n sonni ushbu oshkor n = T/∆T munosabatdan aniqlash mumkin. Shunday qilib, signalning vaqt bo’yicha transformatsiyalanishi sanoqlar soni bilan bog’liq. Sanoqlar qancha ko’p bo’lsa, signal vaqt bo’yicha shuncha ko’proq cho’ziladi. Sanoqlar sonini oshirish boshlang’ich signalni puxtaroq tahlil qilish imkonini beradi. Yuqorida ko’rilgan misolda sodda bo’lishi uchun o’zgartirish jarayonini ettita sanoq yordamida ko’rsatish imkonini beruvchi ravon o’zgaradigan signal maxsus olingan. Amaliyotda sanoqlar soni, ayniqsa, boshlang’ich signal murakkab shaklga ega bo’lganida va unda kuchlanishning keskin o’zgarishlari mavjud bo’lganida, ancha ko’pdir. Biroq sanoqlar soni keragidan ortiqcha ko’p bo’ladigan hollar ham bo’lishi mumkin. Masalan, fs = 4 GGs va kanal Y ning o’tkazish polosasi 1 MGs ga teng bo’lganida vaqt masshtabini zaruriy transformatsiyalash koeffitsienti n = fc/fv = 4·109/1·106 = 4000 ni tashkil etadi. Shunday qilib, tadqiq qilinayotgan signalning bitta davriga 4000 ta sanoq to’g’ri keladi, bu esa haddan ortiqchadir.
Sanoq nuqtalari sonini oshirmasdan, zaruriy vaqt bo’yicha o’zgartirish hosil qilishning sodda usuli mavjud. U boshlang’ich signalning biror miqdordagi davrlarini o’tkazib yuborishdan iborat. Stroblovchi impulslarning kelish intervalini sanashda stroblovchi impulslarning bitta kelish davrida signalning butun sondagi (k) davrlari joylashgan qilib tashlanadi. Masalan, birinchi sanoq a1 uchun us signalning 1-davridan, a2 uchun 11-davridan, uchinchisi a3 uchun 21-davridan, to’rtinchi a2 uchun 31-davridan foydalanish mumkin va hokazo. Vaqt bo’yicha umumiy transformatsiyalash kn kattalikni tashkil etadi. Ko’rib chiqilgan bu usul signalning davrini kerakli o’zgartirishni stroblovchi impulslar kelish chastotasini k marta kamaytirilgan holda hosil qilishga imkon beradi, bu esa stroboskopik ostsillograf konstruktsiyasini soddalashtiradi.
Stroboskopik asbobning tuzilish sxemasi 6.28-rasmda keltirilgan. Kerakli vaqt bo’yicha siljitish kattaligiga ega bo’lgan stroblovchi signallarni shakllantirish uchun ikkita arrasimon kuchlanish generatori va qiyoslash sxemasidan foydalaniladi. Bir generator «tez» arrasimon kuchlanish (TAK) va ikkinchisi «sekin» arrasimon kuchlanishni (SAK) shakllantiradi.
Tasvir katta aniqlikda bo’lishiga erishish uchun kengaytirilgan impulslarning yassi (tekis) uchastkalari maxsus qurilma tomonidan shakllantiriladigan maxsus impulslar bilan tagidan yoritiladi va ENT katodiga beriladi. ENT ekranidagi tasvir 6.29-e rasmda ko’rsatilgan. Stroblovchi impulslarning takrorlanish chastotasi etarlicha katta bo’lganida tasvir yaqin joylashgan yorqin nuqtalar to’plamidan iborat bo’ladi. Nurni yoyish SAK generatoridan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |