398
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
oila – umumiylik,
huquqiy guruh – alohidalik va milliy huquqiy tizim –
xususiylik hodisasini aks ettiradi.
Hozirgi dunyo huquqiy tizimlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan murakkab
bo‘lgan huquqiy oila, huquqiy guruh va alohida milliy huquqiy tizimlar tarzida
tasniflash ilmiy afzallik va maqbullikka ega. Bunda huquqiy oilaning tarkibida
yanada aniqroq tasniflash o‘tkazib, uni alohida huquqiy guruhlarga, huquqiy
tuzilmalarga ajratish mumkin. Masalan, roman-german huquqiy oilasi tarki-
bida fransuz huquqi guruhini va german huquqi guruhini ajratish mumkin;
umumiy huquq oilasida – ingliz huquqi guruhini va amerika huquqi guruhini
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Turli mamlakatlardagi huquqiy tizimlarni tasniflashning bir qancha me-
zonlari mavjud:
Vujudga kelish va rivojlanish genezisining umumiyligi. Ushbu tizimlar
tarixan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, umumiy davlat – huquqiy ildiz-
dan o‘sib chiqqan (ular qadimgi davlatlardan o‘sib chiqqan va yagona huquqiy
ibtido, huquqiy prinsiplar va mezon – normalarga tayanadi).
Huquqiy normalarning mustahkamlanish va ifodalanish shakli (man-
balari) ning umumiyligi. Gap huquqni ifodalashning tashqi ko‘rinishi
haqida
bormoqda. Bunda huquq normalari qanday o‘rnatiladi, qaysi manbalarda ifo-
dalanadi (qonundami, sud qarori yoki shartnomadami?), ularning roli va aha-
miyati, nisbati kabilar aniqlanadi.
Strukturasining (tarkibiy tuzilishining) yagonaligi, o‘xshashligi. Dun-
yoning bir huquqiy oilasiga kiruvchi huquqiy tizimlar normativ-huquqiy ma-
terialni joylashtirishning (shakllantirishning) o‘xshash strukturasiga ega. Bu
o‘xshashlik, odatda,
birinchidan, bu mikro darajada, ya’ni
huquqiy normaning
tarkibiy tuzilishi darajasida,
ikkinchidan, makro darajada – normativ material
yirik tuzilmalari (huquq tarmog‘i, subtarmog‘i, qonunchilikning kompleks
tuzilmalari) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) darajasida ko‘rinadi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish prinsiplarining umumiyligi. Bu
prinsiplar ba’zi davlatlarda subyektlarning erkinligi, tengligi g‘oyalarida, odil
sudlovning obyektivligida ifodalansa, boshqa davlatlarda diniy asoslarda namo-
yon bo‘ladi, uchinchi mamlakatlarda – milliy sotsialistik g‘oyalarda ifodalanadi.
Yuridik kategoriya va tushunchalarning, terminlar va yuridik texni-
ka qoidalarining yagonaligi, huquq normalarini tizimlashtirishning birligi.
Huquqiy jihatdan «qarindosh», turdosh bo‘lgan mamlakatlar, odatda, o‘z aha-
miyati va ma’nosi bo‘yicha o‘xshash iboralarni, tushunchalarni ishlatadilar. Bu
hol ularning kelib chiqishi umumiyligi bilan bog‘liq
1
. Shu sababli, bir huquqiy
1
Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М.,
1997. – 509–510-betlar.