Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet19/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

2.1. Muntazam xatoliklar
Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi. Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli-tuman bo’lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’la­di. Muntazam xatoliklar tasodifiy bo’lmagan fak­torlar bilan yuzaga chiqadi, o’lchash vositasining konstruk­tiv hola­tiga bog’liq holda, qo’llanish sharoiti va kuzatuv­chining individual sifatlariga bog’liq. Ayrim hollarda muntazam xatoliklar murakkab determinirlangan qonu­niyat­larga bo’ysunadi, o’lchash vositasini ishlab chiqishda va o’lchash apparaturasining komplektatsiyasida yoki o’lchash ekspe­ri­mentini tayyorlash va olib borishda aniqlanadi. O’lchash vositalarini, o’lchash usullarini mukammallashti­rish, tako­mil­lashgan materiallarini qo’llash kerakli darajada siste­matik xatolikni kamaytirish imkonini be­radi va ayrim hollarda minimumga olib keladi, bunda o’lchash natija­lariga ishlov berganda ularni hisobga olmaslik mumkin.
Muntazam xatoliklar yuzaga kelish sabablariga ko’ra va o’lchashda namoyon bo’lish xarakteri bo’yicha tasniflash qabul qilingan.
2.1.1. Uslubiy xatoliklar
Metodik xatoliklar (ayrim hollarda ular nazariy xatoliklar deb ataladi) o’lchash usulining etarlicha ishlab chiqilmasligi va xatoligi tufayli kelib chiqadi. Qabul qilingan o’lchash usulini nazariy asoslashda doimo ma’lum soddalashtirish va ehtimolliklarga asoslaniladi. Masalan, butun ob’ektga uning chegaralangan qismini o’lchash xusu­siyat­lari ekstrapolyatsiya qilinadi. Agar bu xususiyatlar bir jinsli bo’lmasa, unda metodik xatolik paydo bo’ladi. Aloqa sohasida bunday muammolar uzoq masofaga cho’zilgan ob’ekt­larni, masalan, kabellarning parametrlarini o’lchashda paydo bo’ladi.
O’lchash apparaturasining o’lchash ob’ekti xusu­siyatlariga ta’sirini ham metodik xatoliklarga kiritish kerak bo’ladi. Bunda olingan natijalar, o’lchash vositasi o’lchash ob’ektidan uzilishi bilanoq, juda taqribiy va hatto noto’g’ri bo’lib qoladi. O’lchash vositasining o’lchanayotgan ob’ekt bilan o’zaro ta’siri natijasida kelib chiqadigan metodik xatolikni quyidagi sodda misolda ko’rish mumkin.
Faraz qilaylik, 2.1-rasmda ko’rsatilgan ketma-ket zan­jirda tok kuchini o’lchash kerak.
Bu rasmda RA rezistor punktir chiziq bilan ko’rsatilgan bo’lib, sxemada ampermetrning ekvivalent qarshiligini ko’rsatadi. Agar bu qarshilikni inobatga olmasak, unda ketma-ket zanjirdan o’tuvchi tok quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanishi mumkin:

B u ifoda ampermetrni zanjirga ulanishidan oldin tok qiymatini aniqlab beradi. Ampermetr ulanganida uning RA ichki qarshiligini inobatga olish kerak, unda ifoda quyidagi ko’rinishda bo’ladi: 

i1 < i, ammo tengsizlik kattaligi RA va Ri+Ryuk yig’indi orasidagi munosabatga bog’liq. Zanjirdagi o’lchash tokining nisbiy xatoligini aniqlaymiz:

Bu ifodadan ko’rinib turibdiki, RA qarshilik ketma-ket zanjirning jami qarshiligi qiymatining kichik qis­mini tashkil etadi, yuklama va manba kuchlanishi qarshi­li­gini kiritib, uni inobatga olmaslik va maxrajdan chiqarib tashlash mumkin. Bu holda nisbiy xatolik nolga teng bo’ladi. Agar ampermetr qarshiligini zanjir qarshiligi bilan tenglashtirib bo’lmaydigan bo’lsa, ish boshqacha tus oladi. Masalan, agar zanjirning umumiy qarshiligi manba qarshiligi va yuklama qarshiligini qo’shgan holda 1 Om ga teng bo’lsa, unda xatolik 9,1% ni tashkil etadi, ya’ni bu juda muhim xatolikdir.
Berilgan misoldan kelib chiqadiki, o’lchash ob’ekti parametrlari va o’lchash vositalarining ma’lum birikmasida etarli darajadagi katta muntazam xatolik vujudga keladi. Shuni ta’kidlamoq kerakki, ushbu misolda tokni ampermetr yordamida o’lchashning tipik sxemasi kelti­rilgan. Misoldan kelib chiqadiki, hatto o’lchash asboblarini o’z vazifasi bo’yicha ishlatganda va tipik sxemalardan foydala­nilganda ham mum­kin bo’lgan metodik xatoliklarni e’tibor bilan baholash kerak bo’ladi.
Agar Om qonunidan foydalanib, ampermetr shkalasidan olingan natijani biror kattalikka oshirilsa, mazkur xatolikni o’lchash natijalaridan bartaraf etish mumkin. Metrologiyada bu jarayon tuzatmani kiritish deb ataladi. O’lchash natijasini va tuzatmani qo’shish yoki ayirish, shuningdek, o’lchash natijasini tuzatma koeffi­tsienti­ga ko’paytirish o’lchash natijasini «to’g’rilash» imko­nini beradi. Ammo buni bajarish har doim ham oson emas. Hattoki, biz ko’rib chiqqan holatda, garchi tuzatma elementar ifoda asosida hisoblansa ham, uni olish muammo bo’lishi mumkin, chunki uning tarkibiga kiradigan hamma qarshi­liklar qiymatlarini aniq bilish zarur bo’ladi. Albatta, qarshilikni o’lchash mumkin, biroq bunda ham xatoliklar bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, echiladigan masala boshqa o’lchash masalasi bilan almashtiriladi, lekin uning echilishi yana ham murakkab bo’lishi mumkin.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish