Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet590/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   586   587   588   589   590   591   592   593   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

403

XIX bob.

 Hozirgi dunyo

huquqiy tizimlari

Anglo-sakson huquq oilasida 



yuridik presedent asosiy huquq manbayi 

vazifasini o‘taydi.



Yuridik presedent – ma’muriy yoki sud organining yozma yoki og‘zaki 

qarori bo‘lib, kelajakda xuddi shunday ishlarni ko‘rib chiqishda namuna, etalon 

bo‘lib xizmat kiladi. Yuridik presedent sud va ma’muriy presedentdan iborat 

bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Albatta, huquqiy presedent shakli sifatida sud 

yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratish huquqiga ega bo‘lishi 

mumkin. Bunday hollarda huquq o‘zining murakkabligi va chalkashliklari bilan 

farq qiladi. Bundan tashqari, bunda mansabdor shaxs tomonidan suiiste’mollik 

qilish ehtimoli bor. Shunday qilib, xususiy ishga taalluqli bo‘lgan sud qarorlari 

ikki yoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin: 

birinchidan, sud faoliyati nati-

jasida ma’lum bir hodisani hal qilishi mumkin; 



ikkinchidan, bu sud qarorini 

kelgusida bo‘ladigan hodisalarga ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ikkinchi holda 

esa, sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul 

qilingan qarorga (presedentga) asoslanadi.

Sud qarorlari presedent sifatida quydagicha bo‘ladi: 

birinchisi, ushbu nor-

maning ma’nosini tushuntirib beradi, buni inglizlar declaratory precedent deb 

nomlaydi; 

ikkinchisi, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolganda yangi 

normalar yaratadi, buni inglizlar oriqinal precedent deb nomlaydi. Ikkinchi 

holda ko‘rinib turibdiki, yangi norma haqida so‘z yuritilmoqda. Nima uchun 

sud qarori presedent sifatidagi normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda 

huquqdan tashqari presedent ham katta rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar 

doimo bo‘lib o‘tgan hodisaga asoslanadi, hatto u bir marta sodir bo‘lsa ham 

keyingi harakatlar uchun namuna bo‘lib qoladi.

Konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohasida ham yuqorida aytib 

o‘tilgan hodisalarga, ya’ni oldin bo‘lib o‘tgan hodisalar asosida masalalarning hal 

qilinganini ko‘rish mumkin. Aksariyat xalqaro huquq qoidalari ham presedent 

ta’siri ostida vujudga keladi. Agar sud qarorlari asosida majburiy normalar 

ahamiyati tan olinsa, buning uchun tegishli asoslar bo‘lishi kerak. Bunda 

sudning aholi orasida hurmatga sazovor bo‘lishi, ya’ni, bitta ish yuzasidan 

qabul qilingan qarorni ikkinchi bir ishga ham ta’sirini o‘tkazish uchun emas, 

balki boshqa bir muhim asoslari bo‘lishi kerak, chunki sud qarorlari alohida 

ishonch yaratishi kerakki, bu sudga bo‘lgan hurmatni bildiradi. Bu shundan 

guvohlik beradiki, sud qarorining obro‘si uning faqat axloqiy asosga tayan-

ganligidan emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham o‘z faoliyatida 

asoslanganidan dalolat beradi. Muhimi, sudning qarori davlat hokimiyati 

tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va uning nuqtayi nazariga moslashishi zarur, 

agar uni qo‘llash oqibatida noqulay holat kelib chiqmasa, sud qaroriga itoat 

etiladi.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   586   587   588   589   590   591   592   593   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish