Tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo‘lib, u dastavval keng predmetli faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik u «aqliy» xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi



Download 22,81 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi22,81 Kb.
#768260
  1   2
Bog'liq
MADINA OCHILOVA


Kirish.
Tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo‘lib, u dastavval keng predmetli faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik u «aqliy» xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi. Tafakkur inson bilish faoliyatining oliy shakli sifatida atrof olamni umumlashtirgan holda vositali aks ettirish imkonini beradi, predmetlar bilan hodisalar o‘rtasida aloqa va munosabatlarni tashkil qiladi.
Tafakkur — yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik sub'ektiv bo‘lishi, ya'ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo‘lishi mumkin, lekin sub'ekt tafakkur jarayoni yordamida o‘zi uchun uni yangidan kashf etadi, aks holda biz ko‘proq xotira, o‘tgan tajribalarimizni qayta tiklagan bo‘lamiz. Bolalarni o‘qitishda tafakkurning shu muhim xususiyatini asos qilib olish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshi — psixik rivojlanishning intensiv bosqichi hisoblanadi. Aynan mana shu yoshdan bolada juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya'ni psixofiziologik funktsiyalarning takomillashuvidan boshlab, to murakkab yangi shaxsiy obrazlarning paydo bo‘lishigacha bo‘lib o‘tadigan jarayonlar sodir bo‘ladi. Yangi obrazlarni, xayoliy hodisalarni analiz qilish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xosdir, ammo natijalar hamisha ijobiy bo‘lmasa ham, bolalar faoliyatini tahlil qilganimizda, biz shu narsaga amin bo‘ldikki, bolalar predmetlarni tasavvur qilibgina qolmay, ularning o‘zaro bog‘liqligini ham xayolan tasavvur qilar ekan.
Tasavvurning rivojlanishi, tafakkurning shakllanayotgan jarayoni bilan tavsiflanadi, bu shakllanish bolaning xayoliy tasavvurlarining ixtiyoriy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Bunday imkoniyat 5-6 yoshli bolalarda yanada Yuqoriroq bo‘ladi, chunki bola yangi aqliy harakat usullarini juda tez o‘zlashtirib oladi. Aqliy faoliyatda yangi usullarning shakllanib borishi, tashqi predmetlarning harakatini o‘zlashtirib olishdagi bola xatti-harakati, ta'lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning obrazli tafakkuri rivojlanishi uchun eng maqbul imkoniyat davridir.
4-5 yoshli bolalarda ko‘nikma va malakalarning rivojlanishi hamda shakllanishida intensivlik ko‘zga tashlanadi, bu esa tashqi muhitni o‘rganishga zamin yaratadi. Aql rivojlanishidagi bunday ko‘rsatkich, ko‘rgazmali harakatli tafakkurga «tayyorgarlik davri» hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, bolaning o‘rab turgan atrof-muhitni o‘rganish jarayonida faktlarga asoslangan holda tasavvur va tushunchaga ega bo‘la olishiga ko‘mak beradi. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi, tafakkurning yangi turlari shakllanishiga, ya'ni ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu shu bilan ta'riflanadi-ki, bola muammoli vaziyatlarning echimini tasavvurlar shaklida qabul qilgan holda amaliy harakatlarni qo‘llamaydi. Maktabgacha tarbiya yoshining so‘ngida ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning eng Yuqori formasi–ko‘rgazmali-sxematik tafakkurning rivojlanishi ko‘zga tashlanadi.
Ko‘rgazmali-sxematik tafakkur tashqi muhitni o‘zlashtirib olish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi, ya'ni har xil predmetlarni va hodisalarni umumlashtirishning modeli uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, tafakkurning ko‘rgazmali-sxematik formasi, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning asosiy negizi hamdir.



  1. V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkumi quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko'rgazmali-karakat, kо’rgazmali- obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar.

Korgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar oz oldilarida turgan maqsadlami dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan vechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajraiib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri boglangandir.
Korgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan korgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lugatda" korgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkuming bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning ozi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqi! nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir boianing psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastawal sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tugilishdan tortib, to uning bogcha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda korgazmali-harakat tafakkuri osishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlami amalga oshiradi, amaliy bilimlami ozlashtiradi, natijada korgazmali-
harakat tafakkuri osa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar ozlari oynayotgan oyinchoqlami qollari bilan bevosita ushlab korish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ulami idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va oyinchoqlami ozaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bolaklarga ajratilganlami yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chogda ulami ob'ektni sindirib yoki buzib bolsa ham, ulaming ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli boladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolami hal qilishda kopincha buzib, tuzatish yoli bilan harakat qiladilar. Korgazmali-harakat tafakkuri bogcha yoshiga yetgandan song bolalarda oz qiymatini yoqota boshlaydi.

Download 22,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish