IX bob. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari
I-§. S h a x siy huquq va erkinliklar tushunchasi
S haxsiy huquq va erkinliklar tu sh u n c h a s in i aniqlashdan av
val u m u m a n . huquq, erkinlik degan tu s h u n c h a la rn i aniqlash lo-
zim. H uquq davlat tom onidan t a ’m in lanad ig an, himoya qilinadi
g an nim adir qilish, am a lg a oshirish, m unosib y ash ash sharoitiga
ega bo'lish, zo'rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir.
Erkinlik esa, biror-bir n arsad a (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun bi
lan taqiqlanm agan, biror-bir c h ek lash n in g yo'qligidir. Ya’ni, huquq-
da asosiy m asala im koniyatga ega bo'lish, erkinlikda esa, chek
la sh n ing yo'qligidir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy
huquq va erkinliklari uch g u r u h g a bo'lib m u s ta h k a m la n g a n . Bu-
lar: “Shaxsiy huquq va erkinliklar”, “Siyosiy h u q u qlar”, “Iqtisodiy
va ijtimoiy h u quqlar”.
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari u stuvor huquq
hisoblanadi va bu O 'zb ek isto n Respublikasi Konstitutsiyasida birin
chi o'rinda berilganligidan ham ko'rinadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog'lig'i,
e’tiqodi bilan bog'liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni
sh ax s sifatida nam oyon etuvchi imkoniyatdir.
Shaxsiy huquq va erkinliklarni, odatda, tabiiy huquqlar ham
deb yuritiladi. U lar inson tug'ilishi bilan vujudga keladi. Ularni
davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat t a ’minlaydi va shun-
ga majbur. Shaxsiy, y a’ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda
mavjud va davlat tom onidan ta ’minlanadi. Shaxsiy huquq va erkin
liklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.
O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va
qabul qilishda fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro
hujjatlar, jum ladan, Inson huquqlari U m um jahon Deklaratsiyasi
qoidalariga am al qilindi.
Natijada birinchi m a rta , Konstitutsiyada yashash huquqi qayd
qilinib, bu huquqni t a ’minlashni davlat o'z zim m asig a oldi.
146
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib,
ularni cheklash m u m k in emas. Alohida hollarda cheklash zarurati
bo'lsa, bu K onstitutsiya asosida, unda ko'rsatilgan tartibda am alga
oshiriladi. Ya ni, ba zi hollarda cheklash qonunga asosan am alga
oshirilishi belgilangan.
Lekin s h u n d ay huquqlar borki, ularni aslo cheklash, ulardan
m ahrum qilish m um kin emas. M asalan, yashash huquqi.
Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat’i nazar,
foydalanadi va davlat ham barchaga, fuqaroligidan qat'i nazar,
shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.
Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar bilan
bog'liq in so n n in g hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarning
huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi.