396
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
tizim doirasida shakllangan yuridik texnika, huquqiy tizimning prinsiplari va
boshqalar qabul qilinishi mumkin
1
. Qiyosiy huquqshunoslikda va maxsus yuri-
dik adabiyotlarda shakllangan ta’rifga binoan,
huquqiy oila deganda, turli
xususiyat va belgilarning umumiyligi asosida ajraluvchi hamda farqlanuvchi
milliy huquqiy tizimlarning yig‘indisi tushuniladi
2
.
Xalqaro huquq fanida ham «milliy huquqiy tizim» iborasi keng qo‘llaniladi.
Bunda bir mamlakat miqyosida shakllangan va amal qiladigan huquqiy tizim
nazarda tutiladi. Har bir mamlakatda davlat tuzilishi, davlat boshqaruv shakl
va davlat organlari majmui turlicha va ularning huquqiy mustahkamlanishi
(rasmiylashuvi) o‘ziga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy-siyosiy
voqeligiga mos milliy huquqiy tizim qaror topishi tabiiy. Ammo, tarixan o‘zaro
yaqin rivoj topgan qator jamiyatlarda (mamlakatlarda) shaklan o‘xshash va
mazmunan yaqin huquqiy institutlar, huquqiy an’ana, qadriyat va normalar
qaror topadi. Xuddi ana shu huquqiy institutlar, voqeliklar va normalar turli
milliy huquqiy tizimlarning bir huquqiy oilaga uyushishiga asos bo‘ladi. Bun-
dan tashqari, mamlakatda istiqomat qilayotgan xalqning mentaliteti, millat-
ning o‘ziga xos xususiyatlari, qadriyatlari, urf-odati va an’analari ham huquqiy
tizimni shakllantirishga, uning mazmuniga ta’sir o‘tkazadi.
Demak,
«huquq oilasi» huquq tizimi va huquqiy tizimga nisbatan keng
ma’noli tushuncha bo‘lib, ularni o‘z tarkibiga qamrab oladi. Huquq oilasi ba’zan
yuridik adabiyotlarda huquqiy tizim tushunchasi bilan aynanlashtiriladi
3
. Qiyo-
siy huquqshuqshunoslik bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan «huquq oila-
si» atamasi turlicha talqin etiladi. Jumladan, R. David «huquqiy tizimlar oilasi»,
K-O. Ebert va M. Reynstayn «huquqiy doiralar», I. Sabo «huquqiy tizimlar
shakli», S.S. Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» – deb ataydilar.
Huquq oilasi huquqiy tizimlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishiga asos
bo‘luvchi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan, bir necha
milliy huquqiy tizimlarning birligini ifodalovchi dunyo huquqiy voqeligining
eng katta tarkibiy qismidir. Bir qator huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan umumiy
xususiyatni belgilab olish, ularni huquq oilalariga ajratish imkonini beradi.
«Huquq oilasi» kategoriyasi yuridik belgilari o‘xshash bo‘lgan huquqiy tizimlar
guruhini ifodalashga xizmat qiladi. Bu tushuncha o‘zaro o‘xshash yuridik bel-
gilarga ega bo‘lgan huquq tizimlarining nisbiy birligini anglatish uchun xizmat
qiladi va aytib o‘tilgan tizimlarning muayyan tarixiy rivojlanish xususiyatla-
rini, ya’ni tuzilishi, huquq manbalari, yetakchi huquq institutlari va sohalari,
1
Общая Теория государства и права. Академический курс. Т.2. – М., 1998. – 99-bet.
2
Qаrаng: Синюков В.Н. Российская правовая система. Введение в общую теорию. – Саратов,
1994. – 166-bet.
3
Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988.
Do'stlaringiz bilan baham: |