254
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Huquq normasi huquq subyektiga muayyan huquqlarni bergan taqdirda
ham davlatning amr-irodasi saqlanib qoladi, chunki bu iroda huquq subyek-
tining huquqlari kafili sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasi mazmunan
va ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra davlat amri-irodasini ifodalagani uchun uning
bu belgisi, o‘z navbatida, huquqiy normaning ifodalanish shakliga qat’iy talab
qo‘yadi. Shu sababli, huquqiy normalar shaklan aniqlikka ega bo‘ladi. Huquqiy
norma qonunlarda, shu kabi boshqa rasmiy normativ-huquqiy hujjatlarda mus-
tahkamlanadi, zero, huquq normasini to‘g‘ri tushunish va o‘rinli qo‘llash uchun,
u albatta puxta ishlangan, aniq va ixcham shaklda ifodalangan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar ichida huquq nor-
masi o‘zining aynan shu jihati, ya’ni shaklan aniq qoida ekanligi bilan ajralib
turadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida huquq normasining quyidagi o‘ziga xos bel-
gilarini ta’kidlash mumkin:
Birinchidan, jamiyat, shaxs yoki ijtimoiy guruh uchun qadr-qimmatli
bo‘lgan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bunda, birinchi
navbatda, normadagi adolat va erkinlik g‘oyalari bilan belgilanadigan ijtimoiy
munosabatlar huquqiy idrok etish va qonuniy mustahkamlash predmeti bo‘ladi.
Bunda huquqning ijobiy munosabatlarni mustahkamlash funksiyasi namoyon
bo‘ladi.
Shu bilan birga, jamiyat, shaxs manfaatlarini qo‘riqlash maqsadida ba’zan
salbiy, noxush ijtimoiy xulq-atvor ham huquqiy norma ta’siriga tushadi, lekin
o‘z-o‘zidan emas, balki nizoli vaziyatlarni tartibga solish vositasi orqali aks
etadi. Yuridik normalarda ijtimoiy voqelik, uning yo‘nalishlari va rivojlanish is-
tiqbollarini aks ettirishning murakkabligi, hatto nobop normalar qabul qilishga
olib kelishi mumkin. Huquqda ijtimoiy voqelikni aks ettirish subyektiv bo‘lib,
davlatning huquq ijodkorligi bilan shug‘ullanuvchi organlari faoliyati ilmiylik
prinsiplariga har doim ham asoslanavermasligi bois xato normalarning paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarda aks ettiriladigan ijtimoiy munosa-
batlarning ahamiyati, muhimligi darajasi normaning qonunchilik iyerarxiyasida
egallaydigan o‘rnini belgilaydi. Eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi normalar yuridik kuchi jihatdan yuqori nufuzga ega bo‘lgan normativ-
huquqiy hujjatlar – konstitutsiyalarda, konstitutsiyaviy qonunlarda, qonunlarda
ifodalanadi.
Ikkinchidan, huquq normasi tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat-
larning modeli sifatida namoyon bo‘ladi.
Modellashtirish – bu ongda ijtimoiy
reallikning andozasini in’ikos etish, vujudga keltirish yo‘li bilan tabiiy va ij-
timoiy hodisalarni idrok etish jarayonidir. Qonun chiqaruvchi organ «ongida»
Do'stlaringiz bilan baham: |