Milliy va umuminsoniy ma’naviyat, ularning o’zaro munosabati. Reja



Download 27,04 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi27,04 Kb.
#545549
  1   2   3
Bog'liq
Milliy va umuminsoniy ma


Milliy va umuminsoniy ma’naviyat, ularning o’zaro munosabati.
Reja:


  1. Milliy ma‘naviyat va uning xususiyatlari. Milliy ong va ma‘naviyat.

  2. Umuminsoniy ma‘naviyat tushunchasi, umuminsoniy va milliy madaniyatlar.

  3. Bozor munosabatlari sharoitida millatlararo madaniy-ma‘rifiy muno-sabatlarning kengayishi va chuqurlashuvi.

  4. Milliy maxdudlik va ayirmachilikning zararli oqibatlari.



Milliy ma‘naviyat va uning xususiyatlari. Milliy ong va ma‘naviyat.
Ma‘lumki, O’zbekiston Mustaqillikni kulga kiritgach dastlabki kunlardanok ajdodlarimiz tomonidan kup asrlar mobaynida yaratib kelingan goyat ulkan bebaxo milliy ma‘naviyat va madaniy me‘rosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash davlat siyosatiga aylandi. Shuni xisobga olib, ma‘naviyat va uning mazmun-mohiyatini o’rganish katta ahamityat kasb etadi.
Ma‘naviyatni jamiyat hayotida amal qilish doirasiga kura to’rt guruxga bo’lish mumkin: shaxs ma‘naviyati, milliy ma‘naviyat, mintakaviy ma‘naviyat, umuminsoniy ma‘naviyat. Shaxs ma‘naviyati aloxida shaxsga tegishli bulib, uning ichki ruxiy xolati, xatti-harakati, axlok odobi, o’zini-o’zi anglashi kabi munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Milliy ma‘naviyat to’g’risida gap ketganida eng avvalo, «millat» tushunchasi mazmunini bilish kerak bo’ladi. «Millat» so’zi «o’zak», «negiz» yoki arabchada «kavm», «Xalq», «masxab» kabi ma‘nolarni anglatib, ma‘lum bir etnik birliklarning o’ziga xosligini bildiruvchi mazmunga egadir. Kur‘oni Karimda va Xadisi shariflarda ham xar bir millat o’z qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish deb kayd kilinadi.
Mintakaviy ma‘naviyat ma‘lum bir jugrofiy yakin mintaka Xalqlariga xos umumiy bo’lgan ma‘naviy xususiyatlar bulib, turli elatlar umumiy birligi bir biriga yakinligi, turmush tarzi va milliy hayot sharoitida uxshash jixatlari mavjud bo’ladi. Masalan Urta Osiyo Xalqlari, slavyan Xalqlari, arab mamlakatlari, forsiy yoki xitoy, koreys millatlaridagi ma‘naviy uxshashliklarni kurish mumkin. Ularning umumiy birligi, turmush tarzidagi mushtarakliklar ko’zga tashlanadi..Milliy ma‘naviyatning shakllanishi ma‘lum bir millat tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanadi. Millat mavjud ekan, milliy ma‘naviyat saklanib, rivojlanib, boyib boradi. Milliy ma‘naviyat eng avvalo milliy ong rivojlanishi bilan boglik bulib, bu esa o’z navbatida milliy o’zlikni anglash bilan xarakterlanadi.
Milliy ma‘naviyatning asosiy o’zagi milliy axlok xisoblanadi. Milliy xis-tuygu, milliy manfaatlar ham milliy ma‘naviyat tarkibiga kiradi. Milliy ma‘naviyat yoki qadriyatlar murakkab ijtimoiy, ruxiy xodisa bulib u millatning tili, madaniyati, tarixiy urf-odatlari, an‘analari, axlokiy, diniy kabi qadriyatlar singari ma‘naviy boyliklari hamda, ijtimoiy siyosiy hayotning barcha tomonlarini kamrab oladi. Demak milliy ma‘naviyatni muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan ma‘naviy boyliklarini tashkil etadi.
Insonda milliy xis tuygu mavjud bulib, unda millatning tarixi, ruxiyati, xozirgi xolati va xususiyatini xis qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy gurur iftixor va ong bulmasa, u o’zini kaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning malliy ma‘naviyatini anglashni tasavvur qilishi kiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabat, milliy xis tuygu, milliy qadriyatlar, milliy gurur umuman milliy ma‘naviyat mavjud bo’ladi.
Milliy ma‘naviyat millatning o’zligini anglab olishida yordam beradi. O’zligini anglagan millat kuchli va erkin davlat barpo eta oladi, o’z Vatanining tarixi, adabiyoti, san‘ati, madaniyati va jaxon tsivilizatsiyasiga kushgan xissasini biladi va u bilan faxrlanadi. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomillashgani sari milliy manfaatlar, milliy qadriyatlar kurinishidagi ma‘naviyat mustaxkamlanib boradi. Shu sababli millatni milliy qadriyatlardan maxrum etishga urinish tarix va insoniyat oldidagi jinoyatdir.
Milliy ma‘anaviyat mazmunida xar bir insonda ona yurtga muxabbat va sadokat tuygusi karor topishi, shu zaminga egalik qilish, Vatanni ximoya qilish, o’z ona tilini, madaniyatini, san‘atini sevishi, uni avaylab asrashida nomoyon bo’ladi. Chunki xar bir Xalqning ona tili, shu Xalqka kuch-kuvvat, ruxiy barkamollik, ijodiy faollik berib faxr-iftixorini shakllantiradi. Shu sababli til Xalq ma‘anviy hayotining asosidir. Milliy til rivojlanmasa, milliy ong, milliy gurur, milliy madaniyat tarakkiy etmaydi. Demak, shaxs ma‘naviy kamolotining zarur shartlaridan biri o’z ona tilini bilishidir.
Milliy ma‘naviyat tarkibiga milliy sport turlari ham kiradi. O’zbek milliy sport uyinlaridan o’zbek milliy kurashi ham millatimiz faxri, or-nomusi bulib xisoblanadi. Ming yillar davomida o’zbek Xalqining sevimli milliy sport turi sifatida ma‘naviy rivojlanishimizda, dunyoga tanilishimizda katta ahamiyat kasb etadi. Xullas, xozirgi sharoitda sog’lom avlodni jismoniy va ma‘naviy kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadigan milliy o’zbek sport uyinlari, shu jumladan, o’zbek milliy kurashini rivojlantirish ma‘naviy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy ma‘naviyat deganda konkret bir millatga xos bulib, umuman milliy ahamiyat kasb etgan e’tiqod va qadriyatlar darajasiga kutarilgan tushunchalar, me‘yorlar, ijtimoiy muljallari, badiiy va ilmiy, falsafiy, diniy merosi urf odatlarda o’z aksini topgan tizimi hamda shu millatni muayyan maqsadlarga erishish uchun yunaltirilgan milliy iroda, milliy gurur va or nomusdan shu millatning asl mavjudligini taminlaydigan akliy xissiy va ruxiy mafkuraviy muxitdan tashkil topadi.Shu nuqtai nazardan o’zbek Xalqining milliy ma‘naviyatning shakllanishida Turkiston tarixiy muxitda mavjud bo’lgan iqtisodiy-ijtimoiy, diniy-falsafiy va mafkuraviy asoslar sabab buldi. Ulardan islom dini, Kur‘oni Karim, Xadisi sharif shariat me‘yorlari bilan islomgacha bo’lgan turli diniy ta‘limotlar ta‘sirida milliy xarakterimizdagi murosasozlik, yoshi kattalar va boshliklarga kulok solish, bolalarga gamxurlik, o’zining manfaatlari bilan jamoatchilik, kavm-karindoshchilik, el-ulus manfaatlari uygunlashuvi, intizomli bo’lish, poklik xalollik, rostguylik, xayrxoxlik, izzat xurmat, mexr-oqibat, diyonat, burch, iymonlilik kabi ma‘naviy me‘yorlar bilan xarakterlanadi. Demak o’zbek milliy ma‘naviyatimiz shakllanishida Osiyo ishlab chikarish usuli va islom an‘anaviy tarbiya ta‘siri sezilarli bo’lgan. Mana shu ijobiy xususiyatlarni ko’zda tutib, Prezident I.A.Karimov o’zining «Istiqlol va ma‘naviyat» kitobida ta‘kidlaganidek «O’zbek Xalqi azaldan jamoa tuygusiga moyil. Bizlar tuyda ham azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-birining xolidan xabar olib kattaning xurmatini, kichikning izzatini joyiga kuyib, beva bechoralarning, yetim-esirlarning boshini silab, odamgarchilikni barcha narsadan ustun kuyib yashagan insonlarning farzandlari bulamiz», deb kayd kilgan edi.
I.Karimov yana davom etib «Yuksak ma‘naviy burchlar kecha yoki bugun uylab topilgan emas: Ular insoniyatning ming yillik tarixi, ota bobolarimizning necha-necha ajdodlari tajribasi davomida yo’zaga kelgan», deb yozadi.
Demak milliy manaviyat deganda xar birimizda ona yurtga muxabbat va sadokat tuygusi karor topishi shu zaminga egalik qilish o’z ona tilini madaniyatini san‘atini, milliy sport uyinlarini sevishi, uni avaylab asrashda namoyon bo’ladi. Xar bir Xalqning ona tili shu Xalqka kuch kuvvat, ruxiy barkamollik, ijodiy faollik, berib fax iftixorni shakllantiradi. Shu sababli til Xalqning milliy ma‘naviy hayotining asoslaridan biri. Milliy til rivojlanmasa, milliy ong, milliy gurur, milliy madaniyat tirakkiy etmaydi. Demakki, shaxs madaniyati kamol topishining zarur shartlaridan biri o’z ona tilini bilishidir.
Milliy ma‘naviyat millatning o’zligini anglab olishiga yordam beradi. Milliy jixatdan o’zligin, o’z Vatani tarixini, adabiyoti, san‘ati, madaniyati va jaxon tsivilizatsiyasiga kushgan xissasini va ularni tarbiyalab yetishtirgan allomalarni biladi, kadrlaydi o’z vatanini sevadi va u bilan faxrlanadi. Milliy o’zlikni anglash olamni bilish, mamlakati va millati oldida turgan asosiy maqsadlarni tushunib yetadi va uni amalga oshirishda kumaklashadi. Milliy ma‘naviyati boy kishi takabbur, manman bulmaydi. Sadokatli, saxovatli, mexrli va kamtar bo’ladi. Demak milliy ma‘naviyatga xurmat bilan karashi ma‘naviy boyliklari taraqqiyoti uchun xizmat kiladi
O’zbek Xalqining malliy ma‘naviyatiga salbiy ta‘sir kursatgan ayrim omillar sovet davri bilan ham bog’liqdir. Sovet davrida mulkni davlatlashtirish, kishilar mulkidan begonalashuvi natijasida kazarma shaklidagi sotsializmning kurilishi taksimotdagi tekischilik turmushida maxsulotning yetishmasligi kabi faktorlar ijtimoiy ong va insoniy munosabatlarga putur yetkazadi. Sovet davridagi totalitar to’zum kishilarimiz ongini, dunyokarashi, axlokiy etnik qadriyatlarni o’zgartirdi. Ayniksa shaxsga siginish yillaridagi terror va repressiya hamda turgunlik yillari soxta muxiti kishilar ma‘naviyatiga salbiy ta‘sir kildi. Natijada jamiyatda ikkiyo’zlamachilik, kalloblik bilan so’z birligining bulmasligi sirtdan doxiylarni maktash, ijtimoiy beparvolik, lokaydlik, mexnatsiz bokimandalik kayfiyatida yashashga intilish, ta‘magirlik, kishilar davlatni, bir-birini aldashi kabi ma‘naviy muxit shakllandi. Bunday sharoitda ezgulik, go’zallik, xalollik, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolatparvarlik, imonlilik kabi o’zbek milliy ma‘naviy tushunchalar ham deformatsiyaga uchradi.
Insof va diyonat tuygulari ta‘sirsizligi axlokiy va huquqiy me‘yorlarni mensimay shaxsiy xudbinlik egallay boshladi. Faqat moddiy manfaatdorlik ustun bulib koldi. Kommunistik ideyalarga ishonch yo’qolib bordi. Uning o’rniga ugirlik, ta‘magirlik, yulgichlik kayfiyati shakllandi.
Umuman sovet davrida ma‘naviy madaniyatga ham tor sinfiylik va kurashchan ateizmning joriy qilinishi, milliy madaniyat, ijtimoiy ongning bir tomonlama rivojlanib kommunistik mafkuraning uta me‘yorliligi va dogmalashuvi ma‘naviyatimiz kashshoklashuviga olib keldi. Mustamlakachilik sharoitida Xalqimizning kamsitilishi, milliy kaxramonlarimiz (A.Temur va boshkalar) joxil, konxur qilib kursatilib milliy gururimizga ancha putur yetkazildi. Ma‘rifatli kishilarning katagon qilinishi, nodir ilmiy va diniy kitoblarning takiklanishi, turli xil «O’zbeklar ishi» kabi baxonalarda Xalqimizda ijtimoiy kurkuv vujudga kelishi natijasida siyosiy lokaydlik, beparvolik shakllana bordi.
Ayniqsa «Sovet Xalqi» deb atalmish tushuncha orkali milliy xususiyatlarini yo’qotish tarixiy birlik asosida rus Xalqi bilan assimilyatsiya qilish maqsadida biynalminallashtirilib borildi. Bu esa asta-sekin milliy nigilizm kurinishi bo’lgan ona tilini yaxshi bilmaslik, milliy qadriyatlar, milliy manfaatlarga bepisandlikda bo’lish vujudga kela boshlagan edi.
Bugungi Mustaqillikni mustaxkamlash uchun erkinlik, davrimizga mos, istiqlol mafkurasiga xos dunyokarash, axlokiy, estetik va ma‘naviy munosabatlarni takomillashtirish, o’zbek tilimizni yanada boyitish davr talabidir.


Download 27,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish