109
Pistacha bir urug‘li, bir uyali meva bo‘lib, ikkita mevabargchadan hosil
bo‘ladi, urug‘i meva qati bilan qo‘shilib o‘smaydi (kungaboqar pistasi),. donlarn-
ing meva qati urug‘ga qo‘shilib o‘sadi (bug‘doy, arpa va sholi doni).
Yong‘oq mevaning qati (po‘chog‘i)qattiq, yog‘ochsimon bo‘lib,
uning
mag‘izi po‘stloq ichida erkin turadi. Hakalak ham yong‘oqqa o‘xshaydi, lekin un-
ing meva qati uchta qattiq meva bargchadan hosil bo‘ladi, (eman hakalagi). Qanotli
mevalar pistacha bo‘lib, ularning meva qatlami bitta yoki bir nechta ingichka
qanotsimon o‘simta chiqaradi (qayrag‘ochning qanotli mevasi). Ba'zan pistacha
qo‘shilib o‘sib, qo‘sh qanotli meva hosil qiladi(zarang mevasi). Ko‘p urug‘li quruq
mevalarga: ko‘sak, qo‘zoq, qo‘zoqcha dukkak va yayma kiradi.
Ko‘sak bir-biri bilan qo‘shilib o‘sgan bir nechta meva bargchadan hosil
bo‘ladi. Ko‘sak ko‘pincha pallalari ajralib (g‘o‘za ko‘sagi)
yoki teshikchasi
(ko‘knori) bilan ochiladi. Ba'zan mevaning uchidagi qopqoqchasi ajraladi. Masa-
lan, ming devona.
Qo‘zoq ikki uyali cho‘ziq meva bo‘lib, ikkita quruq qattiq meva bargchan-
ing qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi. Urug‘lari mevaning o‘rtasidan o‘tgan soxta
pardaning chetlariga birikib turadi. Ular ikki pallaga ajralib ochiladi. Qo‘zoqcha
qo‘zoqqa o‘xshash bo‘lsada, lekin, bir muncha qisqa va eni bo‘yidan keng bo‘ladi.
Dukkak bir uyali meva bo‘lib, bitta meva bargchadan hosil bo‘ladi, odatda
uchki chokidan ajralib ochiladi. Urug‘ pallalari yopishib turadi. (no‘xot, loviyaning
mevalari).
Yayma ham bitta meva bargchadan hosil bo‘ladi. Bu meva bir uyali bo‘lib,
qorin chokidan ajralib ochiladi (ayiqtovondoshlarda).
Bir urug‘li ho‘l mevalarga bir yoki bir nechta meva bargchadan hosil
bo‘lgan, seret mevaqati juda o‘sib ketgan bir urug‘li danakli mevalar kiradi. Meva
qatining ichki qismi yog‘ochlanib
danak hosil qiladi, danak ichida urug‘i (mag‘zi )
bo‘ladi. Olcha, o‘rik, shaftoli ana shunday mevadir.
Meva ikki qismdan, meva qati (perikarp) va urug‘dan iborat bo‘ladi. Meva
qati tugunchaning devoridan hosil bo‘ladi va quyidagi uch qavatdan tashkil topadi.
Ekzokarp (tashqi qavat).
Mezokarp (o‘rta etli va suvli qavat)
Endokarp (ichki) qavat.
Ko‘p urug‘li ho‘l mevalar umumiy nom bilan rezavor mevalar deb ataladi.
Rezovor mevalar bitta yoki bir nechta bargchadan hosil bo‘ladi, tashqi tomondan
yupqa po‘st bilan qoplanadi, ichki tomonda esa ko‘p urug‘li seret meva qati
bo‘ladi. Uzum, pomidor, limon rezavor mevaga misol bo‘ladi. Qovoqlar meva
qatining tashqi qismi qattiq bo‘lgan
uch uyali rezavor mevalardir, (masalan,
qovoq,tarvuz, bodirng).
Meva qatining tashqi qismi seret va ichi qattiq pardadan hosil bo‘lgan ol-
ma, nok, behi ham shu mevalar tipiga kiradi.
ISh TARTIBI. Mevalarni bir-biridan ajratib ularning qaysi tipga kirishini
aniqlab ho‘l va quruq, soxta, chin, rezavor mevalarga ajratib rasmlarini daftarga
chizib nomlarini belgilang. Ho‘l va quruq mevalarni, dukkak va qo‘zoq mevalarni
ikkiga ajratib, urug‘larini joylashishiga e'tibor bering. Tut to‘p
mevasining mu-
rakkab mevadan farqini aniqlab gul o‘rniga ahamiyat berib, rasmlarini chizing. Re-