Toshkent davat iqtisodiyot universiteti


Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#715061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KB-75 Bunyodbek. Amaliyot hisoboti.

 Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni 
amalga oshiradi: 
Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‗yicha yagona davlat siyosatini 
yuritish sohasida:


16 
-tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida davlat 
ishtirokidagi korxonalarning hisobini yuritadi; 
-davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy 
usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek, xo‗jalik 
jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a‘zolari 
faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; 
-davlat aktivlarini boshqarish masalalari bo‗yicha qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda davlat organlari bilan o‗zaro hamkorlik qiladi; 
-ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarining samarali biznes-
rejalari ishlab chiqilishiga ko‗maklashadi va ularning parametrlari bajarilishi 
monitoringini olib boradi; 
-ishonchli boshqaruvchilar xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan 
tartibda haq to‗lashni tashkil etadi; 
-O‗zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga 
o‗tkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda O‗zbekiston Respublikasi mulki etib 
topshirilgan xorijda joylashgan mulk egaligi huquqini O‗zbekiston Respublikasi 
nomidan amalga oshiradi; 
O‗ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat 
aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‗yicha aksiyador (ta‘sischi va ishtirokchi) 
huquqlarini amalga oshirish sohasida: 
-o‗ziga ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‗yicha aksiyador 
(ta‘sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish uchun berilgan xo‗jalik 
jamiyatlarining kuzatuv kengashi a‘zoligiga, shuningdek, ijro organga (rahbar va 
rahbar o‗rinbosarlariga) kiritilayotgan nomzodlarni kelishish uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
taqdim etadi;
-xo‗jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibi masalalari 


17 
yuzasidan ovoz berish siyosati bo‗yicha ishonchli boshqaruvchilarga, ularning 
kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a‘zolariga va ishonchnoma 
berilgan Agentlik vakillariga tegishli ko‗rsatmalar beradi; 
-ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarining aksiyadorlari 
(ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun o‗zining vakillariga 
ishonchnomalar beradi; 
-xo‗jalik jamiyatlari, shu jumladan chet eldagi, boshqaruv organlarida o‗ziga egalik 
qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) bo‗yicha 
aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifoda etadi; 
-zarurat bo‗lganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat 
qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash orqali aksiyador 
(qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlaydi; 
Ilg‗or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy 
korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv 
kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish sohasida: 
-aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining 
rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik 
jamiyatlarining moliya-xo‗jalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi 
organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yo‗naltirilgan 
korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‗radi; 
-xo‗jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan 
a‘zolariga malakaviy talablarni belgilaydi; 
-ustav kapitalida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi 
tarkibiga mustaqil a‘zolarni kiritadi
-respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega davlat ulushi mavjud 
bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashining 


18 
korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish bo‗yicha hisobotlarini vaqti-
vaqti bilan eshitishni tashkil etadi; 
-korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va xo‗jalik jamiyatlarida davlat 
ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan tadbirlar bo‗yicha 
takliflar tayyorlaydi, ushbu yo‗nalishda xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar 
bilan samarali ishlashni tashkil etadi; 
Davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari 
tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha 
oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‗maklashish sohasida: 
-xo‗jalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta‘minlash uchun ularni korporativ 
boshqaruvning eng ilg‗or tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi; 
-soliqlar va O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa to‗lovlar, davlat 
maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar bo‗yicha muddati o‗tkazib yuborilgan 
qarzdorlik hosil bo‗lganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-
rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, xo‗jalik jamiyatining ijro 
etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga 
muvofiqligi to‗g‗risidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar 
umumiy yig‗ilishiga kiritadi; 
-korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilg‗or 
tajribasini joriy etish yo‗li bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav 
fondida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarining menejmenti, xo‗jalik 
jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a‘zolari, 
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va ko‗nikma darajasini 
oshirish bilan bog‗liq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil 
etadi; 
Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini 
ta‘minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va 


19 
kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini 
chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va 
tasdiqlashni muvofiqlashtirish sohasida: 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini 
takomillashtirish bo‗yicha xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab 
chiqadi; 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarining o‗rta va uzoq muddatli 
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik 
ko‗rsatkichlarini bajarilishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar oshkor etilishini ta‘minlaydi; 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy 
samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini 
oshirish choralarini ko‗radi; 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari aktivlarini xatlovdan o‗tkazishni 
tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‗rishda ishtirok etadi; 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari va ularning tarkibidagi 
korxonalar to‗g‗risidagi hisobotlar va axborot, shu jumladan O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat 
xizmatlari agentligi va Davlat soliq qo‗mitasi bilan idoralararo elektron hujjat 
aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil va monitoring qiladi; 
-davlat ishtirokidagi xo‗jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari 
tomonidan ularning veb-saytlariga qo‗yiladigan talablarga rioya etilishini nazorat 
qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma‘lumot kiritib boradi; 
Davlat manfaatlarini ta‘minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya 
paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini 
amalga oshirish sohasida: 


20 
-davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) tanlov asosida ishonchli boshqaruvga 
beradi; 
-davlat aksiya paketlarining (ulushlarining) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlariga 
ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq to‗lashni tashkil etadi; 
-ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) mavjud bo‗lgan 
xo‗jalik jamiyatlari kun tartibiga kiritilgan qonun hujjatlarida belgilangan 
masalalar bo‗yicha ko‗rsatmalar beradi; 
-davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan 
hisobotlarni oladi va tahlil qiladi; 
Davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va 
realizatsiya qilishni tashkil etish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida 
ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) hisobiga, shu jumladan to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish sohasida: 
-davlat ulushi mavjud bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va xorijiy 
fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabbusi bilan chiqadi; 
-mahalliy va xorijiy investorlarni xususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb 
etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi; 
-davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yo‗li bilan 
xususiylashtirish jarayoniga ko‗maklashadi; 
-ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va kengaytirish 
jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun xo‗jalik jamiyatlarining 
obligatsiyalarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi; 
Davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish),ijaraga berishning 
ochiq va shaffof mexanizmini ta‘minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan 
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, 
shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‗yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok 
etish sohasida: 


21 
-davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu 
jumladan ularning jozibadorligini oshirishni ko‗zda tutuvchi samarali 
mexanizmlarni joriy etish bo‗yicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar 
bilan samarali ishlashni tashkil etish; 
-xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va 
xususiylashtirishning, 
shu 
jumladan 
iqtisodiyotning 
yetakchi 
tarmoqlari 
korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga ―nol‖ xarid qiymati 
bo‗yicha realizatsiya qilingan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy 
shartlarini belgilaydi; 
-xususiylashtirish obyektlarining oldi-sotdi shartnomasi bo‗yicha Agentlik 
tomonidan tuziladigan bitimlarning o‗z vaqtida va to‗liq bajarilishi, shu jumladan 
investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib 
boradi; 
-manfaatdor davlat organlari va xo‗jalik birlashmalarini jalb etgan holda, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining 
qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish bo‗yicha davlat dasturlari 
loyihalarini ishlab chiqadi va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta‘minlaydi; 
-erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma‘muriy kengashlari 
qarorlari 
bo‗yicha 
sotiladigan 
davlat 
mulki 
obyektlaridan 
tashqari, 
xususiylashtirish obyektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning 
boshlang‗ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini 
belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qog‗ozlarni mustaqil ravishda 
yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari 
orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda 
sotadi; 
-ustav kapitaliga berilgan obyektlardan va (yoki) erkin iqtisodiy zonalar va kichik 
sanoat 
zonalar 
joylashgan 
obyektlardan 
tashqari, 
yangi 
mulkdorga 


22 
xususiylashtirilgan obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, 
shuningdek, xaridorning xizmat ko‗rsatuvchi investitsiya vositachisiga uning 
tomonidan sotib olingan aksiyalarni o‗tkazishga (razblokirovka qilishga) depo 
topshirig‗ini taqdim etadi; 
-xususiylashtirish bilan bog‗liq jarayonlarni tahlil qiladi hamda xususiy mulkdorlar 
tomonidan xususiylashtirish obyektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini 
ta‘minlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu 
jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish 
yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi; 
-davlat korxonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korxonalari va 
muassasalarini 
xususiylashtirish 
jarayonida 
tashkil 
etiladigan 
xo‗jalik 
jamiyatlarining O‗zbekiston Respublikasi nomidan muassisi bo‗ladi; 
-davlat korxonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik 
jamiyatlarini, shu jumladan chet eldagi va davlat nomidan O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish ko‗radigan 
xo‗jalik jamiyatlarini hisobga oladi (xatlovdan o‗tkazish va hisobga olish qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan 
yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno); 
-davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‗rsatayotgan xo‗jalik 
jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi; 
-davlat mulki bo‗lgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi bo‗ladi, ushbu vakolatlarni 
amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar 
bundan mustasno;
-davlat mulki bo‗lgan mol-mulkni ijaraga berishning ochiqligi va shaffofligini 
ta‘minlaydigan ijaraga berishning yangi usullarini joriy etish va takomillashtirish 
bo‗yicha takliflar ishlab chiqadi; 


23 
-davlat korxonalariga davlat mulkini berish bo‗yicha davlat korxonalari tashkil 
etilishining kelishilishini amalga oshiradi; 
Tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va 
zarar ko‗rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‗lomlashtirish 
hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirishda ishtirok etish sohasida: 
-belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid 
ma‘lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, 
past rentabelli, zarar ko‗rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi 
korxonalarning moliya-xo‗jalik faoliyatini tahlil qiladi; 
-tahlil natijalari yuzasidan moliyaviy sog‗lomlashtirish bo‗yicha ―yo‗l xaritalari‖ 
— dasturlarini ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar ro‗yxatini O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; 
-―Yo‗l xaritalari‖ loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va bajarilishi bo‗yicha 
ma‘lumotlarni yig‗ish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini 
monitoring qiladi; 
-―Yo‗l xaritalari‖ning bajarilishida korxonalarga ko‗maklashadi; 
-―Yo‗l xaritalari‖ni bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga 
yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga ko‗maklashish yuzasidan 
iltimosnoma yuboradi, shuningdek iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi 
majburiy bo‗lgan talabnoma yuboradi; 
-to‗lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‗lmagan iqtisodiy nochor davlat 
ishtirokidagi xo‗jalik jamiyatlariga nisbatan o‗rnatilgan tartibda jamiyatlar ustav 
fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki bankrotlik taomillarini 
qo‗llash bo‗yicha taklif ishlab chiqadi; 
Bankrotlik to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha davlat siyosatini amalga oshirish 
sohasida: 


24 
-ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan va (yoki) O‗zbekiston Respublikasi oldida pul 
majburiyatlari bo‗yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‗g‗risida ish 
qo‗zg‗atish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi; 
-sud boshqaruvchilari attestatsiyasini o‗tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining 
yagona reyestrini yuritadi; 
-ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, 
ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi; 
-ustav fondida davlat ulushi bo‗lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam 
ko‗rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish holati, shuningdek, bunday 
korxonalarning bankrotligi taomillari jarayonini nazorat qiladi; 
-sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni 
amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam 
ravishda yoki bir marta qo‗pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni 
vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi; 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat 
ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish sohasida: 
-manfaatdor davlat organlari, ishonchli boshqaruvchilar bilan birgalikda ustav 
fondida davlat ulushi bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini 
amalga oshirishda qatnashadi; 
-O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlarini tayyorlash 
jarayonida Agentlikka egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat ulushlari 
yuzasidan yil yakuni bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga 
to‗lanadigan dividendlar prognoz ko‗rsatkichlarini hisobot yilining 1-dekabrigacha 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; 
Agentlikka egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat ulushlari 
bo‗yicha dividendlarni (ajratmalarni) xo‗jalik jamiyatlari va davlat korxonalari 
tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‗z vaqtida va to‗liq hajmda 


25 
to‗lanishini ta‘minlashda Davlat soliq qo‗mitasiga ko‗maklashadi. Agentlik va 
uning hududiy boshqarmalari muassis hisoblangan davlat korxonalari, jumladan, 
davlat mulkini ijaraga berish markazlari sof foydasining bir qismi yoki hammasini 
oladi. 
Baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta‘minlash, 
mol-mulkni 
baholash 
standartlarini 
tasdiqlash, 
shuningdek, 
rieltorlarni 
sertifikatlashtirish sohasida: 
-baholash faoliyatini litsenziyalaydi; 
-baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka 
sertifikatlari beradi; 
-litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat 
qiladi; 
-baholash litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari 
reyestrini yuritadi; 
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‗in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish bo‗yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok 
etish sohasida: 
-maxsus vakolatli davlat organi bilan birga rieltorlik tashkilotlari uchun ichki 
nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek 
ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; 
-rieltorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‗in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil 
qiladi va o‗rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir 
choralar ko‗radi; 


26 
-belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‗in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi; 
-jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish bo‗yicha Yevrosiyo guruhi to‗g‗risidagi Bitimdan kelib chiquvchi 
majburiyatlarning bajarilishini ta‘minlaydi; 
-jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‗in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish to‗g‗risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan 
taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‗llaydi; 
-jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‗in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish masalalari bo‗yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‗zaro 
hamkorlikni amalga oshiradi. 
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga 
oshiradi.
9

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish