Qishloq xo‘jalik huquqi – qishloq ho‘jaligi shirkatlari, fermer
xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ijara xo‘jaliklarining tashkil etilishi va faoliyat
ko‘rsatishi, ularning boshqa xo‘jalik subyektlari hamda davlat organlari bilan
o‘zaro munosabatlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatdan foydalanish
va unga haq to‘lash tartibi, daromadni taqsimlash tartibiga doir munosabat-
larni tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, bozor muno-
sabatlarining qishloq xo‘jaligiga tobora kirib borishi va mustahkamlanishi bu
huquq tarmog‘ining ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Qishloq xo‘jalik huquqi normalari qonunlarda, normativ hujjatlarda va
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tashkiliy shakllarining Namunaviy nizomlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |