315
XV bob.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
sohalarini ajratishning mezoni hisoblanadi. Ommaviy huquq doirasiga dav-
lat manfaatini muhofaza etuvchi huquqiy normalar, xususiy mulk sohasiga
esa, alohida shaxslar manfatini himoya qiluvchi normalar kirgan. Shunisi
e’tiborga molikki, Rimda ommaviy va xususiy huquq ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishning xususiyatiga ko‘ra ancha farqlangan. Xususan, ommaviy
huquq uchun jus publicum privatorum pactis mutari non protest, ya’ni om-
maviy huquq normalari alohida shaxslarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi
mumkin emas, degan tamoyil xos bo‘lgan. Bunday normalar imperativ nor-
malar, deb atalgan. Ya’ni, so‘zsiz, majburiy, hokimona buyruq xususiyatiga
ega bo‘lgan normalar.
Xususiy huquq uchun esa, vakolat beruvchi normalar xos bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |