2.4. Turarjoy to’g’risida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga asosan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlash-malarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Sud hokimiyati davlatning muhim vazifasini —odil sudlovni amalga oshiradi. Binobarin, sud faqat fuqarolik ishlarini yuritish tartibidagina, ya'ni o‘zining protsessual faoliyatini amalga oshirish jarayonida shaxslar (fuqarolar, tashkilollarjning buzilgan huquq-larini yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi.
Uy-joy munosabatlarida mansabdor shaxslar davlat organlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini buzsa, u holda fuqaro 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risidagi (30.08.1995-y.) qonuniga asosan sudga murojaat qilishi mumkin. Mazkur qonunga asosan har bir fuqarodavlat organlari, korxonalar. muassasalar, tnshkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarnirg o‘7ini-o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslaming g'ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o‘z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa. shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fiiqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:
—fuqaroning huquqlari va erkinliklanni buzgan;
— fuqaroning o‘z huquqlari va erkinlildarini ro'yobga chiqa-rishiga monelik tug‘dirgan;
—fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majbu-riyat yuklatilishiga sabab bolgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi. Sudlar fliqaroJarning huquqlari yoki erkinliklarini buzadigan har qanday xattiharakatlar (qarorlar) ustidan berilgan shikoyallarni ko'rib chiqadilar.
Fuqaro o‘z huquqlari va erkinliklarini buzadigan xalli-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki tobelik lartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega. Tobelik tartibida yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxs shikoyatni bir oylik muddatda koTib chiqishlari shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan bo'lsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy mobaynida javoh olmagan bo‘lsa, sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli. Shikoyatning huquqlari, erkinliklari buzilgan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga ko‘ra jamoal birlashmasining, mehnat jamoasining vakoiat berilgan vakili berishi mumkin. Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab yo u yashaydigan joydagi sudga yoki organ joylashgan yerdngi yoxud xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi. Harbiy xizmatchi o‘zining huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbry boshqaruv organlari va hnrbiy mansabdor shaxslaming xatti-hnrnkatlari (qarorlari) ustidan shi-koyat bilan harbiy sudga. shuningdek yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ushbu moddada ko‘zda tutilgan tartibda murojaat
qilishga haqli.
Sud shikovatni koTib chiqishga qabul qilgach tegishli organlar va mansabdor shaxslardan zarur materiallarni talab qilib oladi hamda fuqaroning iltimosiga ko'ra yoki o‘z tashabbusi bilan shikoyat qilinishiga sabab boMgan xatti-harakat (qaror)ning ijrosini to‘xtatib turish masalasini hal qiladi.
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
— fuqaro o‘z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan kundan boshlab uch oy;
— fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan boshlab bir oy;
— agar fuqaro o‘z shikoyatiga yozma javob olmagan bo'lsa, shikoyat berganidan keyin bir oy muddat o'tgan kundan boshlab bir oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan liklanishi mumkin
Shikoyatni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud qaror chiqaradi. Sud shikoyatning asosliligini aniqlagach, ustidan shi-koyat berilgan xattiharakat (qaror)ni qonunsiz deb lopadi. fuqaroning talablarini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi yoki uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini o'zgacha yo‘l bilan tiklaydi.
Agar ustidan shikoyat berilgan xatti-harakat (qaror)ni sud fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzmaydigan qonuniy xatti-harakat (qaror) deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad eladi. Sudning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori sudga shikoyat berilishi mumkin.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, lashkilotlar, jamoat birlashmalari. fuqaro-laming o'zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiy va uni bajarish shart.
Sudning qarori xatti-harakat (qaror)lari ustidan shikoyat berilgan organ yoki mansabdor shaxsga, shuningdek fuqaroga qaror qonuniy kuchga kirgach kechi bilan o‘n kun ichida yuboriladi.
Qaror bajarilganligi haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan kundan boshlab kechi bilan bir oy ichida xabar qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |