Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet444/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Yuridik faktlar

5-§.


305

XIV bob.

 Huquqiy 

munosabatlar

H

uq

uq

iy

 m

u

n

о



b

аt

H

u

q

u

q

iy m

un

о







оb

ye

k

ti

Is

h

ti



kc

h

il

а

rni

n

g

 

х

u

lq



tv

о

ri v

а un

in



о

q

ib

аt



ri

Hu

qu

q

iy

 v

а

k

о



t

S

u

b

y

ek

ti

v h

uq

uq

  



 m

а

jb

u

ri

y

a

tl

а

r

Hu

qu

q

 s

u

b

y

ek

ti

Y

ur

id

ik f

а

k

t

H

ar

ak

a

t

Ho

d

is

a

M

о

d

d

iy о





n

е’



tlа

ri

Y

ur

id

ik m

а

jb

ur

iy

a

t

Y

ur

id

ik 

sha

xs

Ji

sm

о

n

iy

 

shа

хs

M

а’

n

а

v

iy i







hs

u

li

S

h

а

х

siy

 n

о

m

u

lk

iy

 

n

е’



tlа

r

H

uq

uq

iy

 m

u

n

o

sa

b

at

 t

a

rk

ib

i

20–18-8



306

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha vo-

qeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda 

turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi 

ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt 

deb e’tirof etish davlatning xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy mu-

nosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi. 

Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi.



Yuridik faktlar – huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni 

vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir. 

Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim 

rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan aniq 

huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. 

Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti), sub-

yektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy munosabatlarning 

zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-

sining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning 

oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga 

yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt 

mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – uning kirish imtihonlarini muvaf-

faqiyatli topshirishi, tanlovdan o‘tishi va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qa-

bul qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida 

huquqiy munosabat kelib chiqadi. 

Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. 

Masalan, nikohni FHDYo (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuri-

dik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mus-

tahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati) 

mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois, u yuridik fakt 

bo‘la olmaydi. 

Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. 

Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: 

huquq-

ni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga 

bo‘linadi.

Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham 

huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Ma-

salan, insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib 

chiqishiga sabab bo‘la oladi, shu choqqacha mavjud bo‘lgan huquqiy muno-

sabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu 

munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy 

munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi.



307

XIV bob.

 Huquqiy 

munosabatlar

Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga: 



yuridik 

hodisalar va yuridik harakatlarga bo‘linadi. 

Hodisalar – tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularning yuz berishi 

kishilarning erku irodasi, ongi va ehtiyojiga bog‘liq emas. Masalan, yer qimir-

lashi, bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi, yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va 

boshqalar. Mazkur hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosa-

batlarga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar, 

deb tan olinadi. Odatda, hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’sir etadi. 

Masalan, yong‘in tufayli uy-joyiga zarar yetgan shaxs bilan tegishli davlat 

idoralari, jumladan, sug‘urta idoralari o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi.



Harakatlar – huquqiy munosabat ishtirokchilari irodasi bilan bog‘liq faktlar. 

Ular bir necha turga ajraladi: 



huquqqa muvofiq va huquqqa xilof harakatlar. 

Amaldagi qonun normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar 

bilan tartibga solinadigan harakatlar 

huquqiy (huquqqa muvofiq) harakat-

lar, deb ataladi. Huquqiy normalar talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar 



huquqqa xilof (g‘ayriqonuniy) harakatlar hisoblanadi.

Huquqqa zid harakatlar o‘z mazmuni va xususiyatiga qarab 



jinoiy, 

ma’muriy, fuqarolik va intizomiy-huquqiy bo‘lmagan harakatlarga bo‘linadi. 

Huquqiy bo‘lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib 

chiqaradi. Masalan, jinoyat sodir qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib 

chiqadi.


Huquqqa muvofiq harakatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:

– yuridik aktlar;

– yuridik xatti-harakat.

Yuridik aktlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibat-

larni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi. Bunday harakatlarda huquq 

va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va barham toptirishga qara-

tilgan xohish ifodalandi. Masalan, fuqarolik huquqiy bitimlari, ma’muriy aktlar 

shunday aktlar sirasiga kiradi. 

Yuridik xatti-harakat kishilar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishi-

ni atayin ko‘zda tutmagan holda sodir etiladi, biroq bunday oqibatlar qonunda 

nazarda tutilganligi tufayli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy 

asar yaratdi, deylik. Bunda ijodkorning huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishni 

istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabat-

lari paydo bo‘lishini shart qilib qo‘ygan. Demak, ijod mahsulining yaratili-

shi – yuridik faktdir.

Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuri-

dik ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko‘zlab o‘zicha ish 

ko‘rishdir.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   440   441   442   443   444   445   446   447   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish