Roman-german huquq oilasi. Ro-
man-german huquq oilasiga Yevropa qit’asida
rim huquqi va mahalliy an’analar asosida
yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U rim
huquqini italyan, fransuz va nemis universitetlarida o‘qitish yo‘li bilan
XII–XVI asrlarda Yustinian qonunlari to‘plami asosida shakllangan, ko‘pgina
Yevropa davlatlari uchun umumiy bo‘lgan yuridik fan sifatida yuzaga kelgan
3
.
Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq
asoslarining yagona iyerarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq so-
halariga bo‘linishi, shuningdek, huquq tizimining sohalarga bo‘linishiga xosdir.
Roman-german huquq oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun kodeks-
lashtirilgan qonunchilik xosdir. Bu mamlakatlarning barchasida yozma konsti-
1
Qаrаng: Российская юридическая энциклопедия. – М., 1999. – 756-bet.
2
Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988. – 39–48-betlar.
3
Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 593-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |