255
XII bob.
Huquq
normasi
shakllantirilgan ijobiy xulq-atvorning namunaviy variantlari, ijtimoiy hodisalar
haqidagi tasavvurlar modeli shaklida ifodalanadi. Modelni ifodalash vositalari
turli-tuman: tabiiy til vositasi, formulalar, konstruksiyalar, raqamlar va hoka-
zolardir.
Huquqiy norma faqat xulq-atvor emas, balki ijtimoiy munosabatlarning
holati, ularning xususiyatlari, obyektiv va subyektiv tarkiblarini ham model-
lashtiradi. Bunda u huquqiy holat va tushunchalar, huquqiy tartibga solish
chegaralari, usullari, prinsiplari haqida, huquqqa muvofiqlik va huquqqa zidlik,
huquqiylik va nohuquqiylik haqida axborot yetkazadi. Ijtimoiy munosabatlarning
modeli sifatida normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan yuridik normalar
ijtimoiy voqealikning yaxlit manzarasini aks ettiradi. Shuning uchun ham har
qanday mamlakat va davrning qonunchilik yodgorliklarini o‘rganish – shu
davr davlati, jamiyati va hayoti, turmushi va huquqi haqida ancha ishonchli
axborot beradi. Huquq normasi o‘zidagi mavjud axborot, shuningdek ijtimoiy
munosabatlarni modellashtirishda alohida ahamiyat kasb etishi tufayli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega. U ijtimoiy munosabatlarni
aks ettirganligi bois unga muayyan mazmun va ifodalanish shakli xos bo‘ladi.
Uchinchidan, ijtimoiy jarayonlar, holatlar va aloqalarning takrorlanishi
tufayli huquq normasi ularning tipikligini aks ettiradi hamda mustahkamlaydi.
Odatda, tip jihatidan mansublik mavjud munosabatlarga xos bo‘ladi, lekin u
yangidan shakllanayotgan, kelgusida takrorlanib turishi ehtimol tutilgan ijti-
moiy aloqalarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
Tipiklashtirish – murakkab
tafakkur jarayoni bo‘lib, umumlashtirish, holatlarining muhim belgilarini aniqlash
va ahamiyatsiz belgilarni bo‘rttirmaslikni nazarda tutadi. Huquqiy normaga
nisbatan esa tipiklashtirish muayyan vaziyatlardagi huquqiy hodisa yoki
inson xatti-harakatidagi muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatishda ifodalanadi. Bu
huquqiy holatlarda (shaxsning individual belgilaridan tortib, uning ayrim
fe’l-atvorigacha) muayyanlikdan abstraksiyalashishga o‘tish jarayonidir. Shu tu-
fayli «erkinlik qonunlarda alohida shaxs o‘zboshimchaligiga bog‘liq bo‘lmagan,
nomuayyan, nazariy mavjudlik kasb etadi»
1
.
Tipiklashtirish tufayli huquqiy tushuncha o‘ziga xos ma’lum belgilariga
ega bo‘ladi, xulq-atvor qoidasi esa ijtimoiy munosabatlar bilan aloqani uzmagan
holda o‘zining tartibga soluvchi ta’siri bilan cheksiz miqdordagi shaxslarni
qamrab olish xususiyatiga ega. Shu ma’noda yuridik norma uchun mazmunining
aniqligi va subyektlarining mavjudligi xosdir. Huquq normalari mazmunini
tipiklashtirish shunga olib keladiki, bunda ular turli shaxslar uchun teng
masshtab, me’yor sifatida namoyon bo‘ladi. Bu huquqning barqarorlik xususi-
1
Marks K., Engels F. Аsarlar. – M., 1984, T.1. – 63-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |