6.6. Ostsillograf kalibratorlari
Ostsillograflar faqat elektr signallarni kuzatish uchun emas, balki ularning parametrlarini o’lchash uchun ham keng foydalaniladi. Ostsillografik o’lchamlarning aniqligini oshirishning turli metodlari mavjud, biroq kalibrlangan og’ish metodi eng istiqbollidir. Chiziqli yoyish bo’lganida gorizontal o’q vaqt o’qi, vertikal o’q esa kuchlanishlar o’qi bo’ladi. Aytaylik, yoyish ideal chiziqli va nurning gorizontal harakatlanish tezligi ma’lum bo’lsin. U holda vaqt intervalini o’lchash (masalan, impuls davomiyligini) masalasi ostsillogrammaning bizni qiziqtirayotgan gorizontal qismining chiziqli o’lchamini o’lchash va hosil bo’lgan sonni yoyish tezligiga bo’lishga keltiriladi. Vaqt intervalini o’lchash nuqtai nazaridan, yoyish rostlagichining shkalasini nurning og’ish tezligini birliklarida darajalash qulaydir. Keyingi vaqtda, odatda, tezlikka teskari kattalik
Kg = Tto’g’/lg (6.15)
dan foydalanilmoqda va uni yoyish koeffitsienti deb atalmoqda, bu yerda lg – gorizontal o’qning to’g’ri yo’l davomiyligi - Tto’g’ ga mos keladigan kesmasi uzunligi. Yoyish koeffitsienti o’lchami turli diapazonlarda: mks/sm, ms/sm yoki s/sm. Vaqt intervali ostsillogramma kerakli qismining o’lchamini yoyish koeffitsientiga ko’paytirish bilan topiladi. Hozirgi zamon ostsillograflarida kalibrlangan koeffitsient Kg ni o’zgartirish uchun o’zgartirish karraligi 0,25; 0,5; 1; 2; 5 marta bo’lgan pog’onali ishga solgich (pereklyuchatel) yordamida amalga oshiriladi. Ravon rostlanish Kg ning qo’shni kalibrlangan pog’onalar orasidagi istalgan qiymatlarini o’rnatish imkonini beradi. Shunga o’xshash ostsillografning vertikal o’qining xarakteristikasi uchun og’ish koeffitsienti
Kv = Ukir/lv, (6.16)
bu yerda Ukir – ostsillografning Y kirishiga beriladigan signal amplitudasi, lv – nurning vertikal yo’nalishda Ukir qiymatga mos og’ishini anglatadi. Og’ish koeffitsienti kuchlanish birliklarining uzunlik birliklariga yoki ostsillograf ekranidagi shkalaning bo’limlariga taqsimlangani bilan ifodalanadi (V/sm; mV/sm; V/bol.; MV/bol.). Og’ish koeffitsientini 1,2 va 5 ga karrali pog’onalar bilan o’lchanadi. Ravon rostlanishi og’ish koeffitsientining ikkita kalibrlangan pog’ona orasidagi istalgan kalibrlanmagan qiymatini o’rnatishga imkon beradi. Ba’zan ostsillograflarni og’ish koeffitsientiga teskari bo’lgan va kanal Y ning sezgirligi deb ataladigan kattalik bilan tavsiflanadi. Buning qulayligi kamroq, chunki o’lchanayotgan kuchlanishni aniqlash uchun bo’lish operatsiyasidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Og’ish va yoyish koeffitsientlari biroz xatolik bilan o’rnatiladi. Ostsillografni ishlatish jarayonida kuchlanishlar va vaqt intervallarini o’lchash aniqligini ta’minlash uchun X va Y kanallarni sozlash zarur bo’ladi. Buning uchun ostsillograflar tarkibiga etalon signallar manbalari bo’lgan amplituda va davomiylik kalibratorlari kiritiladi. Uning kalibrlash signali – simmetrik to’g’ri burchakli impulslar (meandr) bo’lib, amplituda va davomiylikni kalibrlashni bitta signal bilan bajarish mumkin. Bu impulslarning etalon qulochidan kalibrlash kuchlanishi sifatida, takrorlanish davridan esa kalibrlash intervali sifatida foydalaniladi.
Kalibrlash kuchlanishini shakllantirish uchun boshlang’ich signal manbasi bo’lib, sinusoidal signallarning yuqori stabil generatori xizmat qiladi. Bu signallardan simmetrik to’g’ri burchakli impulslar shakllantiriladi. Amplitudalar kalibratorining maksimal xatoligi odatda 1...3% ni tashkil etadi. Og’ish koeffitsientini kalibrlash jarayoni kalibrlash signali ostsillogrammasining kuchlanishning minimal va maksimal darajalariga mos uchastkalarini masshtab to’ri chiziqlari bilan ustma-ust tushirishdan iborat (6.18-rasm). Bunda (6.18) ga asosan lv = Ukir/Kv. Ukir (kalibrator kuchlanishi) va eksperimentator o’rnatgan Kv lar ma’lum bo’lganligi uchun hisoblab topilgan lv his va o’lchangan lv o’lch ni taqqoslash mumkin. Agar lv his ≠ lv o’lch bo’lsa, kalibrlashni bajarish lozim, bu kanalni kuchaytirish koeffitsientini maxsus sozlash organi orqali o’zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |