320
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
mustahkamlangan. Bu normalar hali kodekslashtirilmagan. Mazkur huquq
tarmog‘ining asosiy usuli dispozitiv xususiyatga ega bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash, muhofaza qilish,
tavsiya etish, yordam ko‘rsatish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Mehnat huquqi normalari mehnat munosabatlarining vujudga kelishi,
o‘zgarishi va barham topishining shartlarini, ish vaqti hamda dam olish vaqti
muddatining davomiyligini belgilash, mehnat muhofazasi, mehnat intizomiga
doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari sub-
yektlariga ish beruvchi, ishchi va xizmatchilar, davlat organlari, muassasalari,
korxonalari va jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari kiradi. Mazkur tar-
moqning normativ manbayi – Mehnat kodeksidir. Mehnat huquqining mehnat
munosabatlarini tartibga solishda qo‘llaydigan uslullari bo‘lib, rag‘batlantirish,
tegishli shartnomalarga normativ hujjat tusini berish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |