Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet448/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

313

XV bob.

 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.

Qonunchilikni tizimlashtirish

Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo‘lib, u ijti-

moiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, huquq ins-

tituti huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, 

u ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga soladi. Demak, agar 

huquqiy norma huquqiy materiyaning birlamchi elementi bo‘lsa, huquq 

instituti esa, uning dastlabki huquqiy umumlashmasidir. Har bir tarmoq 

o‘z ichiga bir qator institutlarni qamrab oladi va ular tarmoqning tarkibiy 

qismi, bo‘lagi, bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lib, ayni paytda, muayyan mus-

takillikka ega. Zero, ular ma’lum darajada mustaqil masalalarni tartibga 

soladi. Huquq institutlariga misol qilib, ma’muriy huquqda – mansabdor 

shaxs instituti; fuqarolik huquqida – da’vo muddati, shartnomalar, oldi-sotdi 

institutlari; konstitutsiyaviy huquqda – saylov tizimi, fuqarolik instituti; 

jinoyat huquqida – zaruriy mudofaa instituti; oila huquqida – nikoh instituti 

va boshqalarni keltirish mumkin.

Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Eng avvalo, biz 

ularni huquq tarmoqlari bo‘yicha ajratamiz: ma’muriy huquq institutlari, fuqa-

rolik huquqi institutlari va shu kabilar. Demak, qancha huquq tarmog‘i bo‘lsa, 

shuncha yo‘nalishdagi huquq institutlari majmui mavjud. Bunda huquq 

tarmoqlari institutlarni turlarga ajratish mezoni vazifasini o‘taydi. Hayotda 

shunday bo‘ladiki, muayyan bir ijtimoiy munosabat bir huquq tarmog‘iga oid 

institut bilan tartibga solinib qolmay, bir necha tarmoqqa tegishli institutlar 

bilan tartibga solinishi mumkin. Shu munosabat bilan ular tarmoq institutlari 

va tarmoqlararo institutlar hamda 

oddiy va murakkab (kompleks-majmuaviy), 

regulyativ (tartibga soluvchi), qo‘riqlovchi va ta’sis etuvchi (mustahkamlovchi) 

institutlarga ajraladi.



Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartib-

ga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui. 

Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi 

va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Ta’kidlash joizki, 

ba’zi adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy 

elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi va subinstitutlar ham 

ajratiladi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga unga bo‘lgan 

obyektiv zarurat asos bo‘lib hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘z vaqtida 

anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Huquq tarmog‘i qonun chiqaruvchi or-

gan tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliy ehtiyoj mahsuli 

sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar u yoki bu sohasining sifat jiha-

tidan turdoshligi muayyan huquq tarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi. 

Shu bois, u yoki bu huquq tarmog‘ining mavjudligi yoki mavjud emasligi 

huquqiy tartibga solishga «muhtoj bo‘lgan» ijtimoiy munosabatlarning te-





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish