ichida kutilayotgan daromad va xarajatlarni hisoblash”10.
Omma orasida budjet deganda ko‘pincha davlat boshqaruviga oid kategoriya - O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida muhokama qilinadigan va tasdiqlanadigan davlat budjeti tushuniladi. Shu o‘rinda respublikamizning iqtisodchi olimlari A.X.Pardaev va B.X.Pardaevlar fikrlarini keltirishimiz o‘rinlidir: “Odatda, budjet haqida gap ketganda juda ko‘pchilik korxona rahbarlari o‘zlarini g‘ayritabiiy sezishadi. Sababi, budjet atamasi odatda davlat moliyasiga, davlat budjeti tushunchalari bilan bog‘liq, deb qarashadi hamda uni xarajatlar smetasi ko‘rinishida tasavvur qilishadi. Korxona miqiyosida esa bu tushunchaning asl mohiyatiga tegishli darajada e’tibor qaratishmaydi”11.
B.A.Xasanov va A.A.Xashimovlar ushbu atamalarning mazmunini ta’riflashga quyidagicha yondashganlar: “Budjet atamasi keng ma’noda, davlat miqiyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishni anglatadi.
Tor ma’noda esa, budjetlashtirish atamasi hali bizning iqtisodiy adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga qo‘yilgan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha faqatgina biznes-rejalashtirish bilan cheklangan edi”12.
Budjet boshqaruvning yangicha uslubi va vositasi sifatida R.R.Hasanov, N.H.Haydarov, T.S.Malikov va boshqalardan iborat mualliflar jamoasi tomonidan quyidagicha ta’riflangan: “Zamonaviy korxona rahbarlari kelajakda faoliyati samarali bo‘lishini, tobora keskinlashib boradigan raqobatga chidamining ortib borishini astoydil istashsa - boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish maqsadida budjetni tushunish butunlay boshqa ma’noni ham anglatishini e’tirof eta bilishlari lozim”13.
Xorijda budjet avvalo maishiy tushuncha hisoblanadi: oila budjeti yoki kompaniyaning moliyaviy rejasi, ya’ni kompaniya rahbari tomonidan tasdiqlangan moliyaviy holat prognozi bo‘lib, unda xarajatlar va xarajatlarning asosiy limitlari, moliyaviy natijalar normativlari, turli maqsadli moliyaviy ko‘rsatkichlar belgilab qo‘yiladi.
Mamlakatimiz mualliflari tomonidan e’lon qilgan nashrlarda ko‘pincha ushbu tushunchalarni ta’riflashda g‘arb iqtisodchilarining ilmiy ishlaridagi talqiniga tayanilgan. Bu tushunchaga uning barcha jihatlarini qamrab oladigan ta’rif berish maqsadida mazkur atamalarning turli mahalliy va xorijiy manbalardagi ta’riflarini chuqurroq tahlil qilamiz.
Darhaqiqat, budjetlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar ko‘pincha qiymat, ba’zan esa natural ko‘rsatkichlarda aks ettiriladi. Lekin miqdoriy ifodalangan har qanday rejani ham budjet deb atash qiyin. Bundan tashqari, ta’rifning ikkinchi qismi “budjet”ning o‘zini emas, ko‘proq “budjetlashtirish” atamasini aks ettiradi. Masalan, budjet tuzish va tasdiqlashning o‘zi uning bajarilishi ustidan nazorat o‘z-o‘zidan amalga oshirilishini bildirmaydi. Budjet nazorat vositasiga aylanadi, uning yordamida faqat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan nazorat va asoslash tizimi bo‘lgandagina harakatlarning samaradorligi aniqlanadi, busiz tuzib qo‘yilgan budjet borligi esdan chiqib ketishi ham mumkin. “Budjet – boshqaruv usuli” talqiniga nisbatan ham xuddi shunday deyish mumkin. Bir tomondan, budjet faoliyat boshqaruvining o‘ziga xos usuli hisoblanadi, uning vositasida yirik ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatining turli yo‘nalishlari muvofiqlashtiriladi. Bundan tashqari, budjet resurslarni maqsadga muvofiq taqsimlashga va dastlabki nazoratni amalga oshirishga imkon beradi (joriy maqsad hamda vazifalarni aniqlash, belgilangan tadbirlarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini oldindan baholash yo‘li bilan). Bu esa faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradi. Lekin boshqa tomondan, budjet ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin uni bajarish boshqa xil boshqarish usullarini qo‘llashni taqozo qiladi. Budjet ko‘rsatkichlaridan jiddiy chetlanishlarni baholash va tahlil qilish mazkur budjetga tuzatishlar kiritish yoki budjetning o‘zini o‘zgartirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. V.M.Popov hammualliflari bilan birga “Budjet- bu moliyaviy (pulda - O‘.U.) ifodalangan reja. Buxgalteriya qabul qilingan qarorlar to‘g‘riligini baholash uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lsada, rejalashtirish ham budjetlashtirish ham raqamlarni taqqoslash emas, muhimi – bu qarorlarni qabul qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish”14 deb ta’riflaydi. Shu nuqtai nazardan, faoliyatni boshqarish “budjet” emas, balki ko‘proq “budjetlashtirish” ta’rifiga kiradi. Bundan tashqari, ko‘rib chiqilayotgan ta’riflardan budjetlar rejalashtirishning qanday turiga - strategik yoki joriy rejalashtirish turiga kirishi ham aniq emas. Chunki ba’zi strategik maqsadlar ham miqdoriy o‘lchovlarda ifoda etilishi mumkin. Masalan, rus olimi N.P.Ivashenko tahriri ostida chop etilgan “Firma iqtisodiyoti” darsligida “Budjetlashtirish - resurslarni taqsimlash va budjetlarni taqqoslashning strategiyalari, dasturlari va rejalarini amalga oshirishni ta’minlaydigan tizimni shakllantirish”15sifatida tavsiflanib, strategik rejalashtirish bilan bog‘lagan.
V.K.Sklyarenko, V.M. Prudnikovlar “budjet” tushunchasini “smeta” atamasi bilan birga ishlatib, uni “Firma budjeti - rejalashtirilayotgan yilda korxonaning barcha xo‘jalik bo‘linmalari va funksional xizmatlarining daromadlar va xarajatlar yig‘ma rejasi(smetasi)” sifatida ta’riflaydilar. Darhaqiqat, budjet mo‘ljallab qo‘yilgan tadbirlarni bajarishning o‘ziga xos ish vositasi bo‘lib, bunda ijrochilar, bajarilish vaqti hamda vositalari aniq belgilangan bo‘ladi. Shunday qilib, mazkur ta’rifda mualliflar budjetni (smetani) korxonaning joriy faoliyatini rejalashtirishga kiritgan. Lekin ta’rif biroz tor va noaniqroq ekanini tan olish zarur deb hisoblaymiz. Chunki har qanday “rejalashtirilayotgan yildagi yig‘ma reja(smeta), ya’ni joriy reja ham budjet hisoblanavermaydi. Bundan tashqari, budjet xo‘jalik faoliyatining batafsil dasturi emas, ko‘pincha, bunday bo‘la olmaydi ham. Budjetda faqat ma’lum bir maqsad hamda vazifalar belgilanib, moliyalashtirish manbalari aniqlanadi va uni ijro etuvchilardan vazifalarni mana shu manbalar doirasida hal qilish talab etiladi. Xususan, fermerlar o‘z faoliyatlarini shunday tashkil etishlari kerak bo‘ladiki, bunda belgilangan maqsad hamda vazifalarni imkon qadar budjet chegarasidan chiqib ketmasdan bajarishlari mumkin bo‘lsin.
“Budjet” tushunchasi o‘rniga ko‘proq “smeta” atamasi qo‘llanilishiga sabab shundaki, “budjet” bizning tushunchamizdagi “smeta”ga (xarajatlar smetasi, kapital qo‘yilmalar smetasi) yaqin. Bizning fikrimizcha, “budjet” atamasidan foydalangan afzalroq, chunki “smeta” atamasi xarajatlarni va kapital qo‘yilmalarni rejalashtirish sohasi bilan cheklanib qoladi va “budjet” atamasining ma’nolarini to‘la aks ettirmaydi. Masalan, B.A. Xasanov va A.A. Xashimovlarning yozishlaricha: “Budjetlarni tayyorlashda quyidagi smetalar tuziladi: moddiy xarajatlar smetasi; asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi xarajatlari smetasi; ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlari smetasi; ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi”16. “Bosh budjetni tuzishning yakuniy bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan smetani tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettiradi; a) mahsulot sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar; b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari; v) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlari; g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar; d) sotilgan mahsulotlar tannarxi; ye) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar”17.
Shunday qilib, xarajatlarga nisbatan “budjet” tushunchasini ham, amaliyotda an’ana bo‘lib kelayotgan “smeta” tushunchasini ham qo‘llash mumkin. Lekin umumlashtirilgan (konsolidatsiyalangan) budjetga nisbatan, xususan bizning tadqiqotimiz ob’ekti - fermer xo‘jaliklarida ham “budjet” atamasidan foydalangan ma’qulroq.
A.X.Pardaev va B.X. Pardaevlar “Budjet -bu rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirishdan oldin tuziladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi”18 deb ta’riflab, “budjet” va “reja” atamalari aynan bir xil emasligiga e’tibor qaratadi. Holbuki, korxona rejasining asosini doimo jamlanma budjet tashkil qiladi.
Rasmiylashtirish (miqdoriy ifoda), markazlashtirish va “mufassallik” xususiyati (tizimlilik) korxona budjetining belgilovchi tavsiflari hisoblanadi.
N.Ye.Zayas, T.I. Vasilevskayalar «Budjet - korxonaning joriy(operatsion), investitsion va moliyaviy faoliyati bo‘yicha mablag‘lar tushumi va sarflanishini aks ettiruvchi moliyaviy rejasi”19 deb ta’riflaganlar. Ushbu ta’rifda “budjet” atamasiga asosan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining turlari bo‘yicha qiymat ifodasida ko‘rsatilgan qisqa muddatli rejalarning jamlanmasi sifatida yondashilgan.
B.A. Xasanov va A.A. Xashimovlarning tadqiqotlarida korxona budjetiga yuqorida ko‘rib chiqilgan ta’riflarga qaraganda ancha kengroq ta’rif berilgan: “Budjet - korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘lib, u kapital, tovar-moddiy va moliyaviy resurslar, joriy va investitsiya faoliyati uchun moliyalashtirish mablag‘larini jalb etish, daromad va xarajatlar, pul mablag‘lari harakati, investitsiyalar (kapital va moliyaviy qo‘yilmalar)ni o‘z ichiga qamrab oladi”20. Bu yerda budjet tushunchasining ancha muhim jihati ochib berilgan. Unga muvofiq budjet butun korxona uchun faoliyat rejasigina hisoblanmasdan, xarajat, daromad yoki foyda markazlari bo‘yicha budjetlar ijrosi uchun shaxsiy javobgarlikni mustahkamlash maqsadida har bir faoliyat turi uchun ham alohida tuzilishi zarur. Bundan tashqari, ushbu ta’rifda budjet daromadlar, xarajatlar va pul oqimlari sifatida tavsiflangan.
D.K.Shim va F.G.Sigelning tadqiqotlarida ham xuddi shu jihat ochib berilgan: “Budjet rahbariyatning bo‘lg‘usi davrga mo‘ljallangan sotuvlar, xarajatlar, hajmlar va boshqa moliyaviy harakatlarga nisbatan rejalarining rasmiy bayoni hisoblanadi”. A.Xosking ham “budjet” tushunchasiga (tarjima variantida – “smeta”) shunga o‘xshash ta’rif beradi: “...ma’lum bir davrda tayyorlangan va qabul qilingan, ushbu davr mobaynida aniq bir maqsadga erishish uchun o‘tkaziladigan siyosat haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan moliyaviy yoki miqdoriy qaydnoma, daromadlar va xarajatlar to‘plamidir. Smeta daromadlar, xarajatlar va kapital qo‘yilmasini o‘z ichiga olishi mumkin”.
O‘rganilayotgan atamaga berilgan ta’riflarni umumlashtirish va mushohada qilish asosida mazkur tadqiqotda quyidagi atama taklif qilinadi. Fermer xo‘jaligining budjeti - kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar, pul oqimlari, aktivlar va kapitalni taqqoslashga imkon beradigan moliyaviy hujjat bo‘lib, unda xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlari qamrab olinadi.
Shuningdek, budjetlashtirish tizimidagi har bir budjet o‘zidan quyidagi budjetlarning yig‘indisidan iborat bo‘lishi lozim. Umuman, budjetlar buxgalteriya hisobotlari, aksariyat boshqaruv hisobotlari bilan shaklan o‘xshash bo‘lishlari zarur. Lekin, budjetlar ko‘rsatkichlarning batafsilligi boshqaruv(ishlab chiqarish) hisobotlaridan farq qiladi. Masalan, daromadlar va xarajatlar budjeti, pul oqimlari budjeti, prognoz balansi kabi umumlashtiruvchi budjetlar. Bunday umumlashtiruvchi budjetlar alohida javobgarlik markazlarining budjetlarini birlashtirish asosida tuziladi. Bunda - mahsulot turlari, foydalanadigan materiallar va hokazolar kesimidagi daromadlar va xarajatlar, tushumlar va to‘lovlarning aniq moddalari alohida javobgarlik markazlarining dastlabki elementlari hisoblanadi.
B.A. Xasanov, A.A. Xashimovlar budjetlashtirishni boshqaruv usullariga kiritishga e’tibor qaratadi: “Budjetlashtirish samarali boshqaruv usullaridan hisoblanib, quyidagi xususiyatlarga ega: korxonaning faoliyati bilan bo‘linmalar faoliyatini kompleks rejalashtiriladi; budjetlashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini yaratadi; tuzilgan biznes-rejani tasdiqlaydi; o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi salbiy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashadi”21. Bu nuqtai nazar ancha asosli, chunki budjetlashtirishni tatbiq etish boshqaruv tizimini ko‘p jihatdan qayta qurishni talab qiladi. Xususan, markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashiladi, rejalashtirish jarayoniga boshqaruvning quyi darajasidagi menejerlar, shu jumladan, oddiy xodimlar keng jalb qilinadi, qiziqtirish va moddiy rag‘batlashtirish tizimi o‘zgaradi, qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining moliyaviy tomoniga e’tibor kuchaytiriladi. Shunday qilib, budjetlashtirishni fermer xo‘jaliklari moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishni tashkil qilishga nisbatan o‘ziga xos, budjetni javobgarlik markazlari bo‘yicha ishlab chiqish, budjetlarni bajarish ustidan nazorat yuritishni tashkil qilish, mo‘ljallangan natijalarga erishish maqsadida budjet ko‘rsatkichlaridan chetlanishlarni tahlil etish va faoliyatni shu asosda boshqarishga asoslangan yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. Amaliyotda ayrim korxona va tashkilotlar u yoki bu ko‘rinishda budjetlashtirish bilan shug‘ullanishadi. Lekin, ko‘pchilik fermer xo‘jaliklari rasmiy ravishda, ya’ni yozma shaklda maqsad hamda strategiyalarini shakllantirmaydi, ularning aksariyati budjetlarni alohida hujjatlar sifatida rasmiylashtirmaydi. Odatda budjetlar joriy rejalashtirish doirasida bir yilga mo‘ljallanib, choraklarga (ayrimlari oylarga yoki boshqacha davrlar) bo‘lingan holda ishlab chiqiladi. Lekin ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari innovatsion texnologiyalarni joriy qilinayotganda budjetlardan o‘rta muddatli (uch yil va undan ortiq yillarmuddatga)rejalashtirishda ham foydalanadilar.
Budjetlar strategik boshqaruv doirasida amal qilayotgan joriy boshqaruvning muhim elementi hisoblanadi. Budjetlashtirishning negizida boshqaruvning asosiy vazifalariga, ya’ni rejalashtirish, tashkil etish, hisob yuritish, nazorat va tahlilga uyg‘unlashgan yondashuv yotadi. Budjetlashtirish tizimi, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining hamma tomonlarini - ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy tomonlarni qamrab oladigan va ularni muvofiqlashtirib turadigan majmuaviy tizim hisoblanadi. Boshqaruvning barcha pog‘onalarida qarorlar qabul qilinayotganda asosiy e’tibor moliyaviy masalaga qaratilishi zarur. Bu esa xarajatlarni maqbullashtirish, foydani ko‘paytirish, jalb etilayotgan moliyaviy resurslarni qilinayotgan xarajatlar bilan muvozanatlashtirish va pul oqimlarini muvofiqlashtirish kabi maqsadlarga erishish, umuman, moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatini beradi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar bugungi paytga kelib budjetlashtirish jarayoni haqida o‘zlarining mufassal fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Jumladan, Pardaev A.X., Pardaev B.X. yozishlaricha “Rejalashtirish deyilganda - kelgusida aniq bir ishlarni bajarish uchun sodir etiladigan harakatlarni oldindan belgilab-aniqlab olish tushuniladi. Rejalashtirish jarayonida ikkita muhim tadbir mavjud. Bular: 1. Dasturlar ishlab chiqish; 2. Tegishli budjetlarni shakllantirish”22.
B.A.Xasanov o‘z tadqiqotlarida, “budjetlashtirish jarayoni bosh budjetni tuzishdan boshlanadi. Bosh budjet korxonalar rahbarlari uchun muhim bo‘lib, rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash va ishlab chiqarish dasturi bajarilishini, daromadlar va xarajatlarning shakllanish jarayoni, hisob-kitoblar holatini kuzatib borishga imkon beradi”23, deb yozadi. Shuningdek, “Budjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi.
Shuningdek, budjetlashtirish boshqaruv hisobining usuli bo‘lish bilan birga tarkibiy bo‘linmalar yoki korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida ishlab chiqilgan funksional sohalar bo‘yicha alohida budjetlar tayyorlash jarayonidir. Ya’ni, mohiyatan, u ichki moliyaviy boshqaruv tizimidir. Aytish mumkinki, budjetlashtirishning tahliliy jarayoni barcha boshqaruv vazifalariga bog‘liq bo‘lib, korxona imkoniyatlarini bozor sharoitlariga muvofiq holatga keltirishga yo‘naltirilgan asos hisoblanadi.
Budjetlashtirish budjetlar tizimiga asoslanadi. Budjetlar esa turlicha ko‘rinish va shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Budjetlashtirish tuzilmasi budjetlarning tarkibi, korxonaning katta-kichikligi, budjetlarni ishlab chiqayotgan shaxslarning malakasi va tajribasiga bog‘liq. Budjetlar moliyaviy hisobotga o‘xshab qat’iy belgilangan, standart shakllarga ega bo‘lmasdan, axborotlarni aniq va foydalanuvchi uchun tushunarli shaklda taqdim etishi lozim. U bir vaqtning o‘zida daromadlar va xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin emas. Budjetlar istalgan o‘lchov birliklarida, qiymat birligida ham, natural birliklarda (soatlarda, mahsulot birligida va h.) ham tayyorlanishi mumkin.
Muayyan budjetni tayyorlash uning nomlanishi va qanday davrga mo‘ljallanayotganligini aniqlashdan boshlanadi. Budjetni taqdim qilish shaklini ishlab chiquvchi tanlaydi. Budjetdagi axborotlar aniq, ta’riflangan va foydalanuvchi uchun imkon qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lishi zarur.
Budjetlar butun korxona uchun ham, uning bo‘linmalari uchun ham ishlab chiqiladi, bu esa ularning faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Umuman olganda, korxona uchun budjetlashtirish tizimi o‘ziga xos boshqaruv texnologiyasi bo‘lib standart ma’lumotlarni yig‘ishga asoslangan.
Umumiy budjet alohida budjetlarni birlashtiradi va moliyaviy rejalashtirish sohasida boshqaruv qarorlari qabul qilish va qarorlarni nazorat qilish uchun zarur axborotlar oqimini tavsiflaydi. Fikrimiz dalili sifatida fermer xo‘jaligining namunaviy umumiy budjetini va uning tasnifiy belgilari bo‘yicha tavsiflarini keltiramiz(2.1-jadval).


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish