Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet66/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

Nazorat savollari
1. Tok yoki kuchlanishning amplitudali, o’rta, o’rta kvadratik, to’g’rilangan o’rta qiymati deb nimaga aytiladi?
2. Kuchlanishni (tokni) qanday koeffitsientlari amplitudali va o’rta, o’rta kvadratik va to’g’rilangan o’rta qiymatlar orasida aloqani o’rnatadi?
3. Nosinusoidal signalni o’lchashda nima sababdan metodik xatolik paydo bo’lishi mumkin?
4. Analog elektron voltmetrlarning qurilish sxemalarini keltiring.
5. Amplituda o’zgartgich ishini tushuntiring.
6. Nima uchun amplitudali o’zgartgich eng yuqori chastotali?
7. O’rta kvadratik o’zgartgich qanday ishlaydi?
8. Har xil chastota diapazonida quvvatni o’lchashning asosiy usullarini sanab o’ting.
9. Elektrodinamik vattmetrning ishlash printsipini tushuntirib bering.
10. O’YuCh diapazonida elektromagnit to’lqinlar quvvatini o’lchash xususiyatini tushuntirib bering.
11. O’YuCh quvvatini termorezistor usuli bilan o’lchashni tushuntirib bering.
12. Quvvatni o’lchashning kalometrik usul nimaga asoslanadi?



6-BOB. ELEKTR SIGNALLARINING
SHAKLINI KUZATISH VA TAHLIL QILISH
6.1. Elektron ostsillograflar
Ostsillografning vazifasi. Ostsillograf – elektr signallarini kuzatish va qayd qilish, shuningdek, ularning parametrlarini o’lchash uchun mo’ljallangan asbobdir. «Ostsillograf» so’zi lotincha «ostsilum» – tebranish va grekcha «grafo» – yozaman so’zlaridan kelib chiqqan. Shunday qilib, ostsillograf – tebranishlarni yozish (qayd qilish) asbobidir. Adabiyotlarda ko’pincha, «ostsillo­skop» atamasi uchraydi. Uning asosida «skopeo» – kuzatish so’zi yotadi.
Hozirgi vaqtda «ostsillograf» atamasi qo’llaniladi. Bu atama tebranishlarni ham vizual kuzatish, ham ularni yozish uchun mo’ljallangan asbobni ifodalaydi.
Ostsillografning asosiy vazifasi turli elektr tebra­nishlarni grafik ko’rinishda (ostsillogrammalar shaklida) qayta tiklashdan iboratdir. Ostsillograf yordamida ko’pincha kuchlanishning vaqtga bog’liqligi dekart koordinatalar sistemasida kuzatiladi. x o’qi vaqt o’qi bo’ladi, y o’qi bo’ylab esa signal kuchlanishi qo’yiladi. Ostsillograf yordamida signalning turli parametrlari: amplitudasi, davomiyligi, chastotasi, modulyatsiya chuqurligi va boshqalar o’lchanishi mumkin.
Ostsillograflar elektromexanik va elektron ostsillo­graflarga bo’linadi. Birinchi holda ostsillogramma elektro­mexanik usulda, masalan, siyohli peroning qog’oz lenta (tasma) sirtiga nisbatan og’ishi bilan hosil qilinadi. Bun­day tipdagi ostsillograflarning asosiy afzalligi – ostsil­lo­grammaning hujjatli qayd etilishidir, bu sekin kecha­digan jarayonlarni kuzatishda juda muhimdir. Tezkor jarayon­larni aks ettiradigan ostsillogrammalarni olish uchun elektron-nurli ostsillograflardan foydalaniladi, ularda lyuminestsentlovchi ekranning yorug’lanishini vujudga keltiruvchi elektron dasta elektr signali ta’siri ostida amalda bir onda og’adi.
GOST 9810-69 ga muvofiq, ostsillograflar «S» harfi bilan belgilanadi. Undan keyingi raqam asbob tipini tasvirlaydi, masalan, S1 – universal ostsillografni, S7 – tezkor ostsillografni, S8 – xotirlovchi ostsillografni, S9 – maxsus ostsillografni bildiradi. Sanoatda har bir tipdagi ostsillograflarning katta assortimenti ishlab chiqa­rilayotganligi sababli yana bir raqam – asbobning bir tipli ostsillograflar oilasidagi tartib raqami qo’shiladi. Masa­lan, S1-40 – universal ostsillografning to’liq belgila­nishi. Yangi asboblarga yanada yuqoriroq tartib raqamlari beriladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish