491
XXIV bob.
Fuqarolik jamiyati
va huquqiy davlat
Davlat va fuqarolik
jamiyati
3-§.
Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy tuzil-
malarni ifodalaydi. Аlbatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-barangligi, turli-
tumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa ko‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va
boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Davlat – har qanday jamiyatda siyo-
siy hokimiyatning eng muhim institutidir.
Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqa-
ruvchi alohida organ sifatida faoliyat yuritadi. Davlat – jamiyatning siyosiy
tashkilotlari tizimida muhim, ammo yakka-yu yagona bo‘g‘in emas: ushbu
tizimga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. Biroq, jamiyat miqyosida
faqat davlat suveren hokimiyatga ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatining ustun-
ligi muayyan tarzda uning universalligi (davlat hokimiyatining yurisdiksiyasi
mamlakatning butun hududi, barcha aholisi va jamoat tashkilotlariga nisbatan
tatbiq etiladi), vakolatlarida (davlat hokimiyati unga da’vo qiluvchi boshqa har
qanday g‘ayri konstitutsiyaviy va muvoziy tuzilmalarni bekor qilishi mumkin),
shuningdek, boshqa ta’sir ko‘rsatish vositalarining mavjudligida (masalan, qo-
nunchilik, odil sudlov) ifodalanadi.
Fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi, shaxs va davlat o‘zaro muno-
sabatlarining madaniylashuvi jamiyatdagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishni
taqozo etadi. Siyosiy munosabatlar sohasida davlat haqli ravishda yetakchi
o‘rin egallaydi, bunda u fuqarolik jamiyatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning faoli-
yati jamiyat manfaatlariga taalluqli har qanday umumiy ishlarni bajarishi bilan
belgilanadi.
Fuqarolik jamiyati odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaat hamda
huquqlarini ifodalash va himoya qilishga safarbar etilgan ixtiyoriy uyushma-
lari (jamoat birlashmalari, partiyalar, kasaba uyushmalari, shirkatlar, diniy
tashkilotlar va hokazo) timsolida davlat bilan alohida siyosiy munosabatlarga
kirishadi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, dav-
latning demokratik faoliyati uchun asoslar shuncha ko‘p bo‘ladi. Va aksincha,
fuqarolik jamiyati yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, avtoritar va totalitar hokimiyat
tuzumlari mavjudligi uchun asoslar ko‘proq bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining
rivojlanish darajasi aholi qatlamlarining qamrab olinganlik darajasi bilan emas,
balki bu jamiyatda tan olinadigan shaxs erkinligining ta’minlanishi holati bilan
belgilanadi.
Fuqarolik jamiyatida davlat barcha mulkdorlarning huquqiy jihatdan teng
himoya qilinishini ta’minlaydi, xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qiladi, ijtimoiy
zarurat tufayli mulk olib qo‘yilgan holda unga tovon to‘lanishi kafolatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |