Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet75/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

6.7. Ko’p nurli ostsillograflar
Ko’p nurli ostsillo­graflar bitta ekranda bir ne­cha nurni bir vaqtda ku­zatish uchun mo’ljal­lan­gan. Bir vaqtda ikkita signalni kuzatish imkonini bera­digan asboblar eng ko’p tar­qalgan (6.25-rasm). Bu yerda ostsil­logramma I tadqiq qi­li­­nayotgan zanjirning kir­ishiga kelayotgan signalni, ostsillo­gramma II esa chiqi­shida olinayotgan signalni tasvirlaydi. Mazkur tas­vir­­ni hosil qilish uchun ikki nurli ENT dan foyda­laniladi, u umumiy kolba ichida joylashgan ikkita elektron to’pga ega bo’lib, ular o’zlarining vertikal va gori­zon­tal og’diruvchi plastinalarni fokuslash sistemalariga ega.
O datda, ikkala nurni yoyish umumiy generator va kuchay­tirgich X orqali amalga oshiriladi, bu esa ikkala signalni yagona vaqt masshtabida aks ettirish imkonini beradi. Yagona vaqt masshtabi kuchlanishlarning oniy qiymatlarini qiyoslash, vaqtga oid munosabatlarni aniqlash, fazaviy siljishni o’lchash imkonini beradi va h.k.
Ikki nurli ostsillografning soddalashtirilgan tuzilish sxemasidan ko’rinib turibdiki (6.26-rasm), ENT ning ikkita nurini boshqarish ikkita identik (bir xil) kanallar Y1 va Y2 yordamida bajariladi va ular odatdagi ostsillograflarning vertikal og’dirish kanallari ega bo’lgan o’sha elementlarga ega. Davriy yoyishni sinxronlash va ku­tuv­chi yoyishni ishga tushirishni ikkala kanalning kuchay­tir­gich­laridan olingan signal orqali amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Bu asbobda qo’llanilayotgan ENT ning o’ziga xos xususiyati yoyishning teskari yo’li vaqtida nurni maxsus blokirlovchi plastinalar yordamida o’chirishdan iborat. Muxosaralovchi plas­tinalarga tushayotgan nurning yorqinligini boshqarish qu­ril­masidan impulslar berilganida ikkala elektron to’pning nurlari chetga keskin og’adi va ekranga tushmaydi.
Bundan katta sondagi nurli ENT lar ham yaratilgan.
Signallarni ikkita identik kanalning kirishlari Yva Y2 ga beriladi. Kanallar chiqishidan signallar yoyish generatorida shakllangan impulslar bilan boshqariladigan elektron kommutatorga keladi. Kommutator ushbu rejimlar­dan birida ishlashi mumkin: I; II; I + II; Uzish; Navbati bilan.
I va II rejimlarda ENT ekranida faqat bitta signal, mos ravishda kanal Y1 yoki kanal Y2 dan qayta tiklanadi. I+II rejimida ikkita signalning yig’indisi yoki ayirmasini tadqiq qilish, shuningdek, bir kanalga o’zgarmas kuchla­nish­ni berib, ikkinchi kanalning o’zgarmas tashkil etuvchi­sini kompensatsiyalash mumkin. Uzish rejimida signallar 100 kGs chastota bilan qayta ulanadi, Navbati bilan reji­mida esa har bir yoyish tsiklidan keyin shunday qilinadi. Ikkita signalning vertikal yo’nalishda siljitilishi (6.25-rasmda ko’rsatilganidek) kommutatorga Y1 va Y2 kanallar­ning kuchaytirgichlaridan keladigan signallarning o’zgar­mas tashkil etuvchilarini tanlash bilan amalga oshiriladi.
Ikki nurli ostsillograflardan farqli ravishda, signal­lar kommutatsiyalanadigan va odatdagi ENT ga ega bo’lgan bu asbob ikki kanalli ostsillograf deb ataladi.














Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish