493
XXIV bob.
Fuqarolik jamiyati
va huquqiy davlat
qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan,
fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolat-
lari demokratik taqsimlash asosida tashkil etiladigan adolatli davlat sifatida
ta’riflanadi.
Hozirgi zamon huquqiy davlati – avvalo, inson huquq va erkinliklari,
hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillar orqali) xalqning ishtiroki
ta’minlanuvchi demokratik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat,
rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolar-
ga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati
ta’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining
shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkin-
ligi hamda shu kabilarda o‘z ifodasini topadi.
Huquqiy davlatning quyidagi belgilarini alohida e’tirof etish lozim:
1) jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunning ustunligi;
2) huquqiy davlat organlarining faoliyati hokimiyatning qonun chiqaruv-
chi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi;
3) shaxs va davlatning o‘zaro mas’ulligi;
4) fuqarolarning huquq va erkinliklari amalda ta’minlanishi, ularning
huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligi;
5) konstitutsiya doirasida ish olib boruvchi turli partiyalar, tashkilotlar va
birlashmalarning erkin faoliyati, turli mafkuraviy qarashlarning mavjudligiga
asoslangan siyosiy va mafkuraviy plyuralizmning qaror topganligi;
6) jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotning barqarorligi.
Huquqiy davlat shakllanishining qo‘shimcha omillari va shartlari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
– ijtimoiy ongda huquqiy nigilizmga barham berish;
– yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy savodxonlikka erishish;
– partiyalar bilan davlat organlari funksiyalarini ajratish;
– davlat boshqaruvini demokratlashtirish;
– huquqiy madaniyatni yuksaltirish;
– yangi huquqiy tafakkur va huquqiy qadriyatlarning vujudga keltirilishi.
Huquqiy davlatda tabiiy-tarixiy huquq va erkinliklar, davlat bilan muno-
sabatlarda fuqarolar manfaatining ustunligi, huquqda umuminsoniy asoslar, in-
sonning oliy qadri ta’minlanadi. «Huquqiy davlat» tushunchasi – demokratiya,
insonparvarlik, inson huquqlari, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, liberalizm kabi
muhim umuminsoniy qadriyatlardan biri.
Huquqiy davlatning mohiyati – ijti-
moiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning
mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsip yordamida davlat
huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning de-