Internet uchun yaratilgan grafik fayllarning formatlari.
Web sahifa qancha ko’p grafikadan iborat bo’lsa, foydalanuvchi
tomonidan ko’rish jarayonida uning ochilishi shunchalik sekin amalga oshadi.
Ammo badiiy grafik elementlardan foydalanilmagan sahifalar individualligini va
o’ziga xosligini yo’qotadi. Shuning uchun sayt loyixalovchisi dizayner va
foydalanuvchi orasida vositachi vazifasini o’tashi va ikkala tarafning talab va
takliflari bilan o’rtoqlashib, informatsiyani chiroyli va tushunarli ko’rinishda
tezkor yetkazib berish masalasini xal qilishi lozim.
GIF va JPEG - eng keng tarqalgan grafik formatlar bo’lib, ular allaqachon
Internet sahifalari uchun standart formatlar darajasiga aylangan, ularning ikkovi
xam yetarlicha universal va ko’p sonli brauzerlar tomonidan qiladi.
Web sahifa uchun rasmlarni JPEG , illyustratsialarni GIF formatda
saqlagan ma’qul.
GIF -formati:
256 xil rangga ega, agar sizda murakkab rang aralashmalaridan va
juda mayda ob'ektlardan iborat rasmlar mavjud bo’lsa, ularni GIF
formatga o’tkazish natijasida tasvirdagi tabiiylik yqoladi.
GIF fayllarini arxivatorlar yordamida siqqanda ularning xajmi
deyarli o’zgarmaydi, ya'ni bu turdagi fayllar arxivlanganda
siqilmaydi.
Rasmlarni ochish vaqtida tasvirlar qatorma-qator hosil qilinadi,
natijada, tasvir to’liq ochilmay turib undagi ob'ekt xaqida xulosa
chiqarish imkoni yuzaga keladi.
Tasvir fonining shaffofligiga erishish mumkin, bu ayniqsa tasvir
Internet sahifasida fon ustiga joylashtirilgan xol uchun juda qulay.
Bir nechta qatlamlarni ustma-ust joylashtirish imkoniga ega. Bu
imkoniyatdan asosan GIF animatsiyalarni yaratishda foydalaniladi.
GIF formatining ob'ektlari: matn, logotip, illyustratsiyalar, animatsiyali
rasmlar, shaffof qismlarga ega rasmlar.
JPEG formati:
Rangli rasmlarni 16,7 mln ga yaqin ranglarda saqlash imkonini beradi.
Fayllarni siqish natijasida tasvir sifati o’zgarmay qoladi, uning xajmi
esa bir necha barobar kamayadi, bu Web sahifalarning ochilish
tezligini oshiradi.
Progressiv yuklanishga ega, ya'ni tasvir avval past sifat bilan paydo
o’lbadi, keyin yuklanish jarayonida tasvir sifati asta-sekin yaxshilanib
boradi.
JPEG formatining ob'ektlari: format ko’p murakkab ranglar aralashmasi va
mayda ob'ektlardan iborat rasmlarni saqlash uchun qo’l keladi.
1-amaliy topshiriq.
1-mashq. RGB formatdagi ranglarni aniqlashni o’rganish. Bajarishga oid
ko’rsatma: CorelDRAW dasturini ishga tushiring, uskunalar paneli (Tool Box) dan
to’g’ri to’rtburchak chizish uskunasi (Instrument pryamougol'nika, Rectangle
tool) ni oling, tezkor tugmasi F6, sahifa markaziga o’tib to’rtburchak chizing. Bir
xil rang bilan bo’yash uskunasi (Instrument odnorodnoy zalivki, Fill color
dialog) ni oling, tezkor tugmasi Shift+Q (F11), ochilgan muloqot oynasining
Model qatorida RGB ni o’rnating, Components qatorining parametrlarini
o’zgartirib kerakli ranglarni hosil qiling.
255:0:0
0:255:0
45:100:150
2-mashq. CMYK formatdagi ranglarni aniqlashni o’rganish. Bajarishga oid
ko’rsatma: yuqoridagi ketma-ketlikning Model qatorida CMYK ni o’rnating.
15:25:45:65
100:100:100:100
0:0:0:100
50:50:50:0
Eslatma:
Bundan keyin, agar uch rang kanali ko’rsatilgan bo’lsa RGB, to’rt rang
kanali ko’rsatilgan bo’lsa CMYK palitrasi xaqida gap ketmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |