Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Kishilarning moddiy va ma'naviy ohtiyojlari orasida iuraijoygn bo'lgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zero, turaijoygn nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib inson xotiijam hayot kechirish va o'zini erkin his qilish imkoniyatiga ega bolmaydi.
Fuqarolarning turarjoyga bo'lgan ehiiyojlarini qondirish bilan bog‘liq ijlimoiy munosabatlar hozirgi bnzor iqtisodiyoti sharoitida yangicha ko'rinish va mazmun kasb etganligini ta'kidlab o'tish joiz.
Bozor munosabatlari sharoitida kishilardagi boqimandalik tuyg'usi barham topa boshlashi bilan birgalikda. davlatga tegishli bo‘lgan turarjoy binolarning katta qismi xususiylashtirildi. Shuningdek, xususiy mulkchilikka keng e'tibor berilishi munosa-bati bilan turarjoylarni xususiylashtirish. yakka tartibda uy-joy qurish, davlatga tegishli boimagan turli tashkilotlarning turarjoy-larni qurishi va ulami sotishi turaijoy huquqi fanining tushunchasi, maqsadi va vazifalarining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Jumladan. bozor munosabatlari sharoitidagi turaijoy munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonunchilik tizimining shakllanishi ham turaijoy huquqi fanining lushunchasi, predmeti va maqsadini aniqlash zaruratini qo‘ymoqda.
Ma’lumki, turaijoyga bo‘lgan ehtiyoj huquq subyektlari orasi-dan faqat fuqarolargagina xosdir. Shu munosabat bilan fuqaro-largina turarjoyda istiqomat qilish huquqiga egalar Garchi turaijoyga nisbatan mulk huquqi huquq subyekllarining har biriga tegishli bo‘!sa-da, turarjoylardan foydalanish faqatgina fuqaro-larning yashashiga qaratilishi lozim.
Shuningdek. turaijoy munosabatlari tizimida fuqarolarga qulay-lik tug'dirish uchun zarur bo'lgan kommunal xizmatlar, turavjoylarni tabiiy gaz. clcktr va issiqlik energiyasi, sovuq va issiq suv bilan ta'minlash kabi niunosabatlar mavjudki, mazkur ijtimoiy. iqtisodiy, huquqiy munosabatlar ham turaijoy huquqi sohasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ushbu holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, uy-joy huquqi deganda. huquq subyektlarining turarjoylarga nisbatan mulk huquqi, fuqarolarning turarjoylarda istiqomat qilishlari va davlal organlarining turaijoy sohasidagi vakolatlari bilan bog£Iiq munosabatiarni tartibga soluvchi huquq normalari yig‘indisi tushuniladi.
Uy-joy huquqining vazifalari quyidagi maqsadlardan kelib chiqib, uyjoy munosaballarini tarlibga solish hisoblanadi:
—fuqarolarning uy-joyga bo'lgan huquqini ta'minlash; —uy-joy fondini saqlash va yaxshilash;
— uy-joy munosabatlari sohasidagi qonunchilik va huquqiy tartibot.
O'zbekiston Respublikasining uy-joy huquqini uch jihatdan kelib chiqib talqin etish mumkin:
1) huquq tizimirting bir qismi sifatida; 2) o'quv fani sifatida;
3) ilm-fanning bir yo‘nalishi sifatida.
E'tirof etish o‘rinliki, mutaxassislar orasida uy-joy huquqining huquqiy tabiali xususida yakdil fikrlar mavjud emas. Ayrim mutaxassislar uy-joy huquqining mustaqil roli mavjud emas, shu sababli u fuqarolik huquqining kichik sohasi, deb hisoblashadi. Biroq uy-joy huquqining O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi-dagi mustaqil kompleks huquq sohasi sifatida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir1.
Huquq sohasi normalarining yig'inidisi va uning mustaqi) ahamiyatining e'tirofi nima bilan belgilanadi? Har qanday huquq sohasi o‘zining mustaqil tartibga solish predmetiga ega va boshqa huquq sohasidan farq qiluvchi individual usullar va manbalari mayjud bo'ladi. Uy-joy huquqi mazkur barcha belgilarga ega.
Shu jihatdan aytish mumkinki, uy-joy huquqi huquqsohasisifatida fuqarolarning uy-joyga boMgan huquqlarini ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar va institutlar tizimi hisoblnnadi.