296
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
davlat-huquqiy (konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiy munosabat-
lar; jinoiy-huquqiy munosabatlar; mehnat-huquqiy munosabatlari; moliyaviy-
huquqiy munosabatlar va hokazo. Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida
moddiy va protsessual huquqiy munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda omma-
viy-huquqiy munosabatlar haqida gapirish lozim.
Huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra, tartibga soluvchi
(regulyativ) va qo‘riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi. Bu yerda tasniflash
mezoni – huquqning dinamik va statik, ya’ni tartibga soluvchi funksiyalaridir.
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining mo‘tadil xulq-
atvori, ya’ni huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan
munosabatlardir. Qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar – huquqbuzarlik sodir
etish va buning uchun jazo tarzida davlat majburlov chorasini qo‘llash zaruriyati
asosida kelib chiqadigan munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: