262
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
qilish eng og‘ir jinoyatdir», degan mazmundagi huquqiy qoida mustahkam-
langan. Bu normada insonni hayotdan mahrum etganlik uchun qanday jazo
berilishi ko‘rsatilmagan. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
97-moddasida qasddan odam o‘ldirganlik uchun o‘n yildan o‘n besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Ayni paytda, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning
maxsus qismi, ya’ni huquqbuzarliklar ko‘rsatilgan qismida joylashgan mod-
dalar asosan dispozitsiya va sanksiyadan iborat (Jinoyat kodeksi va Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning maxsus qismi normalariga qarang),
ularning gipotezasi mazkur kodekslarning umumiy qismida, ayrim hollarda
boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan bo‘ladi. Masalan, JKning
97-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning subyekti jinoyat qonunchiligida belgi-
langan yoshga yetgan, aqli raso, mazkur jinoyatni qasddan sodir etgan shaxs
bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar JKning Umumiy qismida ko‘rsatib o‘tilgan. Shun-
day qilib, huquq normasining strukturasi – bu uning o‘zaro mazmunan uzviy
bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ichki tuzilishidir.
Huquq normalarining ilmiy va o‘quv
adabiyotida turlicha tasniflari va guruh-
lanishlari mavjud. Tasniflash deganda,
mantiqan o‘rganilayotgan obyektlarni tur-
lar bo‘yicha ma’lum bir umumiy mezonlar asosida guruhlarga ajratish tu-
shuniladi. Tasniflashning to‘g‘ri va to‘laroq bo‘lishi, avvalo, unga asos qilib
olingan mezonning boshqa barcha belgilarini qayd etuvchi uning eng aha-
miyatli jihatiga bog‘liqdir. Yuridik normalarni tasniflashning to‘rtta mezo-
ni mavjud: 1) ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyalari;
2) huquqiy tartibga solish predmeti; 3) huquqiy tartibga solish metodi;
4) normani ifodalash shakli.
Huquq normalari huquqiy tartibga solish mexanizmidagi funksional vazifasi-
ga ko‘ra, boshlang‘ich normalar va qoida – normalarga bo‘linadi. Boshlang‘ich,
ta’sis etuvchi, yo‘nalish beruvchi normalar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
tartibga solishning maqsadini, vazifalarini, prinsiplari, yo‘nalishi va chega-
ralarini aniqlab beruvchi asos hisoblanadi. Demak, bunday normalar qatoriga
Konstitutsiyada mustahkamlanadigan mamlakat iqtisodiyoti va davlat siyosati
asoslarini, inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolik jamiyati asoslarini ifodalovchi
normalar kiradi; shuningdek, huquq sohalari asoslarini belgilovchi
prinsip-
normalar, yo‘nalish va vazifalarni ifodalovchi maqsad-normalar, huquqiy
tushuncha va kategoriyalarni belgilovchi
ta’rif-normalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |