Amaliyot ish joyida
bajariladigan ishlar
1-hafta
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi» tarixi bilan tanishib
chiqish.
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi»ning tashkiliy tuzilishi va
vazifalari bilan tanishib chiqish.
2-hafta
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi»ning umumiy faoliyati
bilan tanishish
3-hafta
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi» ish yuritish va hujjatlar
(qog‘oz va elektron shaklda) aylanishi bilan tanishish
4-5
hafta
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi» barcha bo‘limlari ish
jarayoni bilan tanishib chiqish.
Amaliyot ob‘yekti faoliyatiga tegishli ma‘lumotlar asosida
malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash.
6
1.
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi» tarixi va tashkiliy tuzilishi
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-fevraldagi PF-337-son
―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti
(Davlat mulki komiteti)ni tashkil etish to‗g‗risida‖gi Farmoniga asosan
O‗zbekiston Respublikasi ―Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‗g‗risida‖ qonunini
2
ijro eta borib hamda respublika hududida bozor
munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rag‗batlantirish,
unumli mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona siyosat o‗tkazish maqsadida,
O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti
tashkil etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi davlat
mulkini
boshqarish
va
xususiylashtirish
qo‗mitasini
tuzish
to‗g‗risida‖gi farmoniga
3
muvofiq bozor munosabatlarini shakllantirish shakli
sifatida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 10-fevraldagi 57-son ―O‗zbekiston
Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‗mitasi (Davlat
mulk qo‗mitasi) faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qaror qilindi. Shuningdek,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil
3-avgustdagi 362-son ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va
xususiylashtirish qo‗mitasi to‗g‗risida nizomni tasdiqlash haqida‖gi qarori qabul
qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi PF-758-son
―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‗llab-
quvvatlash qo‗mitasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi farmoniga asosan O‗zbekiston
2
https://lex.uz/docs/127010
3
https://lex.uz/docs/238568
7
Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkoplikni qo‗llab-quvvatlash
qo‗mitasi sifatida tashkil etilgan.
Shu bilan birga, mazkur Farmon ijrosini tashkil etish maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-fevraldagi 72-son ―O‗zbekiston
Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash davlat
qo‗mitasi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi.
Mulkni izchillik bilan davlat tasarrufidan chiqarish na xususiylashtirishni
ta‘minlash, shu asosda ijtimoiy sohaga yo‗naltirilgan ko‗p tarmoqli bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, davlatga daxldor bo‗lmagan sohaning ro`lini
kuchaytirish va raqobat muhitni vujudga keltirish maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1994-yil 15-martdagi PF-789-son ―O‗zbekiston
Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini
yanada rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari to‗g‗risida‖gi Farmoni qabul
qilindi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini amalga
oshirishda javobgarlikni kuchaytirish va ishlarni tashkil etish darajasini oshirish,
kichik va o‗rta tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga muvofiq,
―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‗llab-
quvvatlash davlat qo‗mitasi tuzilmasini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi qarori
qabul qilindi.
2003-2004 yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni so‗zsiz bajarish, xususiy
tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirishni faol qo‗llab-quvvatlashni ta‘minlash
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-
iyuldagi 325-son ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasining kadrlar
potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi.
8
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2005-yil
30-apreldagi
―O‗zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qo‗llab-quvvatlash davlat qo‗mitasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi PF-3602-sonli
farmoni
4
qabul qilinishi munosabati bilan hamda davlat boshqaruvi organlari
o‗rtasida vazifalar, funksiya va vakolatlar aniq belgilab qo‗yilishini ta‘minlash
maqsadida, qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-
maydagi PF-3603-son ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasining
nomini o‗zgartirish to‗g‗risida‖gi Farmoni bilan O‗zbekiston Respublikasi Davlat
mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash davlat qo‗mitasining nomi
O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‗mitasi deb
o‗zgartirildi.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada faollashtirish, davlat mulkini
boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek Davlat mulki qo‗mitasining
markaziy apparati va hududiy bo‗linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish
maqsadida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–
335-son ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‗mitasi faoliyatini
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori bilan Davlat mulki
qo‗mitasi qayta tashkil etildi.
Bozor iqtisodiyotining asosi bo‗lmish davlat mulkini xususiylashtirish
jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xususiy mulkchilik ko‗lamini
kengaytirish, monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni amalga oshirish hamda
real raqobatchilik muhitini shakllantirish, fond bozori, xususan, ikkilamchi fond
bozorini jadal rivojlantirish, korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish
maqsadida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-
4483-son ―O‗zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi
Farmoni qabul qilinib, mazkur farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish va
4
https://lex.uz/docs/579436
9
Davlat mulkini boshqarish davlat qo‗mitalari birlashtirilib, O‗zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‗mitasi sifatida tashkil etildi.
Xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o‗zgartirishni
ta‘minlash, tadbirkorlik sub‘ektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo‗llab-
quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish
maqsadida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-
5016-son
―O‗zbekiston
Respublikasi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko‗maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasini tashkil etish
to‗g‗risida‖gi Farmoni qabul qilinib, ushub Farmon bilan O‗zbekiston
Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‗mitasi sifatida qayt tashkil etildi.
Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat
aktivlarini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, monopoliyaga
qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini
tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017-2021 yillarda O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha harakatlar
strategiyasi
5
va O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy islohotlar konsepsiyasida
belgilangan vazifalarga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil 14-yanvardagi PF-5630-son ―Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga
qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Farmoni
va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini
boshqarish
agentligi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil 14 yanvardagi
PQ-4112-son
qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligini tashkil etish va unga tugatilayotgan
5
https://lex.uz/docs/3107036#3109146
10
Davlat raqobat qo‗mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazining shtat
birliklari, shuningdek davlatning, shu jumladan xorijdagi aktivlarini boshqarish,
xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (xususan, davlat ulushlarini sotish),
davlat mulklarini ijaraga berish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ
boshqaruvni joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni
moliyaviy sog‗lomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solishni ta‘minlash, mulkni baholash standartlarini tasdiqlash va
rieltorlarni sertifikatlash bo‗yicha vazifa, funksiya va vakolatlarini o‗tkazildi
6
.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy tuzilmasi O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qaroriga asosan
O‗zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tarkibiy
tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
1-rasm
O‗zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy
apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan:
6
https://davaktiv.uz/oz/menu/tarihi
11
2-rasm
12
O‗zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining boshqaruv
xodimlari cheklangan soni 432 nafar, shu jumladan Agentlik markaziy apparati —
109 nafar etib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |