256
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
yatini ham belgilab beradi. Ijtimoiy munosabatlar ancha uzoq muddat mavjud
bo‘lgandagina, ularga xos umumiy va barqaror belgilar tipik ma’no kasb etadi.
Bu barqarorlik huquq normasida mustahkamlanib, ularga doimiylik, izchillik
baxsh etadi. Huquqiy normalar modellashtirayotgan ijtimoiy munosabatlar
notipik bo‘lib qolgan taqdirdagina o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
To‘rtinchidan, huquq normalari umummajburiy xususiyatga ega. Huquq
normasining bu xususiyati unga og‘ishmay rioya qilish va ijro etish hamda in-
son xulq-atvoriga davlat, jamiyat va ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum mu-
nosabat bildirilishini ko‘zda tutadi. Agar xulq-atvor yuridik norma talabalarga
muvofiq kelsa, munosabat ijobiy bo‘lishi mumkin yoki norma talablari buziladi-
gan bo‘lsa, salbiy aks ta’sir yuz berishi mumkin. Huquqiy normaga, umuman
huquqqa rioya qilish va uni ijro etish ichki va tashqi omillar bilan ta’minlanadi.
Shunday qilib,
huquq normasi – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki
ma’qullangan, bajarilishi hamma huquq subyektlari uchun umummajburiy
bo‘lgan, davlatning majburlov kuchi bilan muhofazalanadigan, ijtimoiy muno-
sabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini o‘zida mujassam etgan va
aniq shaklda ifodalangan xatti-harakat mezoni, yurish-turish qoidasidir.
Huquq normasining struktura-tuzilishini
ochishda uning statik (turg‘un) holatidan tashqa-
ri, dinamik (jo‘shqin) vaziyati hamda funksional
(harakatdagi) jihatlari muhim rol o‘ynaydi.
Huquq normalarining shunday funksional aloqalari mavjudki, ular
huquqning ichki birligini ta’minlash va izohlash uchun xizmat qiladi. Huquq
muayyan murakkab funksional tizimdir. Undagi alohida normalarning har biri
huquqiy tartibga solish jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ularning har biri
predmet hamda vazifasi bo‘yicha ixtisoslashib, bu jarayon esa ular o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlikni nazarda tutadi. Bular: subordinatsiya aloqalari (bir nor-
maning undan yuqori turuvchi boshqasiga «bo‘ysunushi»); huquq normalari
o‘rtasidagi aloqalar; huquq funksiyalari asosida vujudga keladigan muhofaza-
lovchi aloqalar ushbu bog‘liqlik mahsuli hisoblanadi.
Bulardan birinchisi huquq normalarining ongli-irodaviy mazmuni bo‘lib,
ularda muayyan
tafakkur, ong (qonun chiqaruvchi avvaldan dasturlashtir-
gan ijtimoiy munosabatlar modellari) hamda
irodaviy (qonun chiqaruvchi-
ning muayyan munosabatlarning real mavjudligini faol asoslashi) holatlar-
ning mavjudligi bilan izohlanadi. Huquq normalarining yuridik mazmuni esa,
har ikki holatni ham rasmiylashtiradi, ularga yuridik o‘ziga xoslik, huquqiy
tabiat bag‘ishlaydi. Huquq normalarining yuridik mazmuni ularning o‘zida ifo-
Do'stlaringiz bilan baham: |