Fuqarolik jamiyati yuksak darajada
uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga
tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizm-
lari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu
jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning
huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini
aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari,
nodavlat tashkilotlari va organlari mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan
mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida aktiv faoliyat ko‘rsatadi.
Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi. Uning
asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini, hayotiy orzu-niyat-
larini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruhlar, oila va boshqa
birlashmalar orqali amalga oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruh-
lar alohida shaxsga uning hokimiyat manbayi ekanligini, uning layoqati va
Do'stlaringiz bilan baham: |