Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya Hisobi, tahlil va audit kafedrasi



Download 1,63 Mb.
bet4/19
Sana26.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#583690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-BOB

Tadqiqot usullari. Tadqiqot davomida iqtisodiy voqelik va jarayonlarni ilmiy bilishning nazariy va empirik usullari - umumlashtirish, guruhlash, mantiqiy va qiyosiy tahlil usullari, abstrakt mantiqiy fikrlash hamda boshqa usullardan keng foydalanildi.
Kutilayotgan natijalar:

  • fermer xo‘jaliklari faoliyat xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqaruv hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar tayyorlanadi;

  • boshqaruv hisobini yuritish uchun buxgalter-analitik mutaxassisligining funktsional vazifalari shakllantiriladi;

  • fermer xo‘jaliklari faoliyatiga mos boshqaruv hisoboti shakllari ishlab chiqiladi;

  • fermer xo‘jaliklari uchun budjetlashtirish tizimi shakllantiriladi.

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hisobotining tuzilishi va hajmi. Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hisoboti kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1. ADABIYOTLAR SHARHI
Fermer xo‘jaliklarida boshqaruv hisobi, hisoboti va budjetlashtirish tizimini shakllantirish mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda bir nechta darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa manbalardan foydalanildi. Ushbu adabiyotlarning ayrimlariga sharh berib o‘tmoqchimiz. Xususan:
Hasanov B.A. Boshqaruv hisobi: nazariya va uslubiyot. T.: «Moliya» nashriyoti, 2003. 248 b.
Mazkur monografiyada boshqaruv hisobini tashkil etish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Monografiyada boshqaruv hisobi kontseptsiyasi, xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, funktsional qiymat tahlili, segmentar hisob va hisobot, transfert bahoni shakllantirishning nazariy va metodologik masalalariga kompleks yondoshilgan.
Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. Buxgalteriya hisobi. –T.: “Sharq”, 2004. -592 b.
Ushbu darslikda ishlab chiqarish xarajatlari mavzusi keng va atroflicha bayon qilingan. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari moddalari, tasnifi va tarkibi, xarajatlarni analitik va sintetik hisobi, tannarxni aniqlash masalalari batafsil yoritilgan.
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. –T.: “Sharq”, 2005. -480 b.
Mazkur darslikda, xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning metodik asoslari, xo‘jaliklarni boshqarishda boshqaruv tahlili ma’lumotlariga ko‘proq tayangan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq bo‘lishligi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatib berishning uslubiyati amaliy ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqilgan va ularning mazmuni ko‘rsatib berilgan.
Darslikda ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx tahlili masalalari batafsil va tushunarli bayon qilingan.
Ibragimov A., Ochilov I., Qo‘ziev I., Rizaev N., Moliyaviy va boshqaruv hisobi. /O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2008. -444 b.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sub’ektlardagi hisob siyosati va uning ahamiyati, buxgalteriya hisobining usullari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari, buxgalteriya hisobining milliy standartlari, yangi schyotlar rejasi, asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari hisobi, investitsiyalar hisobi, boshqaruv hisobining kontsepsiyasi: mahsulot tannarxini aniqlash, xarajatlar hisobi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi mavzular yoritilgan.
Pardaev A.X., Pardaev B.X. Boshqaruv hisobi. –T.: “G‘afur G‘ulom” 2008. -252 b.
Ushbu kitobda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash, uni boshqarish hamda unga bahoni belgilash tamoyillari atroflicha yoritilib, xarajatlar tarkibi va tavsifi aniq misollar bilan ko‘rsatilgan.
Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2014. - 392 b.
Mazkur kitobda xarajatlarni hisobga olishning iqtisodiy mazmuni, maqsadi va vazifalari, xarajatlarning turkumlanishi “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda yondoshilgan. Xususan, 6-bobida chorvachilik tarmog‘ining tavsifi, hisobning vazifalari va uslubiy asoslari, chorvachilik xarajatlarining ob’ektlari va moddalari, chorvachilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning dastlabki, analitik va sintetik hisobi, chorvachilik mahsulotlarini tannarxini hisoblash masalalari atroflicha bayon etilgan.
Koʼplab iqtisodchi olimlar «byudjet» va «byudjetlashtirish» tushunchalarini, ularning printsiplari, vazifalari, turlarini oʼrganib chiqqanlar. Jumladan, А.А.Аbdugʼaniev, А.X.Pardaev, B.X.Pardaev B.А.Xasanov, А.А.Xashimov, R.D.Dusmuratov, D.U.Mamadiyarovlar oʼz tadqiqotlarida boshqaruv hisobini yaxlit tizim sifatida shakllantirish, ushbu tizimda byudjetlashtirishning ahamiyatiga alohida toʼxtalganlar.
Soha mutaxassislari B.А.Xasanov, А.А.Xashimovlar “Byudjetlashtirish samarali boshqaruv usullaridan hisoblanib, quyidagi xususiyatlarga ega: korxonaning faoliyati bilan boʼlinmalar faoliyatini kompleks rejalashtiriladi; byudjetlashtirish loyihasini ishlab chiqish imkonini yaratadi; tuzilgan biznes-rejani tasdiqlaydi; oʼzgarib turuvchi ichki va tashqi salbiy omillarni bartaraf etishga koʼmaklashadi” deb fikr bildirishgan.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish