Shovqin yuklash metodi. Bu metodda o’lchash signali sifatida oq shovqin qo’llaniladi. Bunday signalni ko’p chastotali signalning limiti (chegeraviy holati) sifatida qarash mumkin va u bu jihatdan aloqa tizimlarida uzatiladigan real signallarga eng katta darajada yaqinlashib keladi.
Shovqin signalini nochiziqli o’zgartirish mahsuloti yana shovqin bo’lib, uni o’lchash uchun kirish signalining buzilmagan qismidan ajratish lozim. Buning uchun kirish shovqin signali spektrida polosali to’suvchi filtr yordamida nisbatan tor «darcha», ya’ni signaldan xoli chastotalar polosasi ajratiladi. Bunday shovqin signali o’lchash signali sifatida sinalayotgan ob’ekt kirishiga bog’liq.
Chiqish signali spektrida «darcha», nochiziqli buzilishlar qancha ko’p bo’lsa, shuncha ko’p darajada to’lgan bo’ladi. Bu shovqinning U o’sh.chiq. kuchlanishi tegishli polosali filtr bilan ajratiladi va kvadratik voltmetr bilan o’lchanadi. Shu voltmetr bilan chiqish signalining jami kuchlanishi Ush.chiq ham o’lchanadi.
Nochiziqli buzilishlar koeffitsientining qiymati bu ikki kuchlanishning nisbati kabi aniqlanadi:
. O’lchashlar sxemasi va shovqin spektrlari 7.41-rasmda ko’rsatilgan.
Bu metod bilan o’lchash xatoliklarining quyidagi manbalarini ko’rsatish mumkin:
– shovqin kuchlanishini voltmetr bilan o’lchash xatoligi;
– filtrlarning chastotaviy so’ndirish xarakteristikalarining ideal xarakteristikasidan og’ishi.
Nazorat savollari 1. Chastotani o’lchashning asosiy usullarini sanab o’ting.
2. Chastotani Lissaju shakli bo’yicha qanday o’lchanadi?
3. Chastotani rezonans usuli bilan o’lchash qachon qo’llaniladi?
4. Geterodin chastotalarning ishlash printsipi nimadan iborat?
5. Raqamli chastotamerning ishlash printsipini tushuntirib bering.
6. Raqamli chastotalarda vaqt diagrammalarini tushuntirib bering.
7. Raqamli asboblarda past va yuqori chastotalarda diskret xatoligi o’lchash natijasiga qanday ta’sir etadi?
8. Chastotani va vaqt intervalini o’lchash jarayoni qanday avtomatlashtiriladi?
9. Signal «faza»si tushunchasining ma’nosini tushuntirib bering.
10. Ikkita signal faza siljishi deb nimaga aytiladi?
11. Faza siljishining asosiy usullarini tushuntirib bering.
12. Faza siljishining ostsillografik usullar o’rdamida o’lchash xususiyatlari.
13. Raqamli fazometr qanday ishlaydi? Xatoliklari.
14. Chiziqli zanjirlarning tadqiqoti qanday amalga oshiriladi?
15. AChX panoram o’lchagichining tuzilish sxemasini keltiring.
16. Elektr zanjirlaridagi nochiziqli buzilishlarni o’lchash metodlarini tushuntirib bering.