Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet76/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

6.8. Stroboskopik ostsillograflar
Nano va pikosekundli davomiylikdagi impulsli ja­rayon­lar signallarini, shuningdek, O’YuCh garmonik tebra­nishlarini ostsillograflashda bir qator o’ziga xos xususiyat­lar yuzaga chiqadi, bulardan eng asosiysi, favqulodda keng chastotalar polosasiga bog’liq ravishda, elektron kuchaytir­gich­lar konstruktsiyasining murakkabligidir. Hozirgi vaqtda o’tkazish polosasi 0 dan 350 MGs gacha bo’lgan Y kanal kuchay­tir­gichlariga ega asboblar yaratilgan.
Boshqa xususiyatlar quyidagilardan iborat:
– konstruktsiyasining keraksiz rezonanslarni va qisqa impulslar shaklining buzilishini yuzaga keltiradigan nazorat elementlarining (og’diruvchi plastinalar sig’im­lari­ning, signallarni keltiradigan simlar induktivligi­ning) muhim ta’siri;
– elektronlar uchib o’tish chekli vaqtining ta’siri: agar tadqiq qilinayotgan signal davri uchib o’tish vaqti bilan o’lchovdosh bo’lsa (bu 100 MGs dan yuqori chastotalarda o’rinli bo’ladi), og’ish bo’yicha sezgirlik kamayadi; agar uchib o’tish vaqti og’diruvchi kuchlanishning butun sonli davrlariga teng bo’lsa, nur umuman og’maydi;
– elektron nurning ENT ekraniga nisbatan harakat­lanish tezligi ortishi bilan yorug’lanish yorqinligining kuchli kamayishi;
– tadqiq qilinayotgan signal chastotasining ortishi bilan yoyish tezligiga qo’yiladigan talablarning keskin ortishi. Masalan, 1 GGs chastotali sinusoidal signalning bitta davrining eni 7 sm bo’lgan ostsillogrammasini hosil qilish uchun 70000 km/s yoyish tezligi zarur bo’ladi.
Bularning hammasi tezkor ENTlarni yaratish xususiyat­larini belgilab berdi. Xususan, tezkor ENTlarning og’di­ruv­chi plastinalari chiqishlarini plastinalar bilan bevo­sita yaqinlikda (shisha orqali) kavsharlanadi. Bu plasti­na­lar chiqishlarining induktivliklari va sig’imlarini plas­tinalari chiqishlari umumiy tsokol orqali qilingan odatdagi ENT larga solishtirilganda ancha kamaytiradi. Ostsillografning oxirgi kuchaytirgichlari kaskadlarini plas­­tinalar chiqishlari yaqinida joylashtiriladi.
Elektronlar chekli uchib o’tish vaqtining ENT sezgirli­giga ta’siridan ancha katta darajada qutilishga imkon be­ruvchi muhim chora yuguruvchi to’lqinni og’dirish tizimini qo’llanishdan iborat bo’lib, u o’zaro uncha katta bo’lmagan induktivliklar orqali ulangan qisqa plastinalar to’plami­dan tashkil topgan. Plastinalar orasidagi masofa z o’qi bo’ylab (ekranga yaqinlashgani sari) ortib boradi, bu og’gan elektron nurning plastinalarga tushishini bartaraf etadi. Bunday og’diruvchi tizim o’zgarmaslari g’ujlangan uzun li­niyadir. Agar kuchaytirgichning chiqish kuchlanishini liniya­ning to’lqin qarshiligiga muvofiqlashtirib, chiqishida muvofiqlangan yuklama ulansa, u holda signal liniya bo’ylab qaytarilmasdan tarqaladi.
Agar har bir sektsiyaning sekinlatish vaqti (bu yerda L – plastinalar juftligi orasidagi sig’im) elek­tron­larning qo’shni sektsiyalar orasidan uchib o’tish vaqtiga teng bo’lsa, u holda umumiy chastotaviy buzilishlar bitta sektsiyaning uzunligi bilan aniqlanadi. Og’ish bo’yicha umu­miy sezgirlik sektsiyalar soniga proportsionaldir.
Ekran yorug’lanishining etarli yorqin bo’lishini ta’­minlash maqsadida tezlatuvchi kuchlanishni oshirish lozim. Biroq tezlatuvchi kuchlanishni oddiy oshirish (6.2)ga asosan og’ish bo’yicha sezgirlikning pasayishiga olib keladi. Tezkor ostsillograflarda signallarni oshirish ham murakkab masala bo’lganligi sababli bunday yo’l qoniqarsizdir. Shuning uchun nur og’diruvchi tizimdan o’tganidan so’ng elektronlarni tezlatishga asoslangan keyingi tezlatishli tizimiga ega bo’lgan ENT dan foydalaniladi. Buning uchun trubkada uchta anoddan foydalaniladi va ularning oxirgisiga 20 kV gacha bo’lgan yuqori kuchlanish beriladi. Yorug’lanish yorqinligi ko’payadi, chunki uning qiymati tezlatuvchi kuchlanish kvadra­tiga proportsionaldir.
Tezkor ostsillograflar kuchaytirgichlarida chegaraviy chastotasi 2,5 GGs gacha bo’lgan tranzistorlar qo’llanilib, ularning quvvatiga jiddiy talablar qo’yiladi. Bu fikrni tushuntirish kerak, chunki nurni ENT da og’dirish uchun zarur bo’lgan energiya amalda nolga tengdir. Kuchaytirgich­ning o’tka­zish polosasi qanchalik keng bo’lsa, u ishlaydigan yukla­maning qarshiligi shunchalik kichik bo’lishi lozim. Agar kuchaytirgich to’lqin qarshiligi 150 Om li sektsiyalan­gan og’diruvchi tizimga ishlasa, u holda 30 V li kuchlanish olish uchun 0,5 A tok zarur. Bu tokni esa tranzistor ta’min­lashi lozim bo’ladi.
Nurning harakat tezligini oshirish uchun to’g’ri yo’l tsikli ancha qisqa bo’lgan arrasimon kuchlanish shakllanti­rilishi lozim. (6.6) dan kelib chiqadiki, kondensator zaryadi­da kuchlanishning o’sish tezligi RC-zanjirning vaqt doimiysiga bog’liq. Kondensatorning sig’imi 40...50 pF dan kamayishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu holda parazit sig’imlar muhim rol o’ynay boshlaydi va yoyish generatori signallarining parametrlari almashtiriladigan detallarga va turli tasodifiy omillarga bog’liq bo’ladi. Biroq S = 40...50 pF/s da kerakli o’sish tezligini etarlicha katta, 0,4...0,6 A tartibidagi zaryad tokidagina ta’minlash mumkin, bu esa ta’minot qurilmasini murakkablashtiradi, quvvatli transformatorlar qo’llanilishini talab etadi va hokazo. Qisqa teskari yo’lni shakllantirishda va sinxronlashda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
Tez kechadigan jarayonlar signallarini ostsillograflash masalasi boshqacha texnik echimga ega bo’lib, u maxsus ENT larni va boshqa murakkab qurilmalarni qo’llanish zarura­tidan xalos etadi. Bu echimning mohiyati tadqiq qilinayotgan signalni vaqt bo’yicha, masalan, stroboskopik metod bi­lan transformatsiyalashdan iborat bo’lib, u signalning shaklini o’zgartirmasdan, uni vaqt bo’yicha «cho’zish» va ostsil­logram­masini olish uchun odatdagi (tezkormas) ostsillograf­da foydalanish imkonini beradi.
Signalni stroboskopik o’zgartirish printsipi 6.27-rasmda ko’rsatilgan. T davr bilan takrorlanuvchi boshlang’ich signal Us bilan qisqa stroblovchi impulslar ketma-ketligi Ustrob amplituda bo’yicha modulyatsiyalanadi (6.27-b rasm).

Signalning davri stroblovchi impulslarning kelish davri­dan ∆t vaqtga kichik. Agar birinchi stroblovchi impuls signalning birinchi davri boshlanishi bilan ustma-ust tushsa (6.27-a rasmdagi a1 nuqta), u holda ikkinchi stroblov­chi impuls davr boshlanishiga nisbatan ∆t vaqtga, uchinchisi 2∆t vaqtga surilgan bo’ladi va hokazo. Amplitudaviy modulya­tsiyalash natijasida shunday impulslar ketma-ketligi Uyo ni hosil qilamizki (6.27-v rasm), unda har bir impuls sig­nalning stroblanayotgan nuqtadagi kuchlanishga teng qulochga ega bo’ladi. Masalan, stroblovchi impuls 4 tadqiq qili­nayotgan signal maksimal qiymatga ega bo’lganida paydo bo’­ladi (6.27-a rasmdagi a4 nuqta), bunga mos ravishda, to’rtinchi modulyatsiyalovchi signalning qulochi a4 (6.27-rasm) maksi­mal qiymatga ega bo’ladi. Modulyatsiyalangan impulslar uchla­rining o’rama egri chizig’i shtrixli chiziq bilan ko’rsatilgan. 6.27-a va b rasmlarni qiyoslashdan ko’ri­nadiki, o’rama egri chiziq shakli boshlang’ich signal shaklini takrorlaydi, biroq uning davri boshlang’ich signal davridan n marta or­tiq­dir. Signalni vaqt ichida transformatsiyasi ana shunday sodir bo’ladi.
6.27-rasmdan ko’rinib turibdiki, stroblovchi signallar go’yoki boshlang’ich signalga nisbatan, har bir tsiklda ulardan ∆vaqtga o’zib, ko’chadi. Ko’rib chiqilgan misolda ettita tsikl­dan so’ng so’rov signali U= 0 ga mos a7 nuqta bilan ustma-ust tushadi va jarayon yana takrorlanadi. Shunday qilib, bu misolda n = 7. n ning qiymati ∆t ning tanlanishiga bog’liq­ligini aniqlash qiyin emas. ∆qancha kichik bo’lsa, boshlang’ich signal egri chizig’ida sanoqlar shuncha ko’proq joylashadi va signalning bitta davrini o’zgartirish uchun ko’proq tsikl­lar zarur bo’ladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish