304
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
o‘zganing manfaati bilan bog‘langanligini anglashdir». Inson o‘z xulq – atvori-
ni unga tashqaridan bo‘ladigan talablarga muvofiqlashtirishga majbur qilinadi.
Majburiyatning mohiyati ana shundadir. Huquqning talabi kimga qaratilgan
bo‘lsa, o‘sha shaxsni yuridik majburiyat o‘tovchi deb hisoblash lozim. O‘z ta-
biati va ta’biga ko‘ra harakat qilmoqchi bo‘lgan shaxsning irodasiga qonunda
nazarda tutilgan omillar ta’sir etib, uni o‘z majburiyatini anglashga majbur
qiladi
1
.
Subyektiv yuridik majburiyat quyidagilarda ifodalanadi:
–
taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish (bunda maj-
buriyat o‘tovchi shaxs passiv bo‘lib, subyektiv huquq amalga oshishiga xalal
bermaydi);
–
muayyan xatti-harakatlarni sodir etish (bunda majburiyat o‘tovchi
shaxsdan faol harakat qilish talab etiladi, toki huquqiy munosabat boshqa
ishtirokchisining subyektiv huquqi ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yaratilsin).
Yuridik majburiyatni bajarmaslik oqibatida yuridik javobgarlik kelib
chiqadi. Yuridik majburiyatni bajarmagan shaxsga nisbatan davlat majburlov
chorasini qo‘llaydi, ya’ni jazoga duchor etadi.
Shunday qilib, subyektiv huquq va yuridik majburiyat o‘zaro chambar-
chas bog‘liqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud bo‘lmaydi. Va aksincha, biron-bir
huquqqa mos kelmaydigan majburiyat bo‘lmaydi. Aynan bir faktik xulq-atvor,
xatti-harakat bir vaqtning o‘zida bir tomon uchun – huquq, ikkinchi tomon
uchun – majburiyat hisoblanadi. Masalan, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik
tufayli oshirilgan haq to‘lash ma’muriyat uchun – majburiyat, xodim uchun –
huquqdir.
Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari
huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qo-
nuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi
aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish son-sanoqsiz huquqiy munosabatlar
muntazam ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi.
Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq,
huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi.
Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlari-
ni, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning
mavjudligi
yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan
bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi
sifatida maydonga chiqadi.
1
Qаrаng: Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. Вып. 3.1911. – 619–620-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |