Oraliq nazorat
2-variant
1. Sotsial institutlar.
Sotsial institut "lotincha" institutum, nizom, qoidalar yoki ularning tòplamini, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institut tushunchasi sotsiologiyaga huquqshunoslik fanidan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial intitutlar deyilganda ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar merosxòrlik, oila va nikoh institutlari, mulkka egalik tushuniladi.
Sotsial institut inson faoliyatini boshqaruvchi va sotsial tizim yasovchi rollar va statuslar tizimini yaratuvchi turli rasmiy va norasmiy qoidalar, tamoyillar, me'yorlar, qurilmalarning qat'iy majmuini anglatadi. Sotsial institut - sotsial guruh, sotsial tashkilotlardan farq qilmaydi.
2. Deviant xulq-atvor va sotsial nazorat.
Deviant xulq-atvor - jamiyatda òrnatilgan axloq me'yorlarigamos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bòlib, yolģonchilik, dangasalik, òģrilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, òz joniga qasd qilish va boshqa kòplab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor belgilarining paydo bòlishi insonning ijtimoiy muhitiga ta'sir qiladi. Sotsiologiyada deviant xatti-harakatlar shuni kòrsatadiki, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me'yorlari yordamida hamma narsani tartibga solish har doim ham mumkin emas. Maqsad va imkoniyatlar òrtasidagi nomutanosiblikdan, odamlar natijaga erishish uchun boshqa vositalardan, masalan, noqonuniy usullardan foydalanishadi.
Deviant xulq-atvorning yana bir varianti qòzģalonchilar, inqilobchilar, terrorchilarga xos bòlgan, belgilangan poydevorga qarshi chiqadigan ijtimoiy oģish.
3. Sotsiologiyaning asosiy vazifalari.
Sotsiologiya fanining obyekti bu jamiyatdir.
Predmeti - bu òrganilishi kerak bòlgan muammo (insonlar òrtasidagi axloq va munosabatlar).
Sotsiolog olimlarning turli xil sotsial hodisa va jarayonlarni boshqarish samarasini oshirish bilan boģliq tavsiya va takliflar sotsiologiyaning amaliy funksiyasini tashkil qiladi. Jamiyatni ilmiy asosda boshqarish sotsiologiyaning aynan amaliy funksiyasi bilan boģliq.
Sotsiologiyaning eng asosiy vazifalaridan biri bilim tòplash funksiyasidir. Bu funksiya ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlari, turli sotsial hodisa va jarayonlarning òzgarish tendentsiyasi haqida hamda sotsial tadqiqotlar òtkazish metodlari va metodologiyasini mukammallashtirish bilan boģliq yangi bilim yaratadi va nazariy sotsiologiyani yanada boyitadi.
Sotsiologiya mafkuraviy funksiyani ham bajaradi. Bu funksiya birinchi navbatda tarixiy jarayonni òrganish hamda jamiyat taraqqiyotining istiqbolini, yaqin kelajakdagi rivojlanish maqsadlarini belgilab berishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |