500
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
ning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan tarkib topadi: mehnatni va odamlar
sog‘lig‘ini muhofazalash, mehnatga haq to‘lashning eng minimal miqdorini
kafolatlash, oilani, onalik, otalik va bolalikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvat-
lanishi, nogironlar va keksalarga g‘amxo‘rlik qilish, ijtimoiy xizmatlar tizimini
rivojlantirish, davlat pensiyalarini, boshqa to‘lov va nafaqalarni belgilash, ijti-
moiy himoyani kafolatlash va h.k. Demak, biz nazarda tutayotgan ma’nodagi
davlat ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat yuritishi, ijtimoiy (shu jumladan, mulkiy)
tengsizlikni ijtimoiy adolat talablari asosida muvozanatlashtirishi, ijtimoiy
rivojlanishda mo‘tadillik va barqarorlikni ta’minlashi lozim. Biroq, ijtimoiy dav-
latni paternalistik davlat
1
bilan aynanlashtirish o‘rinsiz bo‘lar edi, davlat jami-
yat va insonlarning barcha ehtiyojlarini to‘la ta’minlab beradi, deb umid qilish
to‘g‘ri emas. Davlat hamma narsani muhayyo qiladi, muruvvat manbayi deb,
boqimandalikka berilish ham ma’qul emas.
Professorlar Е.I. Kozlova va O.Е. Kutafin ijtimoiy davlatni ijtimoiy teng-
lik, umumiy hamjihatlik va o‘zaro mas’ullik prinsiplarining huquq vositasi mus-
tahkamlanganligiga tayanib, yuksak ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni bosh
vazifasi deb biluvchi davlat deb ta’riflaydilar. Ijtimoiy davlat zaif insonlarga
ko‘maklashadi, iqtisodiy (moddiy) boyliklarni ijtimoiy adolat prinsipi ruhida
taqsimlab, har bir insonga munosib hayot kechirishni ta’minlashga intiladi
2
.
Inson o‘z ehtiyojlarini qondirishi, munosib hayot kechirishi uchun
mablag‘ga ega bo‘lishi, buning uchun esa, ish bilan ta’minlangan bo‘lishi
lozim. Shu bois ijtimoiy davlat shaxsning mehnat qilish huquqini kafolatlaydi,
ishsizlikning oldini oladi, ish o‘rinlari yaratadi, ijtimoiy muhtojlarni, nogiron-
larni pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga
oladi. Konstitutsiya demokratik mamlakat sharoitida huquqiy ijtimoiy davlat
mumkin qadar hamma fuqarolarning ravnaqiga teng sharoitlar yaratishga
ko‘maklashishini va hayot mashaqqatlarini imkon qadar teng taqsimlashini
nazarda tutadi.
Ijtimoiy davlatning funksiyalari ancha keng. Bular aholi bandligini
ta’minlash, jamiyat miqyosida moddiy boyliklarni budjet yo‘li bilan muvozanat-
lash, mehnat sharoitlarini yaxshilash va muhofaza etish, ta’lim-tarbiya borasida
g‘amxo‘rlik qilish, odamlarga tirikchilik uchun eng kam chegarani belgilash,
oilani himoyalash, ijtimoiy ta’minot tizimini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash va
sportni rivojlantirish kabi funksiyalar. Mazkur yo‘nalishlardagi ijtimoiy faoli-
yat iqtisodiyotga davlat aralashuvini kengaytirmaydi, balki bozor iqtisodiyotini
hamda shaxsiy tashabbuskorlik(tadbirkorlik)ni rivojlantirishni nazarda tutadi.
1
Pаtеrnаlizm – lоt. «paternus» – оtаgа tааlluqlilik. Pаtеrnаlistik dаvlаt – o‘z fuqаrоlаrigа «оtаlаrgа»
g‘аmхo‘rlik ko‘rsаtаdigаn dаvlаt mа’nоsidа. Dаvlаt hаmmа shаrt-shаrоitlаrni yarаtib bеrаdi, dеb ishоnish.
2
Козлова Е.И., Кутафин О.Е. Конституционное право России. – М., 1999. – 131-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |