Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet69/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

X kanal kirish ulab-uzgichiga (pereklyuchatelga), kuchaytir­gich X, ishga tushirish qurilmasi, yoyish generatori va oxirgi kuchaytirgich X ga ega. Kirish pereklyuchateli yo sinxronlash signalini dastlabki kuchaytirgich Y dan ulanishini, yoki signalni chiqish qisqichi X dan berilishini ta’minlaydi. X ning kirishiga yo tashqi sinxronlash signali, yoki tadqiq qilinayotgan signal berilishi mumkin. Ostsillograf yoyish generatori bilan ishlayotganda P1 va P2 pereklyuchatellar pastki holatiga o’rnatiladi, sinxronlash signali yoyishni ishga tushirish qurilmasiga keladi. Oxirgi kuchaytirgichdan arrasimon kuchlanish ENT ning X plastinalariga keladi. P1 va P2 ni yuqori holatiga o’rnatilganida yoyish uziladi. Bu holda signal chiqish X dan kirish pereklyuchatellari va kuchay­tirgichlar kaskadi orqali ENT ga keladi.
K anal ENT nurining yorqinligini boshqarish uchun xizmat qiladi. U kuchaytirgich-cheklagich va nur yorqinligini boshqarish qurilmasini o’z ichiga oladi. Signal uning chiqi­shidan ENT modulyatoriga keladi. Signal parametrlarini o’lchashlar aniqligini oshirish uchun ostsillograf tarkibiga amplituda va davomiylik kalibratori kiritiladi. Kalibra­tor signali, odatda, ostsillografning old paneliga chiqa­rilgan bo’ladi va ulash kabeli yordamida kanal Y kirishiga berilishi mumkin.
6.4. Elektron ostsillograf yoyishlarining turlari
Yoyishning arrasimon kuchlanishning hosil qilinishi­ni ta’minlaydigan eng sodda generatorning ishlashi kon­den­satorning zaryadlanishi va razryadlanishiga asoslangan qurilmadir. Ma’lumki, kondensatorning zaryadlanishida va razryadlanishida kuchlanish eksponentsial qonun bo’yicha o’zgaradi. ENT da nurning og’ishi bu holda notekis tezlik bilan amalga oshadi. Ostsillogramma buzilishlarini baholash uchun ushbu nochiziqlilik koeffitsienti aniqlanadi:
β = (tgα1 – tgα2)/tgα1, (6.4)
bu yerda tgα1 va tgα2 – yoyish kuchlanishi egri chizig’iga to’g’ri yo’l boshi va oxiriga mos a va b nuqtalarda o’tka­zilgan urin­malarning og’ish burchaklari (6.9-rasm). Ideal holda, ya’ni yoyish kuch­lanishi chiziqli o’sga­ni­da tgα1 = tgα2 va β = 0 bo’ladi. β ni hisoblashda urinmaning og’ish burchak­lari tan­gens­larini funksiyani differentsiallash, mazkur holda ushbu ifodani differentsiallash yo’li bilan topish mumkin:
(6.5)
(6.5) formula o’zgarmas tok manbai E dan R qarshilikli rezistor orqali zaryadlanadigan S sig’imli kondensatorda kuch­lanishning o’zgarish qonunini tavsiflaydi. (6.5) dan olingan
(6.6)
hosila tgα1 va tgα2 ni aniqlash imkonini beradi. t = 0 bo’l­ganda ,  yoki t = Tto’g’ bo’lganda,  .
Tto’g’ – yoyilish to’g’ri yo’lining davomiyligi (10.9-rasm). tgα1 va tgα2 ning olingan qiymatlarini (10.4)ga qo’ysak, quyida­gini hosil qilamiz:
β = [(1 – exp(–Tto’g’/RC)]·100%. (6.7)
(6.7) va (6.5) dan nochiziqlilik koeffitsienti β va ta’­mi­not manbai kuchlanishi E dan foydalanish koeffi­tsienti ζ = Uyo/E orasidagi bog’liqlikni aniqlash mumkin, bu yerda Uyo – yoyish kuchlanishining shakllangan qulochi. Agar Uyo ni zaryad kondensatoridagi Us kuchlanishning Tto’g’ oxirida eri­shadigan maksimal qiymatiga teng deb, ya’ni Uyo ≈ Usmax deb qabul qilinsa, u holda (6.5) ga muvofiq
ζ = Uyo/E = 1 – exp(–Tto’g’/RC) (6.8)
bo’ladi. Bu olingan ifodani (6.7) bilan taqqoslab, β ≈ ζ = Uyo/E ni, taqriban bir xil β va ζ ni hosil qilamiz. Bundan kelib chiqadiki, yoyilmaning nochiziqlilik koeffitsienti 5% tartibida bo’lishiga erishish uchun ta’minot manbaidan foydalanish koeffitsienti 5% dan ortiq bo’lmasligi zarur. Agar, masalan, E = 100 V, β = 5% bo’lsa, u holda yoyish kuch­lanishi bor-yo’g’i uyo = Ex = 100·0,05 = 5 V ni tashkil etadi. Shunday qilib, arrasimon kuchlanishni shakllanti­rish uchun eksponentadan foydalanilganda yuqori chiziqli­lik­ni faqat boshlang’ich uchastkada, ya’ni kichik ζ larda hosil qilish mumkin. Agar Uyo kuchlanish zaruriy kuchlanishdan kichik bo’lsa, u holda ta’minot manbasi kuchlanishini oshi­rish kerak. Bu holat ostsillografni loyihalashda noqulaylik tug’diradi. Shu sababli amaliyotda og’diruvchi kuchlanish shakli­ni to’g’rilash (chiziqlashtirish)ning turli usullariga murojaat qilinadi.
Yoyish arrasimon tebranishlarini chiziqlashtirishning bir necha usullari ma’lum. Ulardan eng ko’p tarqalgani kon­den­sator zaryad tokini uning to’g’ri yurishida stabillash bilan ta’minlash mumkin. Zaryad tokini va, demak, yoyish arrasimon kuchlanishini chiziqlashtirish chiziqli tok sta­bil­lovchi ikki qutbliliklarni yoki manfiy teskari aloqani qo’llanishi bilan amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarning ish printsiplari impuls texnikasiga oid darsliklarda batafsil yoritiladi.
Sinusoidal yoyishda ostsillografning X kirishiga kel­ti­riladigan kuchlanish ushbu sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi:

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish