Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
tengligi yoki hokimlik-bo‘ysunish (iyerarxik) tarzidaligiga qarab bu
munosabatlar farqlanadi. Tomonlar huquq va majburiyatlarining tengligiga asos-
langan (avtonom) huquqiy munosabatlar, masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviy-
huquqiy munosabatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va bo‘ysunish
(ya’ni, avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiy-huqu-
qiy, ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo‘ladi. Bunda bir taraf ustuvor
huquqqa, hokimiyat vakolatlariga ega. Ikkinchi taraf esa, bo‘ysunish holatida
bo‘lib, asosan majburiyat o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |