f) huquqiy munosabat – davlat tomonidan qo‘riqlanadigan muno-
sabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va jamiyat manfaatlari aks ettiril-
ganligi bois davlat ularning talablari to‘la-to‘kis bajarilishini nazorat qilib boradi.
Huquqiy qoidalar ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda davlatning majburlash
kuchi ishga solinadi. Davlat huquqni qo‘riqlash orqali, ayni vaqtda, huquq bi-
lan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo‘riqlaydi. Huquqiy munosabatlar
davlat tomonidan maxsus tarzda qo‘riqlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning
boshqa turlaridan farq qiladi. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan huquqiy muno-
sabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosini tashkil etadi.
Shunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: |