O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA
TELEKOMMUNIKATSIYA DAVLAT QO`MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEVIZION TEXNOLOGIYALARI
fakulteti
AUDIOVIZUAL TEXNOLOGIYALARI
kafedrasi
"Kompyuter grafikasi va dizaynning amaliy dasturiy vositalari"
fanidan metodik qo'lanma
Toshkent – 2014
Ushbu qo’llanma “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanidan amaliy va
laboratoriya ishlarida mashg’ulotlar o’tkazish uchun yozilgan bo’lib, unda grafik
dasturlarni o’rganishda foydalanish mumkin. Qo’llanmada dasturlarning asosiy
tushunchalari bo’lmish: rastrli va vektorli grafika va ularning ishchi interfeyslari,
uskunalar paneli to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilgan. (Har bir mavzu uchun
nazorat misollar) . qo’llanmada mustaqil bajarish uchun yuqorida keltirilgan
mavzularga oid topshiriqlar berilgan.
Qo’llanma TATUning bakalavriat talabalarining barcha yo’nalishlari uchun
“Kompyuter grafikasi va dizayn” fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini
o’tkazish uchun tavsiya etiladi.
Tuzuvchilar: A.Sh.Muhamadiev
M.M.Rasulbaev
M.O’.Isayeva
G.A. Kayumova
Kirish
Xozirgi davr, yangi texnika va texnologiyalarini kompyuter asosida ishlab
chiqarish va tashkil qilish asri xisoblanadi. Shkning uchun barcha soxalari kabi
muxandislik loyixalashda xam kompyuterlardan foydalanish xozirgi kunning
dolzarb mummosi bo’lib qoldi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada “Kompyuter grafikasi va dizayn” fanining bir
bo’limi “Photoshop” va “Corel Draw” dasturi asosida bayon qilinadi.
"Kompyuter grafikasi va dizaynning amaliy dasturiy vositalari" fanining
asosiy masalasi amaliy va operatsion dasturlar xamda tayyor buyruqlar paketidan
foydalanib, loyixalash va texnologik jarayonning modellarini yaratish ishlarini
talabalar tomonidan Kompyuterda erkin bajarishi uchun zaruriy bo’lgan bilim va
malakalarini o’rgatishdan iborat.
O’qituvchilar bir qator adabiyotlardan tushuntirishlar bergandan va
kompyuterda ko’rsatib berganidan keyingina, talabalar topshiriqlarni o’zlari
mustaqil bajarishga kirishadilar. Shu bilan birga ko’proq dasturning funksiyalari
bilan ishlashni misollar bilan hamma talabalarga ko’rsatishga ko’proq axamiyat
berish tavsiya etiladi.
Har bir amaliy mashg’ulotda 25-30 minut davomida grafik axborotlarning
primitivlarini-tarkibiy qismlarini kompyuter ekranida chizish, ularni qayta
o’zgartirib maqbul bo’lgan variantlarini yaratish va ekranda bajarilgan tasvirlarni
qog’ozga chiqarib olish kabi vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan nazariy
bilimlar bosqichma-bosqich berib boriladi. Mashg’ulotning qolgan qismida esa
chizma chizish, ularni taxrirlash, o’lchamlarni ko’paytirish va ob'ektlarni bog’lash
kabi amaliy buyruqlardan foydalanib ko’nikmalar va malakalar oshiriladi. Asosiy
ishlarni o’qituvchi nazorat ostida kompyuter sinflarida o’tkazish talab qilinadi. Bu
o’rganilayotgan materiallarni tez qabul qilinishi va bajarilayotgan ishlarni sifatini
oshirishga olib keladi. Talabalarni chuqur va keng bilim egallashlari uchun ularni
nazariy materiallar bilan ta'minlash maqsadga muofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |